1-мавзу: кириш
Mustaqil ish bajarishning maqsad va vazifalari
Download 101 Kb.
|
- Bu sahifa navigatsiya:
- Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat
- Mustaqil ishining tashkiliy shakllari
Mustaqil ish bajarishning maqsad va vazifalari
Mustaqil ishning asosiy maqsadi-professor-o‘qituvchi rahbarligi va nazorati ostida muayyan o‘quv ishlarini mustaqil ravishda bajarish hamda talabalarda zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni shakllantirish, rivojlantirishdir. Talaba mustaqil ishining vazifalari quyidagilardan iborat: -fanlardan o‘z bilimlarini mustaqil tarzda o‘rganish va puxta o‘zlashtirish; -kerakli ma’lumotlarni izlab topishning qulay usullari va vositalarini aniqlash; -axborot manbaalari va manzillaridan samarali foydalanish; -o‘quv va ilmiy adabiyotlar, me’yoriy hujjatlar bilan ishlash ko‘nikmalarni hosil qilish; -elektron o‘quv adabiyotlar va ma’lumotlar banki bilan ishlash; -internet tarmog‘idan maqsadli foydalanishni o‘rganish; -berilgan topshiriqning ratsional echimini belgilash; -ma’lumotlar bazasini tahlil etish; -topshiriqlarni bajarishda tizimli va ijodiy yondoshish; Mustaqil ishining tashkiliy shakllari Mustaqil ishlarni tashkil etishda o‘quv rejasidan kelib chiqqan xolda kafedra tomonidan muayyan fanning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi: - ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish; - berilgan mavzu bo‘yicha referatlar tayyorlash; - seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish; - amaliyotdagi mavjud muammolarning echimini topishga (keys-stadi) harakat qilish; - ilmiy maqola, anjumanlarga ma’ruza tezislarini tayyorlash. O‘qitilayotgan fanning xususiyatlaridan kelib chiqqan holda talabalar mustaqil ishlarni bajarishda boshqa shakllardan ham foydalanilish mumkin. O‘quv fanlari bo‘yicha namunaviy va ishchi o‘quv dasturlarda talaba mustaqil ishining shakli, mazmuni va hajmi ifoda etiladi. Talabalar mustaqil ishi uchun ajratilgan vaqt byudjetiga mos ravishda har bir fan bo‘yicha kafedralarda mustaqil ishning tashkiliy shakllari, topshiriq variantlari ishlab chiqiladi. Mustaqil ishni bajarish bo‘yicha talabalarga fanlar bo‘yicha zaruriy uslubiy qo‘llanma, ko‘rsatma va tavsiyalar ishlab chiqiladi
Download 101 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling