1-mavzu: kirish. Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqiyoti. Vaqtning dastlabki o‘lchov birliklari reja


Download 58.16 Kb.
bet3/4
Sana17.06.2023
Hajmi58.16 Kb.
#1527584
1   2   3   4
Bog'liq
1-mavzu kirish. Xronologiya fanining vujudga kelishi va taraqqi

149,5 mln.km, bu masofaning kattaligini quyidagicha tushuntirish mumkin, yerda turib gapirgan odamning ovozi quyoshga 14 yildan keyin, kosmik raketa esa besh oyda yetib borishi mumkin.
Quyosh o’z o’qi atrofidan 25 sutkada bir marta aylanib chiqadi. Olimlarning fikricha, insonning sog'ligi, ruxiy holati, mexnat qobiliyati ko’p jixatdan quyoshning faoliyatiga bog'liq, xatto tabiiy ofatlar, baxtsizlik hodisalari va kasalliklar ham quyosh faoliyatiga bog'liqligi tajribalar yo’li bilan isbotlangan.
Yerdan quyoshgacha bo’lgan masofa bizga ma'lum, ammo bu oraliq yil davomida o’zgarib turadi, yerning quyosh atrofida aylanadigan yo’li orbitasi ellips shaklida bo’lganligidan yer yil davomida quyoshga goh yaqinlashib, goh undan uzoqlashadi. 3-yanvarda yer quyoshga eng yaqin keladi, bu vaqtda O’rtasidagi masofa 147 000 000 km.ni tashkil etadi, keyin quyoshdan uzoqlasha boshlaydi, 5 iyunda yer quyoshdan eng uzoqda - 152 000 000 km. masofada bo’ladi.
Yer sutka davomida ham quyoshga goh yaqinlashib, goh uzoqlashib turadi. Yanvardan iyulgacha biz quyoshga tush paytida yaqinroq kelsak, iyuldan yanvargacha kechqurun yaqinroq bo’lamiz.
Oy yerning birdan bir tabiiy yo’ldoshidir. Oy diametri 3476 km bo’lib, yer diametridan deyarli 4 baravar kichik. Oydan yergacha bo’lgan masofa o`rta hisobda 384 000 km. Yorug'lik oydan yerga 1 sekunddan sal oshiqroq vaqtda yetib keladi. Oy yerga eng yaqin kelganda ular orasidagi masofa 363 000 km, yerdan uzoqlashganda esa 405 000 km.ga teng bo’ladi. Shuning uchun oy bizga quyoshdan goh kattaroq, goh kichikroq bo‘lib ko‘rinadi.
Oyning yer atrofiga aylanish tezligi yerning quyosh atrofida aylanish tezligidan 30 baravar kam, ya'ni oy yer atrofida sekundiga bir kilometr tezlikda aylanadi. Oy yerga bir tomoni bilan qaragan. Oy ba'zan dumaloq bo’lib, ba'zan yarim doiraga, ba’zan esa o’tkir uchli o‘roqqa o‘xshab ko’rinadi. Oy boshida u o’roqsimon (hilol), bir xaftadan so’ng doira shaklida ko’rinadi (to’lin oy), uch xaftadan keyin u yana yarim doiraga va oy oxirida o’roqsimon shakliga kiradi.
Osmonga ko’riniingan “hilol” yangi oymi yo eskimi yangi oy bilan eski oyning shakli, ko’rinishi bir-biriga o’xshash bo’lganligidan ularni faqat holatiga qarab farq qilish mumkin. Shimoliy yarim sharda yangi oy o’rog'ining sirti (dumboq tomoni) o’ngga, eski oyniki esa chapga qaragan bo’ladi. Shimoliy yarim sharning O’rtacha va yuqori kengliklarida yangi va eski oy o’rog'i tik holatda janubiy kengliklarida, O’rta Osiyoda yonboshlagan (yangi oy o’ngga va eski oy chapga yonboshlagan) holatda ko’rinadi. Ekvator atrofida yangi oy o’rog'ining do’ng tomoni pastga, eski oy o’rog'iniki esa tepaga qaragan bo’ladi.
Yangi oy bilan eski oyning bir-biridan farq qiladigan yana bir belgisi shuki, yangi oy kechqurun, osmonning g‘arbiy qismida, eski oy esa erta bilan, osmonning sharqiy qismida ko’rinadi.
Oyning o’zi nur sochmaydi, uni quyosh nurlari yoritadi, shu tufayli oy o’rog'ining do’ng tomoni hamma vaqt quyoshga (yangi oy o’rog'ining do’ng tomoni kechqurun quyosh botgan tomonga, eski oy o’rog'ining do’ng tomoni erta bilan quyosh chiqishi tomonga) qaragan bo’ladi.
Oyning asosiy ko’rinishi (fazalari) va uning yerdan oddiy kuz bilan kuzatish mumkin bo’lgan o’zgarishlari har xil ifodalanadi. Oy yer atrofida harakatlanar ekan, quyosh bilan yer oralig'iga to‘g‘ri kelib qoladi. Bu vaqtda oy yerdan ko’rinmaydi, chunki oyning yorug'i tushmaydigan tomoni yerga qaragan bo’ladi. Oyning bu fazasi, oy boshi - yangi oy deb yuritiladi.Tunlarimizni yoritib turadigan to’lin oy fazasi oy yorug'ligi quyosh yorug'ligidan
Download 58.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling