1-мавзу: кириш


Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash


Download 101 Kb.
bet3/4
Sana10.04.2023
Hajmi101 Kb.
#1349244
1   2   3   4
Talaba mustaqil ishini nazorat qilish va baholash

Fan bo‘yicha talabalar mustaqil ishini olib borish guruhda o‘quv mashg‘ulotlarini olib boruvchi professor-o‘qituvchi tomonidan amalga oshiriladi.Talaba mustaqil ishini nazorat qilish turlari va uni baholash mezonlari kafedra tomonidan ishlab chiqariladi.


Mustaqil ishlarini baholash mezonlari talabalarga o‘quv yili (semestr) boshlanishi oldidan uslubiy materiallar bilan birgalikda tarqatiladi va kafedraning e’lonlar doskasida o‘z aksini topadi.
Fanlardan talabalarning mustaqil ishlari bo‘yicha o‘zlashtirishi muntazam ravishda talabalar guruhlarida, kafedra yig‘ilishlari muhokama e’tib boriladi.


Talabalar mustaqil ishini individuallashtirish

O‘qitishni individuallashtirish, demak, talabalar mustaqil ishi uchun individual topshiriqlarni ishlab chiqish to‘g‘risida so‘z yuritganda, shaxslar juda turli intellektual xislatlarga ega ekanligini e’tiborga olish lozim. Inson orasida «tez tushuna olmaydigan», «tez aqlga ega», ajoyib tarzda g‘oyani yakuniga etkazadigan shaxslar mavjud. Birlari yakkama-yakka ishlashni, boshqalar jamoa tarkibida ishlashni yoqtiradilar. SHubhasiz, turli xarakterlar bir-birini kam-ko‘stini mukammallashtirib, jamiyatni uyg‘unlashtiradi. Quyidagi tavsiyalar o‘qituvchilarga turli xarakteriologik xislatlarga ega talabalar bilan muomala qilishda yordam beradi:


-auditoriyaviy mashg‘ulotlarni o‘tkazishda barcha talabalar tomonidan albatta ma’lum mustaqil ishni bajarish ta’minlashi lozim, bunda yaxshi tayyorgarlikka ega talabalar uchun murakkabroq topshiriqlarni bajarishlarini ko‘zda tutish kerak;
-mustaqil ishni hamda o‘qituvchining individual maslahati asosida talabalar tomonidan bajariladigan ishning ijobiyligini doimiy nazorat qilish shart. Bunda uqituvchining talaba bilan shaxsiy pedagogik muomalasi prinsipial ahamiyatga ega;
-talabalar mustaqil ishini bajarilishi samarasini oshirish uchun aniq uslubiy ko‘rsatmalar mavjudligi zarur. Semestrning boshida o‘qituvchi birinchi mashg‘ulotda talabalarni mustaqil ishining maqsadlari va vositalari, mehnatni talab qilishi, bajarish muddatlari, nazorat shakllari, va o‘z o‘zini tekshirishi bilan talabalarni tanishtirishi kerak. Mustaqil ishning jadvali pastgi kurslar uchun zarur, yuqori kurslarda esa talabalarni o‘z ishini rejalashtirishiga o‘rgatish kerak;
-xohlagan fan uchun amaliy mashg‘ulotlarning uy vazifalari majmuasi quyidagilardan iborat bo‘lishi kerak: vazifalarning barcha xillari va nazoratdan muvaffaqiyatli o‘tish uchun talabalar ularning echish metodlarini egallashi kerak; rejalashtirgan ko‘nikmalarga ega bo‘lish uchun kerakli tushunchalar, faktlar, qonunlar va uslublar, shu jumladan qaysilarini yodda saklash kerakligini ko‘rsatish lozim; 
-topshiriqlar majmuasini semestrning boshlanishi bilan berishlishi bilan birga topshirishning oxirgi muddatini ta’kidlash maqsadga muvofiq;
-har bir fanni o‘rganishni boshlashdan oldin «kirish va nazorat o‘tkazish» maqsadga muvofiq. Bunday nazorat talabalarning bilimidagi kamchiliklarni aniqlash va bartaraf etish imkonini beradi;
-mustaqil ish topshiriqlari ikki qismdan iborat bo‘lishi ma’qul – majburiy (hamma uchun) va fakultativ (yakuniy nazoratda natijalari hisobga olinadigan faol talabalar uchun);
-amaliy mashg‘ulotlarda topshiriqlarni muvaffaqiyatli va tezda bajariladigan talabalarni aniqlab olish mumkin. Ularga murakkabroq individul topshiriqlar berish, talabalar ilmiy tadqiqot ishlarga jalb etish, bilimi pastroq talabalarga «maslahatchi sifatida» yordam berishni taklif etish mumkin. 

Download 101 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling