1-mavzu: Kirish uslubmetdiReja


Download 1.97 Mb.
bet5/39
Sana05.01.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1078956
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
Bog'liq
Paradigma maruzalar

2. Dasturlash texnologiyasi
Dasturlash texnologiyasi – dastur yaratishning usuli, metodlari va ko‘nikmalaridir. Texnologiya so‘zining odatdagi ma‘nosini inobatga olsak, u xolda―dasturlash texnologiyasi deganda talab qilingan dasturiy ta‘minot(DT) yaratishga olib keladigan yaratish jarayonlari,hamda ushbu jarayonlarni tavsiflarini tushunamiz. Dasturlarni loyihalashtirishning zamonaviy industrial texnologiyasi tizimli taxlil,ishlab chiqish, otladka, xujjatlashtirish va mutaxassislar ishini boshqarish uchun mo‘ljallangan avtomatlashtirilgan vositalar, xujjatlar va boshqa tadbirlar kompleksidani borat. Dasturiy ta‘minotni ishlab chiqishning narxini kamaytirish va dasturchilar ishining unumdorligini oshirish uchun dasturlash tili, soha, EHM va yechiladigan masalaga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuqori professional saviyada dastur yaratishdan iborat metodlar mavjud. Bunday metodlar dasturlash texnologiyasi deb ataladi.
3. Dasturiy ta’minotni ishlab chiqish modeli (Software Development Model, SDM) - Dasturiy ta’minot ishlab chiqish jarayonida turli xil ko’rinishdagi loyiha faoliyatlarini tizimlashtirilganligi va ularning o’zaro aloqadorligi va ketma-ketligining strukturasi.
Dasturiy ta’minot ishlab chiqishning bir qancha modellari mavjud bo’lib, umumiy holda an’anaviy tarzda sharsharasimon, v-shaklda, incremental iteratsion, spiral va yengil ko’rinishlarda bo’ladi.
Sharsharasimon model. Bugungi kunda amaliy jihatdan olganda ko’plab loyihalarda qo’llaniomaydi.

V-shaklli model. Sharsharasimon modelning mantiqiy rivojlangan shakli.

Iteratsion inkremantal model. Hozirgi zamon DT ishlab chiqishning fundamental asosi hisoblanadi.



Spiral model. Iteratsion inkremantal modelning xususiy holi.

Yengil model. DT ishlab chiqishning turli xil yo’llarini ifoda etadi.



Dasturlash paradigmasining asosiy tushunchalari
Reja:
1. Paradigmaning vujudga kelish tarixi
2. Paradigmaning turlari
3. Yondashuvlar va texnikalar

Dasturlash paradigmasi - bu dasturlarni ishlab chiqish usulini belgilaydigan printsiplar, usullar va tushunchalar to'plamidir.


Paradigma (ilm-fan falsafasi) - bu ilmiy qarashlarning aniq shakllangan tizimi bo'lib, uning doirasida tadqiqotlar olib boriladi (T.Kun).
Paradigma quyidagicha aniqlanadi:

  • hisoblash modeli

  • asosiy dastur birligi (lar)

  • abstraktsiyalarni ajratish usullari

Dasturlash tili faqat bitta paradigmadan foydalanishi shart emas. Bir nechta paradigmalarni qo'llab-quvvatlovchi tillar ko'p paradigma tillari deb ataladi. Bunday tillarni yaratuvchilar fikriga ko'ra, hech qanday paradigma barcha vazifalar uchun bir xil darajada samarali bo'lolmaydi va dasturchiga har bir aniq topshiriq uchun eng yaxshi dasturlash uslubini tanlashga ruxsat berish kerak.

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling