1-mаvzu. Kirish. Temir yo‘l trаnsportida tashish jarayonlari tushunchasi
Temir yoʻl transportida tashish jarayonining asosiy tamoyillari
Download 86.09 Kb.
|
1-маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Matematik model
- Transport masalasining matematik modeli ko‘rinishi
- Tashish jarayonlarini matematik modellashtirish
Temir yoʻl transportida tashish jarayonining asosiy tamoyillari:
* Harakat xavfsizligiga qat’iy rioya qilish; * Qoidalar va yoʻriqnomalar talablarini qat’iy bajarish; * Texnik vositalardan foydalanishning yuqori koʻrsatkichlarini va transport samaradorligini ta’minlash; * Temir yoʻl transportining barcha boʻgʻinlari uchun yangi texnologiyalarni joriy etish va amaldagi texnologiyalarni takomillashtirish; Matematik model – bu tabiat qonuniga bo‘ysunadigan, hodisa va jarayonni matematik belgilar asosida ifodalanishini tushunish mumkin. Biror bir hodisa yoki jarayonning matematik modeli formulalar, tenglamalar sistemasi, tengsizliklar sistemasi, so‘z bilan ifodalanishi, sxema, grafik va chizmalar ko‘rinishida berilgan bo‘lishi mumkin. Jarayonning matematik model koʻrinishi: Toʻgʻri chiziqli harakatlanish modeli: (1.1) Prujinli mayatnikning tebranish davri matematik modeli quyidagi formula orqali ifodalash mumkin: (1.2) Transport masalasining matematik modeli ko‘rinishi: Topish kerak quyidagi chegaralarni inobatga olgan holda (1.3) «Tashish jarayonlarini matematik modellashtirish» fani o‘rganishi lozim bo‘lgan muammolar: - Temir yo‘l korxonalar va bekatlarda matematik usullarni qo‘llash; - Chegaralangan resurslardan optimal foydalanish; - Raqobatchi firma va korxonalar strategiyalarining optimallash va muqobillashtirish; - Zaxiralarni optimal boshqarish; - Ommaviy xizmat ko‘rsatish modellarini qo‘llash; - Optimallashtirish masalalari va ikkilanganlik nazariyasi; - Tashish jarayonlarni modellashtirish; - Boshlang‘ich qaror qabul qilishning matematik modellarini tuzish; - Tarmoqli modellashtirish; - Tuzilgan modellarning real jarayonlarga mosligi tekshirish va miqdoriy baholash. - Eng qisqa masofani aniqlashni programmalashtirish; « Tashish jarayonlarini matematik modellashtirish» fani oldida turgan vazifalar: - Tashish jarayonlarni modellashtirish asoslarini o‘rgatish; - Iqtisodiyot murakkab, tashish jarayonlarning mohiyati, mazmuni va xususiyatlarini o‘rgatish; - Tarmoqli rejalashtirish va boshqarish jarayonlarni modellashtirish tamoyillarini o‘rgatish; - Korxona va firmalarning faoliyat ko‘rsatish mexanizmini o‘rgatish; - Korxonalarda o‘rganilayotgan har bir jarayonga mos keluvchi iqtisodiy-matematik usullar va modellarni tuzish yo‘llarini o‘rgatish; - Temir yo‘l korxonalar bekatlar ma’lumotlari bo‘yicha optimizatsion modellarini tuzishni o‘rgatish; - Tanlangan modelni maxsus kompyuter dasturlari asosida yechishni o‘rgatish; - Har bir iqtisodiy jarayon va hodisalarning ko‘p variantli yechimlarini olishni o‘rgatish; - Olingan yechimlarni atroflicha hamda iqtisodiy tahlil qilish va qaror qabul qilishni o‘rgatish. Download 86.09 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling