1-mаvzu. Kirish. Temir yo‘l trаnsportida tashish jarayonlari tushunchasi


Download 86.09 Kb.
bet1/5
Sana17.10.2023
Hajmi86.09 Kb.
#1706425
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1-маъруза


1-mаvzu. Kirish. Temir yo‘l trаnsportida tashish jarayonlari tushunchasi.

Reja:


  1. Tashish jarayonining asosiy tushunchаlari.

  2. Matematik model va modellashtirish tushunchasi.

  3. Temir yoʻl transportida tashish jarayonining asosiy tamoyillari.



Kalit so‘zlari:
Jarayon, transport, matematik model, modellashtirish

Hozirgi vaqtda texnikaning tez rivojlanishi, ishlab chiqarishni boshqarishning murakkablashishi va uni rejalashtirishga qoʻyiladigan talablarni ortishi bozor iqtisodini rivojlanishlarini xarakterlovchi omillardan hisoblanadi. Bunday sharoitda iqtisodni hamda tashish jarayonlarini boshqarishda ilmiy yondoshish, matematikani keng qoʻllash, ayniqsa, matematik dasturlashning aniq usullaridan foydalanish zaruriy shartga aylandi. Zamonaviy kompyuter texnikasidan keng foydalangan holda, matematik programmalashtirish va optimallashtirish usullarini iqtisodiy izlanishlar va rejalashtirishda qoʻllash muhim oʻrin tutmoqda.


Bozor iqtisodiyoti sharoitida iqtisodiy jarayonlarni modellashtirish o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Chunki, birinchidan, bozor tavakkalchilik va noaniqlik elementlariga ega; ikkinchidan, resurslarning chegaralanganligi; uchinchidan, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilar o‘rtasida raqobatning mavjudligi; to‘rtinchidan, iqtisodiy ko‘rsatkichlarni istiqboldagi holatini oldindan ko‘ra bilish va boshqalar. Iqtisodiy jarayonlar turli xil va bir-biridan aniq bir belgilari bilan farqlanadi.
Shu bilan birgalikda tashish jarayoniga toʻxtalib oʻtishimiz zarur.
Tashish jarayoni - yuk va yoʻlovchilarni transport tizimi orqali tashish uchun tayyorlash, jarayonni amalga oshirish va tugatishda amalga oshiriladigan tashkiliy hamda texnologik jihatdan oʻzaro bogʻliq boʻlgan operatsiyalar ketma – ketligi ya’ni majmuidir.
Tashish jarayoni yuk va yoʻlovchilarning faqat bitta parametrini va moddiy boyliklarni, ya’ni ularning joylashuvi koordinatalarini oʻzgartirishga qaratilgan. Tashish jarayonida yoʻlovchilar va yuklarning boshqa parametrlari oʻzgarmasligi, eng avvalo, transport tizimining kamchikigi tufayli yoʻlovchilarning sogʻligʻi va yuklarning sifati yomonlashmasligi kerak. Bundan tashqari, yoʻlovchilarning hayoti va yuklarning yaxlitligi xavfi paydo boʻmasligi kerak.

1.1-rasm. Tashish jarayonining amalga oshirilish sxemasi.

Download 86.09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling