1-mavzu: Kirish. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb xunar ta’lim tizimida
tarix fani o‘qitishning maqsad va vazifalari
Reja:
1. Umumiy o‘rta ta’lim tizimida tarix fani o‘qitishning maqsad va vazifalari.
2.O‘rta maxsus va kasb hunar ta’limi tizimida tarix fani o‘qitishning o‘ziga hos
hususiyatlari.
3.Tarixni bilish metodologiyasiga oid bilimlar.
4.Tushuncalarni shakllantirish yo‘llari: induktiv va deduktiv.
5.Tushunchalar va qonuniyatlar: o‘quvchilarning nazariy bilimlari va
ilmiy
dunyoqarashni shakllantirishning muhim tarkibiy qismi sifatida.
Tayanch so’z va iboralar:
Ixtiyoriy tanlash huquqi. Akademik lisey. Kasb-hunar kolleji. O’rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi Nizomi. Ta’lim standarti tushunchasi. Didaktik vositalar. Evristik
xarakter. Tarixiy fikrlash. Tarixiy fikrlashning vosita va usullari. O’quvchilarning
malaka va ko’nikmalari. Nutq o’stira borish. Tarix darsidagi manba. Fikr-
mulohaza. Bahs jarayoni. Fikrlash qobiliyati. Fikr erkinligi. O’quvchining kasb-
hunarga moyilligini o’rganish.
Tarix o‘quv fanini o‘qitishning maqsad va vazifalari
Umumiy o‘rta va o‘rta ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning
asosiy maqsadi:
O‘quvchilarda tarixiy ong va tarixiy tafakkurni shakllantirish, dunyo
xalqlari hamda ko‘p millatli xalqimizning tarixi va bugungi kuniga, milliy va
umuminsoniy qadriyatlarga hurmat hissini tarbiyalash;
o‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas
qismi ekanligini anglatish;
o‘quvchilarda tayanch va tarix faniga oid umumiy kompetensiyalarni
shakllantirishdan iboratdir.
Umumiy o‘rta va o‘rta ta’limi muassasalarida tarix fanini o‘qitishning
vazifalari:
O‘quvchilarga davlatchiligimiz tarixi jahon sivilizatsiyasining ajralmas
qismi ekanligini anglatish;
ajdodlarimizning ma’naviy merosi va jasoratlaridan ibrat olishga, ularga
munosib voris bo‘lishga o‘rgatish;
o‘quvchilarni tarixiy voqealarni idrok etishga yo‘naltirish orqali ularning
o‘zligini anglash, shaxs sifatida kamol topishiga yordam beradigan tushunchalar,
milliy, umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashdan iborat.
Metodika - pedagogika fani sohasida ma’lum o‘quv fanni o‘qitish
qonuniyatlarini tadqiq kiladi.Fanni o‘qitish metodikasi – ta’lim
tizimida ushbu
o‘quv fanining ahamiyati va o‘rnini belgilaydi, uning vazifalari, o‘qitish mazmuni
va hajmini aniqlaydi, ushbu fan bo‘yicha qo‘llanilayotgan usul, shakl va vositalarini
o‘z ichiga oladi.