1-Mavzu. Kirish. Sxemotexnikaning asosiy tushunchalari, terminlari va qullash soxalari. Reja


Download 464.14 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana17.06.2023
Hajmi464.14 Kb.
#1521471
1   2   3
Bog'liq
1 Ma\'ruza

Nazorat savollari. 
 
1. Raqamli elektron avtomatlariing ishlashi mantiqiy algebra asosida qanday 
tushunchalarga bo’linadi.
 
2. Avtomatlashgan tizimlarda axborot almashinishi nimalar yordamida amalga oshadi. 


Elektron qurilmaning passiv komponentlari. Induktiv g’altaklar, 
transformatorlar va drosselllar. 
 
Режа 
 
1. Elektron qurilmaning passiv komponentlari turlari. 
2. Induktiv g’altaklar. 
3. Transformatorlar va drosselllar. 
 
Sanoat elektronikasi qurilmalari asosan ma’lum radioelementlardan 
iboratdir. Biroq elementlarga bo’lgan talablar hamda ularning turli 
sxemalarda bajaradigan vazifasi bir xil emas. Bunday asosiy elementlarga 
rezistorlar, kondensatorlar, induktivlik g’altaklari, transformatorlar, 
elektrovakuumli , ionli hamda yarim o’tkazgichli asboblar, integral 
mikrosxemalar va boshqalar kiradi.
Elektron texnikasi mutaxasislari elektron qurilmalarni o’rganishdan
oldin yuqorida ko’rsatilgan elementlarning tuzilishi, asosiy xususiyatlari 
va turlari bilan tanishib chiqishlari lozim 
Kondensatorlar 
Elektr energiyasini g’amlash xususiyatida ega bo’lgan elektron 
sxema elementi (радиодетал) kondensator deyiladi. 
Sanoatda 
ishlab 
chiqarilgan 
kondensatorlar 
o’zgarmas, 
o’zgaruvchan va sozlanuvchan sig’imli bo’ladilar (2.1-rasm).
2.1-rasm. O’zgarmas, o’zgaruvchan va sozlanuvchan sig’imli 
kondensatorlarning shartli belgilari 
O’zgarmas sig’imli kondensatorning sig’im miqdori o’zgarmas 
bo’lsa, o’zgaruvchan sig’imli kondensator sig’imining miqdorini 
o’zgartirish mumkindir. Sig’im miqdorini kichik qiymatlari oralig’ida





katta 
aniqlik 
bilan 
o’zgartirishga 
mo’ljallangan 
kondensator 
sozlanuvchan hisoblanadi. 
Barcha turdagi kondensatorlarning izohlovchi asosiy parametrlar 
quyidagilar hisoblanadi, ya’ni sig’imning : 
a) nominal miqdori (sig’im miqdorini o’lchov birligi – farada);
b) nominal miqdordan chetga chiqishi; 
v) ish kuchlanishi. 
Kondensator sig’imining nominal miqdori uning sirtiga yozilgan 
bo’ladi. Uning nominal miqdori raqam va M, П, Н harflari bilan 
belgilanadi. Bu holda M harfi mikrofaradani (mkF), П harfi pikofaradani 
(pF), Н harfi nanofaradani (nF) bildiradi. Masalan, 91 П yozilgan bo’lsa,
kondensator sig’imi 91 pF deb tushunish kerak. U holda: 20 M – 20 mkF
22 P – 22пF, 10 Н - 0,01 mkF va hokazo. (1П =1000 pF = 0,001 mkF).
Bu yerda harf va raqamlarning yozilish tartiblari ham ahamiyatga 
egadir; ya’ni: Н 15-150 пF ; 9П1 - 9,1 пF; 1Н8 - 1800 пF va hokazo.
Odatda kondensator sig’imi miqdori unnig plastinkalari 
o’lchamiga, ular orasidagi masofaga, dielektrikning xususiyatiga 
bog’liqdir. 
Kondensator sig’imi nominal miqdoridan chetga chiqishi qiymati
xuddi rezistor qarshiligining miqdoridan chetga chiqishi qiymatiga 
o’xshab belgilanadi. 
Kondensator ish kuchlanishi uning uzoq vaqt mu’tadil ishlashini 
ta’minlovchi kuchlanish miqdorini ko’rsatadi. Ish kuchlanish miqdori
volt bilan kondensator sirtida ko’rsatilgan bo’ladi. Kondensator sirtida, 
ko’pincha, dielektrikning teshilishi (materiyalning ishdan chiqishi), ya’ni 
teshib o’tish kuchlanishi (пробивное напряжение) miqdori ko’rsatiladi. 
O’zgarmas sig’imli kondensatorlarning asosiy turlari quyidagilar:
Qog’ozli kondensatorlar (KБ, KБГ, БM ) past chastotalarda 
filtirlash, blokirovkalash va o’tish kondensatorlari sifatida ishlatiladi. Bu 
kondensatorlardagi dielektrik – maxsus modda shimdirilgan qog’ozdir.
Slyudali kondensatorlar (KСO , KБГ, СГM ) – yuqori 
ko’rsatkichlarga ega. Ular kichik o’lchamli va arzonligi bilan ajralib
turadi . Bu kondensatorlarda dielektrik sifatida slyuda ishlatiladi.


Sopol kondensatorlar (KTK, KДK ) - slyudali kondensatorlarga 
nisbatan ancha yuqori elektr ko’rsatkichlarga ega. Bu ko’ndensatorlarda 
dielektrik sifatida kuydirish yo’li bilan o’tkazuvchi qatlam yuritilgan 
sopol ishlatiladi. Ular yuqori chastotali elektron qurilmalarda o’tish, 
blokirovkalash va kontur kondensatorlari sifatida keng qo’llaniladi.
Elektrolitli kondensatorlar (KЭ, KЭГ, ЭM, ЭT ) – filtrlarda, 
pulsatsiyalanuvchi tokning blokirovka va ajratish zanjirida , shuningdek 
kuchaytirgichlarda 
o’tish 
kondensatori 
sifatida 
ishlatiladi. 
Bu 
kondesatorlarda dielektrik sifatida, kimyoviy usulda yupqa oksid qatlami 
yuritilgan alyuminiy lenta xizmat qiladi. Oksid qatlami bir tomonga 
o’tkazuvchanlik 
xususiyatiga 
ega, 
shuning 
uchun 
elektrolitli 
kondensatorni ulashda kondensator sirtida ko’rsatilgan qutblilikka qat’iy 
rioya qilish kerak. 
Metallangan qog’ozli kondensatorlar (MБТ, MБГO, MБГУ, 
MБM) - kichik hajmli , lekin katta sig’imga ega. Ular o’zgarmas yoki 
pulslanuvchi kuchlanish zanjirlarida ishlatiladi. Ularni elektrolitli 
kondensatorlar o’rnida ham ishlatish mumkin. 
O’zgaruvchan sig’imli kondesatorlar ko’pincha tebranish zanjiri 
elementi sifatida ishlatiladi. O’zgaruvchan sig’imli kondensator ikkita 
paralel plastinkalardan iborat bo’lib, ulardan biri, qo’zg’aluvchan (rotor) 
ikkinchisi, qo’zg’almas (stator) hisoblanadi. Rotor plastinkalari stator 
plastinkalari oralig’ida harakatlanib, rotorning burilish burchagiga qarab 
kondensator sig’imi o’zgaradi. O’zgaruvchan sig’imli kondensatorlarda 
dielektrik vazifasini havo bajaradi. Kichik hajmli elektron qurilmalarda 
odatda qattiq dielektrikli ftoroplast, polietilen va boshqa plyonkali 
ozgaruvchan sig’imli kondensatorlar ishlatiladi.
Induktivlik g’altaklari va drossellar 
O’zgaruvchan elektr tokiga induktiv (reaktiv) qarshilik ko’rsatish 
xususiyatiga ega bo’lgan sim cho’lg’amli g’altakka induktiv g’altak
deyiladi. 
Induktiv g’altaklar o’zgarmas va o’zgaruvchan bo’ladi. G’altakning 
induktivligini bir necha usullar bilan o’zgartirish mumkin: masalan, 
cho’lg’amdagi o’ramlar sonini o’zgartirish yoki g’altakka magnit o’zagi 


kiritish yordamida. G’altakda magnit o’zaklar ishlatish oldindan berilgan 
induktivlikni olish yoki induktivlik miqdorini oz oraliqda tekis 
o’zgartirish jarayonida katta qulayliklar beradi. Magnit o’zakli induktiv 
g’altak drossel deb ham ataladi. Induktiv g’altaklarning sxemadagi shartli 
belgilari .2.2-rasmda ko’rsatilgan.
2.2-rasm. Induktiv g’ataklarning shartlli belgilari 
Induktiv g’altaklarni izohlovchi asosiy parametrlar quiydagilar 
hisoblanadi: 
1. Indukltivlik miqdori (индуктивность). 
2. Asilligi (добротность). 
3. O’zioga xos yoki xususiy sig’imli (собственния емкость). 
Induktiv g’altakning induktivlik miqdodori (L) o’ramlar soni n va 
g’altak diametri ga bog’liq bo’lib, quyidagicha aniqlanadi: L= Kn
2
D,
bu yerda. K- koeffisient. 
Induktiv g’altak aslligi (Q) uning reaktiv qarshililgini (X
L
= 2ПƒL 
, bu yerda ƒ- kuchlanish chastotasi ) sim aktiv qarshiligiga (R) , ya’ni 
undagi isrofgarchilikka olib keluvchi parametrik nisbati bilan aniqlanadi
ya’ni:
R
fL
R
X
Q
L

2


Induktiv g’altakning o’ziga xos sig’imi uning o’ramlari orasida 
hosil bo’ladigan sig’im bo’lib, u induktiv g’altak ishlatiladigan zanjirdagi 
elektr jaryonlariga salbiy ta’sir etadi. Bu sig’imni yo’qotib bo’lmaydi, 
biroq uning miqdorini har taraflama kamaytirish lozim.
 
 
 
 




Download 464.14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling