4- Mavzu. “Inson - mashina - ishlab chiqarish” tizimi, uning xususiyatlari.
4-тема: Система «человек-машина-производство», ее особенности.
4-topic: The system "man-machine-production", its features.
Reja:
1. “Inson - mashina - ishlab chiqarish” tizimi, uning xususiyatlari.
2. Tizim elementlarining xususiyatlari va ularga quyiladigan xavfsizlik talablari, hamda ularni muqobillashtirish.
3. Inson hayotiga va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi xavflar.
Tayanch iboralar: Tizim, tizim holatlari, tizimlar nazariyasi, tizimlash tamoyili, “Sistema”, “Inson-mashina-ishlab chiqarish muhiti”, “Inson-mashina”, “Inson - ishlab chiqarish muhiti” tizimlari, “Odam-operator”, ergonomika, ishlab chiqarish muhiti, salbiy oqibatlar, jarohatlanish, avariya, parametrlarning o‘zgarishi, element, struktura, xavflar.
Metodik ta’minot
a). Adabiyotlar : [1], [2], [3].
a). Plakat, sxemalar, maketlar, taqdimot va multimediyali dasturlar.
1. Tizim (sistema) so‘zi grekcha - systema so‘zidan olingan bo‘lib, butun, qismlar va birikmalardan tuzilgan degan ma’noni beradi.
Tizim – bu bir-biriga o‘zaro ta’siri ma’lum bir maqsadga (natijaga) erishishga yo‘naltirilgan tashkil qiluvchi elementlarning majmuasidir. SHuningdek ilmiy adabiyotlarda “tizim” va “sistema” iboralari sinonim, aynan bir xil ma’noli so‘zlar tarzida qo‘llanadi. Falsafiy qomusiy lug‘atda: “tizim”, sistema (qismlardan iborat butun) – o‘zaro munosabat va aloqada bo‘lgan, muayyan yaxlitlikni hosil qiluvchi ko‘p qismlar (elementlar) majmui”- deb ta’rif berilgan. YAna shu manbada quyidagi izohlarni uchratish mumkin. “Sistema” – yaxlit bir butunlik sifatida tashkil topgan ob’ektni ifodalovchi ijtimoiy-falsafiy kategoriya. Odatda, sistemani eng muhim umumiy tarzida elementlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalar birligi sifatida ta’riflaydilar. “Sistema” tushunchasi o‘z ma’nosiga ko‘ra “aloqa”, “element”, “butun”, “birlik”, “struktura”, (elementlar o‘rtasidagi aloqalar sxemasi) tushunchalari bilan bog‘liq.
Do'stlaringiz bilan baham: |