4- mavzu. “Inson mashina ishlab chiqarish” tizimi, uning xususiyatlari. 4-тема: Система «человек-машина-производство»


Download 218.52 Kb.
bet3/4
Sana25.10.2023
Hajmi218.52 Kb.
#1721387
1   2   3   4
Bog'liq
ММТХ 4 маъруза лотинча“Inson mashina ishlab chiqarish” tizimi, uning

3. Xavf – hodisalar, jarayonlar yoki ma’lum sharoitda odam sog‘lig‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yoki bilvosita zarar etkazishi, ya’ni noxush oqibatlarni keltirib chiqarishi mumkin. Inson hayotiga va sog‘lig‘iga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi jarayon, hodisa xavfdir.
Odamga ta’sir qilish xususiyatiga qarab xavfliliklar aktiv va passivlarga ajratiladi. Ulardan birinchisi odamga o‘zining ichki energiyasi hisobiga ta’sir ko‘rsatadi (masalan har xil tabiiy ofatlar), ikkinchisi esa energiya hisobiga aktivlashadi, uning tashuvchisi odamning o‘zi hisoblanadi (masalan qo‘zg‘almas, yoruvchi va qirquvchi asboblar, odam yurgandagi qarshiliklar va boshqalar). Hozirgi kunda fanda yuzdan ortiq oddiy va kombinatsiyalangan xavfliliklar o‘rganilgan. Ularga portlashlar, kasallanishlar, qurg‘oqchilik, zilzila, suv toshqini, yong‘inlar, radiatsiya, dovullar, toliqish, elektr toki, elektromagnit maydoni, jo‘shqin ruhiy zarba, zaharli moddalar va boshqalar kiradi.
Xavfliliklarning ko‘pchiligi yashirin, (potensial) xarakterga ega va ularni aniqlash (identifikatsiyalamoq) zarur. Xavfliliklarni identifikatsiyalash deganda ularni sezish va sonini, vaqt, fazoviy va boshqa tavsiflarini aniqlash, ya’ni hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlash uchun va profilaktik tezkor chora-tadbirlarni ishlab chiqishga zarur va etarli bo‘lgan jarayon tushuniladi. Identifikatsiyalash bo‘lishi mumkin bo‘lgan xavfliliklarning turini, ularning ko‘rinish ehtimoli, vaqt va fazoda xavfliliklarni lokalizatsiyalash, ularning harakatidan keltirilgan zararni va boshqalarni aniqlash.
Potensial xavfliliklar ma’lum sharoitlarda amalga oshadi. Sabablar sharoitlarning yig‘indisini ifodalaydi, bularning natijasida xavfliliklar namoyon bo‘ladi va u yoki bu nomaqbul oqibatlarni keltirib chiqaradi, masalan shikastlar, kasallanishlar va boshqalarni ekologik yoki iqtisodiy zararni.
Potensial xavfliliklarning aniq xavfliliklarga o‘tishi jarayonining kechishi natijasida sodir bo‘ladi: havf – sabab – nomaqbul oqibat. Masalan:



Elektr toki








Sim izolyasisining buzilishi




Elektr jarohat



(xavf)

(sabab)

(nomaqbul oqibat)



Ish doirasidagi havodagi zaharli moddalar

Havo muhitini sog‘lomlashtirish uchun (shamollatish vositalarining yo‘qligi)

Ishlovchilarning zaharlanishi



(xavf)

(sabab)

(nomaqbul oqibat)

Nomaqbul oqibatlar ko‘pincha bir necha xavfliliklarning kombinatsiyalarini keltirib chiqaradi. Ko‘pincha o‘sha bir xavf har xil sabablar orqali kerak bo‘lmagan voqealarda ro‘yobga chiqadi.
Xavflarni o‘rganish tartibi, ma’lum va amalda qo‘llanilib kelinayotgan uch bosqichda amalga oshiriladi:
1 - bosqich - xavflarni oldindan tahlil etish;
2-bosqich - xavfli holatlarning ketma-ketligini aniqlash, ya’ni hodisa va xavflar «daraxti» (shajarasi)ni tuzish. Bunda xavflar «daraxti» yuqoridan pastga qarab quriladi va barcha sabablari hisobga olingan holda tugaydi;
3-bosqich - oqibatlarni tahlil qilish.
Xavfsizlik tizimi - xavfsizlikning murakkab masalalarini hal qilish yo‘llarini tayyorlash va asoslashda foydalaniladigan metodologik choralar yig‘indisidir.
YUzaga kelishi mumkin bo‘lgan xavflarni o‘rganish va tahlil qilish jarayonida, xavf yuzaga keladigan muhit tarkibiy qismlarga ya’ni, tizim elementlariga ajratiladi. Ishchilarni jarohatlanishdan saqlash maqsadida «Inson-mashina» tizimida mashina, har xil ko‘rsatkichlarga qarab optimallashtiriladi. Ishlarni me’yorga solish va qonunlar asosida belgilab berishda ergonomika fani ko‘rsatmalaridan keng foydalaniladi.
Ergonomika so‘zining asl ma’nosi - lotinchadan ergon-ish va nomos- qonuniyatni bildiradi. Bu fan inson faoliyatini «inson-mashina-muhit» tizimida o‘rganadi. Bu tizimda mashina deb texnik vositalar yig‘indisiga aytiladi va ulardan inson o‘z faoliyati jarayonida foydalanadi.
Ergonomika fanining asosiy maqsadi - ishlab chiqarish muhiti, uskuna va qurilmalarni hamda mashinalarni inson qobiliyatlariga mosligini ta’minlanishini amalga oshirish bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonlarini qulayligi va mehnat xavfsizligini yuqori darajada ta’minlab berishdan iboratdir. Insonni ko‘rish, eshitish va sezish qobiliyatlari hisobga olinib, mashina va uskunalarning boshqaruv tizimida ovozli, turli rangli yorug‘lik beruvchi signallar qo‘llanishi evaziga, ishlab chiqarish jarayonida mashinani boshqaruv jarayonini engillashtiradi va xavfsizligini ta’minlaydi. Ayniqsa, kishilarning jismoniy, ruhiy va biologik holati xususiyatlarini o‘rganish, ishlab chiqarish vositalari va foydalanadigan buyumlarning xavfsizlik darajasi oshishini ta’minlashga asosiy mezon bo‘lib xizmat qiladi.
Ishchilarning sog‘lig‘ini saqlash, yuqori ish unumiga erishish va ularning o‘zlarini yaxshi his qilishlari, mehnat sharoitlarini yaxshilanish va ish joylarini tashkil etish bilan bog‘liq hisoblanadi. Turgan va o‘tirgan hollarda bajariladigan ishlar, kishi tanasining o‘lchamlari inobatga olinadigan ergonomika talablari (GOST 12.2.032-78) Davlatlararo standartda berilgan.
Tizimdagi muhit - inson yashash va ishlab chiqarish hududidagi mikroiqlim va boshqa sanitariya va gigienik holatlar ko‘rsatkichlari bilan belgilanadi. SHaxsning ergonomik xususiyatlari esa, uning antropometrik, fiziologik, psixofiziologik va gigienik jihatlari bilan belgilanadi. «Inson-mashina» tizimining o‘zaro mosligi, faoliyat samaradorligining asosiy ko‘rsatkichi hisoblanadi. Jumladan, «Inson-muhit», «inson-mashina», «inson-mashina-muhit» va boshqa murakkab, ko‘p tarkibli tuzilmalarga ajratilib o‘rganiladi. Aniq faoliyat sharoitlarida, tashkil etuvchi elementlar soni yana ortishi mumkin bo‘lib, xavflar to‘g‘risida olinadigan ma’lumotlar yanada ravshanlashadi, masalan, «inson-chorva», «inson-mashina-muhit-chorva».
Olimlarning ta’riflashicha “Mashina - inson qo‘zg‘alishi” yoki kishining mashinaga mos kelishi, bu jismoniy va aqliy qobiliyatga aloqador bo‘lib, ishning samaradorligi va qulayligini ta’minlash demakdir. Ergonomika ishchilarning o‘z faoliyatlari davomida chegaralanmasliklarini, aqliy idrok va boshqa shaxsiy imkoniyatlarini to‘la ochish maqsadida maxsus tizimlarni qo‘llashni amalga oshiradi. Buning uchun ishchilarning “Mashina-Muhit” tizimidagi munosabati o‘rganilib, ish joylari ularning qobiliyatiga moslashtiriladi.
Ergonomik zararlanishlar - ergonomik holatni etarli joriy etmaslik natijasida kelib chiqadi. Ular umumiy harakat a’zolari zararlanish kategoriyasi va qo‘l bilan ishlatiladigan asboblarning noqulayligi, faoliyat davomida og‘ir yuklar bilan ishlash va bunday ishlarning takroriy bajarilishi natijasida yuzaga keladi.



Download 218.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling