1-mavzu: Kirish. Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus va kasb xunar ta’lim tizimida tarix fani o‘qitishning maqsad va vazifalari Reja


Download 396.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana10.01.2023
Hajmi396.59 Kb.
#1087282
1   2   3
Bog'liq
1- mavzu (1)

Mavzuning asosiy mazmuni: 
Umumiy akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun yaratilgan Davlat 
Ta'lim standarti, dasturlar, darsliklar va o’quv qo’llanmalar. O`rta maxsus, kasb-
hunar ta’limi tizimida o’tiladigan tarix kurslari, tarix kurslarining ta’lim-tarbiyaviy 
maqsad va vazifalari, mazmuni, asosiy tushunchalari, bo’limlar, boblar. mavzular 
bo’yicha soatlar taqsimoti; o’rta-maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimida tarix fanlari 
o’qitilishining alohida xususiyatlari, talabalarda rivojlantirilib borilishi lozim 
bo’lgan ko’nikma va malakalar, bitiruvchilarning bilimiga qo’yiladigan minimal 
talablar, o’quv qo’llanmalari va boshqa adabiyotlar tahlili. Umumiy o’rta va kasb-
hunar ta’limi uzviyligi. 
Tarix bo’yicha DTS tuzilishi va mazmuni: kirish, majburiy minimum, tayanch 
komponent va tayyorgarlikka talablar bo’limi. O’rta umumta'lim maktablari, 
akademik litsey va kasb-hunar kollejlari uchun yaratilgan o’quv dasturlari tuzilishi, 
mazmuni, uzviyligi va uzluksizligi. Tarix fanlaridan yaratilgan o’quv qo’llanmalari, 
darsliklarda umumlashtirish, fakt va qoidalar, tayanch komponentlar, o’qituvchilar 
tomonidan beriladigan nazariy bilimlarga qo’yiladigan didaktik talablar. 
O’rta maxsus ta'lim tizimida tarix fanidan o’quv metodik majmuani me'yoriy 
hujjatlar komponenti. Kasb hunar tizimida tarix fanidan o’quv metodik majmuaning 
metodik komponenti. O’quv metodik majmualar komponentlarini mazmun-
mohiyati. 
O’rta maxsus va hunar-texnika ta’limi tizimidagi islohotlarni amalga oshirishda 
quyidagi uch omilga alohida e’tibor qaratilishi lozimligi ta’kidlandi.
Birinchidan, o’rta maxsus o’quv yurti va hunar-texnika bilim yurtlari asosida 
akademik lisey va kollejlar tashkil etishda ularning moddiy bazasini zamonaviy 
talab va andozalarga mos holda ta’minlash. Ya’ni, o’quv dasturining qaysi tarmoq 
bo’yicha yo’naltirilganiga qarab, ularni zarur texnika bilan jihozlash. 
Ikkinchi masala-yangi o’quv muassasalarida yoshlarga bilim beradigan 
o’qituvchilarni zamon talablari asosida yangidan o’qitish, saviyasini oshirishdan 
iborat.
Birinchi Prezidentimiz e’tibor qaratishi lozim, deb hisoblagan uchinchi masala 
bilim maskanlarida o’quv dasturlarini yangilashdir. Chunki hozir o’rta maxsus bilim 
yurti va hunar-texnika bilim o’quv yurtlarida mavjud dasturlar zamon talabiga to’la 
javob bermaydi. Ularning hech biri muayyan sohani o’rganishga, amaliyotda 
qo’llashga qaratilmay, nazariy bilimlargagina asoslangan. O’zbekiston yoshlari esa, 


madomiki islohatlarning samarasi muayyan darajada ularning qanday inson bo’lib 
etishishiga bog’liq ekan, milliy ma’naviyat, qadriyatlar, ota-bobolarimiz merosiga 
hurmat o’yg’otadigan, milliy g’urur va iftixorimizni yuksaltiradigan, yetuk 
mutaxassis bo’lib yetishishini ta’minlaydigan dasturlar asosida tahsil olishi, tarbiya 
ko’rishi lozim.
Shundan so’ng O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1998 yil 
13 may "O’zbekiston Respublikasida o’rta maxsus kasb-hunar ta’limini tashkil etish 
chora tadbirlari to’g’risida" gi qarori qabul qilindi ("Ma’rifat", 1998 yil 16 may). 
Ushbu qarorga ko’ra "O’zbekiston Respublikasi o’rta maxsus, kasb-hunar 
ta’limi to’g’risida" Nizom tasdiqlandi.
Uzluksiz ta’limni tashkil etishda uning jahon talablari darajasida bo’lishida, 
davlat ta’lim standartlarini joriy etish va ularning faoliyat ko’rsatish mexanizmini 
ishlab chiqish nihoyatda muhimdir. 
Xo’sh ta’limda davlat standarti nima? 
Ta’limni standartlashtirish insoniyatning ijtimoiy ongida ro’y bergan tub 
o’zgarishlar tufayli kelib chiqqan zaruriyatdir. Chunki, axborotlar almashinuvi 
maksimal chegaraga yetgan davrimizda dunyoning bir burchagida kishi ikkinchi 
qutbda sodir bo’layotgan voqealarni bilibgina qolmay, ularning ne bois aynan o’sha 
tarzda ro’y beranini aniqlashi va his qilishi zarurdir. Bir sayyorada bir vaqtda yashab 
turib, bir-birini tushunmay qolish ba’zan insonlar o’rtasidagi munosabatlarni boshi 
berk ko’chaga kiritib qo’yish mumkin. Shuning uchun ham iqtisodiy ahvoli va 
taraqqiyot darajasi turlicha bo’lgan davlatlarda hayot kechirayotgan barcha kishilar 
fikrlashishining dastlabki darajasini iloji boricha bir xil xolatga keltirish ehtiyoji 
paydo bo’ldi. Bu holat ta’lim standartlari deb atalmish tushunchani yuzaga keltirdi. 
Standart - ta’limda yaratilgan me’yoriy reja, dastur, darsliklarni o’zlashtirish 
ekvivalenti. Ya’ni yaratilgan ta’lim mazmunini o’zlashtirish darajasidir. 
Standartlar joriy qilinsa, davlat buyurtmachi sifatida tarbiya muassasalari 
oldiga vazifa qo’yadi. Tarbiya muassasalari esa ana shu vazifalarni yaxshiroq 
uddalash uchun tarbiyalanuvchilarga qaysi bosqichda qancha bilim, ko’nikma, 
malaka yoki ma’naviy sifatlar singdirish lozimligini aniq belgilab olgan holda ish 
ko’radi. Shu tariqa ta’lim - tarbiya jarayoni tavakkalchilikdan, ko’r-ko’rona faoliyat 
ko’rsatishdan qutuladi.
O’zbekistonda ta’lim standartlari masalasiga davlat miqyosida yondashish va 
buni nafaqat ilmiy yo’sinda hal etish, balki ta’lim-tarbiya amaliyotiga joriy qilish 
maqsadida bir qator predmetlar bo’yicha davlat standartlari loyihalari ishlangan va 
ular sinov arafasida turibdi. Ta’lim vositalari o’quvchilarning ruhiy, jismoniy, 
genetik va mintaqaviy o’ziga xosliklarini to’liq hisobga olingandagina yuqori 
samaradorlikka erishishi mumkin. Ammo uzoq yillar mobaynida biz ana shu 
haqiqatga amal qilmagan holda dastur, darslik va o’quv qo’llanmalari yaratishga 
majbur bo’ldik. Hozirgi davrda yaratilayotgan darsliklarning asosiy kamchiligi 
millatimiz bolalarining psixologik o’ziga xosliklarini, fikrlash tarzini to’liq xisobga 
olishga erisha olmayotganida deb bilamiz. So’ngra, bizning mutaxassislarimiz 
didaktik vositalar orqali o’quvchilarga hamma gapni aytib berishga odatlanib 
qolishgan. Xolbuki, o’quvchini o’qitish kerak emas, uning o’zi o’qiydigan holatga 
olib kelish lozim. Toki bolaning o’zi izlanmas ekan, muayyan masalani hal 


qilishning yo’lini qidirmas ekan, ta’limda yutuqqa erishish mumkin emas. Demak, 
yaratilayotgan didaktik vositalar evristik xarakterga ega bo’lishi, izlanishga, sinab 
ko’rishga da’vat qiladigan tarzda yaratilishi lozim. ("Ma’rifat", 2000 yil 25 mart)  
Kasb-hunar bilim yurtlarida tarix ta’limi o’rta umumta’limning uzviy davomi 
sifatida olib borilishi haqida, davlat standartlarining tarix faniga qo’yilayotgan 
talablari haqida ko’p hollarda alohida to’xtalib o’tdik. Ushbu ma’ruzaning ikkinchi 
muhim muammosi fikr erkinligiga bag’ishlangan bo’lib, kasb-hunar bilim yurtlarida 
tarixiy fikrlashning vosita va usullari muammolariga bag’ishlandi.
Madomiki, o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini, taffakur qilish va 
ko’nikmalarini muntazam shakllantirib borish tarix o’qituvchisining asosiy 
maqsadlaridan biri hamda tarixiy bilimlarni o’zlashtirishning asosiy shartidir. Bu 
boradagi ishlar-o’quvchilar oldiga qo’yiladigan vazifa va topshiriqlar ularning 
qiziqishi, psixologik xususiyatlarini hisobga olgan holda amalga oshirilishi kerak. 
Tarix kursini o’qitish jarayonida o’quvchilarda fikrlashga asoslangan malaka va 
ko’nikmalarni hosil qilish vazifalari - bu tarixiy bilimlarni mustaqil suratda egallab, 
tizimga solib, ularni amalda tatbiq eta bilishga o’rgatish orqali o’quvchilarni 
o’tmishdagi va hozirgi zamondagi ijtimoiy hodisalarga xolisona baho berishga 
o’rgatishdan iboratdir. 
Nutqni o’stira borish ham o’quvchilarni fikrlash, tafakkur qilish malaka va 
ko’nikmalarini rivojlantirish bilan bog’liqdir. Nutq odamlarning bir-birini 
tushunishi, muloqat qilishi vositasigina bo’lib qolmay, balki fikrni yuzaga chiqarish 
va o’stirish vositasi hamdir. 
O’quvchi fikrini o’stirishda o’qituvchi qo’llaydigan metodik usullarning 
ahamiyati juda katta. Bir tarixiy mavzuning o’zi qo’llanmalarda har xil metodik usul, 
vositalar bilan ochib berilishi o’quvchilarning bilish qobiliyatiga turlicha ta’sir etishi 
mumkin. O’qituvchi tomonidan dars maqsadini to’g’ri belgilash - tarix darsining 
samarali bo’lishini ta’minlovchi shartlardan biridir. Ya’ni darsning maqsadi darsda 
o’rganiladigan masalalarning mohiyatini ochib berishga qaratilmog’i, mavzuning 
asosiy g’oyasini, ma’nosini o’quvchilar dars davomida asosiy hulosa sifatida anglab 
olib, idrok etishlari kerak. Shundagina ularning fikrlash qobiliyati rivojlana 
boshlaydi. Lekin shuni unutmaslik kerakki, o’quvchilarga tarixga oid bilim va 
malakalarni vujudga keltirish jarayonining hamma tarkibiy qismlarini bir darsning 
o’zida amalga oshirib bo’lmaydi. Bu ishda o’quvchilarning mustaqil mutoalasi, 
darsdan tashqari mashg’ulotlar, ijtimoiy foydali mehnat va hokazalar katta ahamiyat 
kasb etadi.
O’quvchilarga tarix fanidan eng muhim manba - darslikdir. Undan tashqari 
hujjatlar bilan ishlash, badiiy, tarixiy adabiyotlardan foydalanish, mavzuga oid 
referatlar yozish, tarixiy mavzularda kechalar, ma’lum bir mavzuda munozaralar 
o’tkazish ham o’quvchilarning fikrlash qobiliyatini o’stirish vositasi hisoblanadi.
O’qituvchi o’quvchilarga darslikdagi savol va topshiriqlarni muntazam 
bajarishga odatlantirish orqali mustaqil ravishda aqliy faoliyat bilan shug’ullanishni: 
tarixiy hodisalarni taqqoslab ko’rishni, tushunchalarning belgilarini topishni va 
umumlashtirishni, ijtimoiy hodisalar sabablarini aniklashni, asosiy sababni asosiy 
bulmagan sababdan ajratishni, to’g’ri hulosa chiqarishni, hulosalarni asoslab 
berishni o’rgatib borish kerak. O’quvchi oldiga qo’yiladigan talab uning kuchi 


yetadigan darajada bo’lishi kerak. Albatta, bu iqtidorli, zehni o’tkir bolalarni 
qoniqtirmasligi mumkin. O’qituvchi bunday zexni o’tkir o’quvchining intilishini 
susaytirmay, unga murakkabroq topshiriqlar berib, mustaqil ishlashlarini 
rag’batlantirib turishi kerak. Afsuski, xar doim ham shunday bo’lmaydi. Ayrim 
o’qituvchilar sinchkov, har narsaga o’z fikrini bildiruvchi, ko’proq savol bilan 
murojaat etuvchi o’quvchilarni yoqtirmay, ularga "darsimni bo’lma, tinch o’tir", deb 
tanbeh berishadi. Bu bilan o’qituvchi o’z obro’sidan foydalanib, o’quvchiga 
qo’pollik qilishi, uning fikrini tinglamasligi, tarbiyani yo’qqa chiqarib, o’quvchining 
erkin fikr bildirishiga to’sqinlik qiladi. O’qituvchi o’quvchi fikrini tinglashi, so’ngra 
esa uning kamchiliklarini muhokama qilish jarayonida sinf o’quvchilarini bahsga 
chorlashi yaxshi natija beradi. Fikr-mulohaza bahs jarayonida tug’iladi. Sinfdagi 
barcha o’quvchilarni bahsga chorlash, ularni rag’batlantirib turish o’quvchilarni 
cho’chimay o’z fikrini ochiq aytishga, erkin fikr bildirishga, o’z fikrini asoslab 
berishga - ijodiy fikrlashga olib keladi. 
O’quvchilarning fikrlash qobiliyati bilan bog’liq masala va ko’nikmalariga 
quyidagilarni kiritish mumkin: 
1. Tarixiy bilim beruvchi manbalarni tahlil qilish, tarixiy voqea va 
hodisalardagi eng asosiy, muxim narsalarni, uning yetakchi xususiyatlari va 
belgilarini ajratib olish, tarixiy tushunchalarga ta’riflar berishga o’rgatish. 
2. Tarixiy fakt va jarayonlarni o’z doirasida qarab chiqish va vaqt jihatidan 
ular o’rtasidagi nisbatlarni aniqlash malakalarini hosil qilish. 
3. Tarixiy hodisalarning joyini aniqlash, tarixiy xaritani "tilga kiritish", undagi 
izohlar va shartli belgilardan xatosiz foydalanish, yozuvsiz xaritani "tilga kiritish", 
undagi izohlar va shartli belgilardan xatosiz foydalanish, yozuvsiz xaritani tarixiy 
mazmunda to’ldirish kabi malakalarni shakllantirish. 
4. Tarixiy voqea va hodisalarni taqqoslash, qiyoslash, ularning umum va 
o’ziga xos xususiyatlarini ajratish, umumiy hulosalarga asoslangan holda to’g’ri 
isbotlay olish malakalarini hosil qilish. 
5. Tarixiy materialni og’zaki, yozma tarzda bayon eta bilish (izchil tartibda, 
obrazli qilib, eng muhim va asosiy narsalarni ajratib ko’rsatgan xolda), bayon 
etishning hamma turlaridan (tasvirlash, himoya qilish, xarakteristika berish, 
sharhlash va boshqa usullardan) foydalana olish, o’z fikrini bildirib, tahlil qilish 
(yozma va og’zaki) malakalarini shakllantirish. 
6. Axborotlar, ma’ruzalar, referatlar tayyorlash, kichik badiiy tarixiy asarlarni 
tahlil etishga o’rgatish. 
7. Tarixiy matn mazmunining yoki o’qituvchi hikoyasining rejasini, tarixiy 
voqea va hodisalarini tahlil qilish rejasini, taqqoslash rejasini, hulosalar chiqarish 
rejasini, o’z javobini, qiladigan ma’ruzasa va hokazalar rejasini tuzish malakalarini 
hosil qilish. 
8. Plan-konspekt, o’qituvchi tushuntirib bergan asosiy qoidalarni qisqa yozib, 
kitoblardan, darslikdan, hujjatlardan, ayrim javoblarni yozib olish, ro’znomalardan, 
jurnallardan foydalanish malakalarini hosil qilish. 
Dunyoqarashning vujudga kelishi bilan chambarchas bog’langan ana shu 
malakalarni takomillashtirib borish, o’z-o’zidan o’qituvchida erkin fikrlash 
qobiliyatining shakllanishiga olib keladi.


Biz yuqorida o’qituvchlarni fikrlash qobiliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi ayrim 
usullar haqidagina to’xtaldik, xolos. Qanday usullardan foydalanmaylik, maqsad bir 
narsaga - fikr erkinligiga qaratilmog’i kerak. O’qituvchilar ongiga qaysi usullar bilan 
tez va oson ta’sir eta olsak, o’sha usul eng ilg’or usuldir.
Ma’lum bir qolipga solingan dars qoloq dars bo`lib, fikrlashni so’ndiradi. Qaysi 
fan o’qituvchisi bo’lishdan qa’tiy nazar, u mavzuni erkin tushuntirishga 
odatlanmog’i, o’quvchning ham erkin javob berishga o’rgatmog’i lozim. 
Tarbiyaning turi, uni singdirish usullari xilma-xil, biri-biridan zarur, biri-
biridan muhim. Biroq halollik, rostlik, mehr-shavqat, salomatlik, insonparvarlik, 
bolajonlik xalq pedagogikasi sinovlaridan o’tgan, bola qalbiga yo’l topishning eng 
muxim usulidir. 
Hozirgi kunda kasb-hunar kolleji davlat ta’lim standartlari doirasida o’rta 
maxsus, kasb-hunar ta’limi berilishini ota-onalar va o’qituvchilar yaxshi tushunib 
yetishmoqda.
O’quvchilarning kasb hunarga moyilligini o’rganish, u o’z ixtiyori bilan 
tanlagan kasb-hunari bo’yicha bir yoki bir necha ixtisosni egallash imkoniga ega 
ekanligini tushuntirib borish sinf rahbari va barcha o’qituvchilar jamoasining 
vazifasidir.
O’quvchilarning kasb-hunar kollejiga tayyorlab borishda ota-ona, sinf 
rahbari, fan o’qituvchilari, ruhshunos, mahalla hamkorligiga e’tiborni qaratish 
lozim. O’quvchining kasbga bo’lgan qiziqishini o’rganishda ota-onaning kasbi, 
qarindosh-urug’larining (tog’asi, amakisi, xolasi va xakoza) kasb-korlari hisobga 
olib boriladi.

Download 396.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling