1-mavzu: Ko‘kalamzor maydonlarning o‘rni va ahamiyati va manzarali daraxtzorlarni loyihalashtirish


Download 0.65 Mb.
bet4/5
Sana30.04.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1407331
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu

3. Nitratli o‘g‘itlar­ natriyli selitra, kalsiyli selitra, kaliyli selitra
4. Amidli o‘g‘itlar­ mochevina, kalsiy sianamid, mochevina-formaldegidli o‘g‘itlar
Fosforli o‘g‘itlar apatit va fosforitlardan olinadi. Fosforli o‘g‘itlar suvda eruvchanligiga ko‘ra 3 guruhga ajratiladi.
1.Suvda yaxshi eriydigan fosforli o‘g‘itlar ­ oddiy superfosfat va qo‘sh superfosfat
2. Suvda kamroq, lekin kuchsiz kislotada yaxshi eriydigan o‘g‘itlar ­ presipitat, tomasshlak, termofosfat, ftorsiz fosfat
3. Suvda umuman erimaydigan, kuchsiz kislotalarda ham kam miqdorda eriydigan o‘g‘itlar ­ fosforit uni, suyak talqoni. Fosforli o‘g‘itlar fosforitga kislotalar ta’sir etish usulida olinadi, masalan superfosfat 1 tonna fosforitga 1 tonna sulfat kislota ta’sir etish orqali 2 tonna mahsulot olinadi.
.Kaliyli o‘g‘itlar o‘simlik tanasida fiziologik jarayonlarda keng ishtirok etadi. Xlorli kaliy o‘g‘itlar ishlab chiqishda asosiy xomashyo silvinit (tarkibida 12-15% kaliy bor), sulfatli kaliyli o‘g‘itlar ishlab chiqarishda kainit, langbeynit va alunitdan foydalaniladi. Kaliyli o‘g‘itlar konsentratsiyalangan (kaliy xlorid, kaliy sulfat, kaliy tuzi) va xom kaliyli (silvinit , kainit) kaliyli o‘g‘itlarga ajratiladi.
Ildiz orqali oziqlantirishda mikroelementlardan iborat moddalar organik va mineral o‘g‘itlar bilan aralashtirilib quruq holatda o‘simlikning qator oralariga beriladi va kultivatsiyalanadi. Tanasi orqali oziqlantirishda mikroelementlar eritmasi uchastka maydoni bo‘ylab purkaladi. Ildiz orqali oziqlantirishda molibden 0,3-0,5 kg/ga, bor 0,3 kg/ga, tanasi orqali oziqlanishda 1 litr suvda 0,3-3 g mikroelement eritiladi. O‘g‘itlar tarkibidagi oziq moddalar miqdori turlicha bo‘ladi, shuning uchun o‘g‘itlar miqdori uning og‘irligi bilan aniqlanmasdan, ulardagi oziq moddalar miqdori bilan aniqlanadi.
Daraxt va butalarning urug‘ko‘chati yaxshi o‘sib rivojlanishi uchun birinchi yili urug‘ ekish bilan birga qator oralariga o‘g‘it berish tavsiya etiladi. Xususan, 1 ga maydonga urug‘ ekish bilan birga go‘ngning superfosfat aralashmasidan quyidagi miqdorda beriladi: yaproqbarglilar uchun 500-700 kg go‘ng va 120-150 kg superfosfat, ninabarglilar uchun shuncha go‘ng va 80-100 kg superfosfat. Yengil tuproqlarda go‘ngning miqdori 1,5-2 barobar ko‘paytiriladi. Barcha holatlarda kaliyli o‘g‘itlarni gektariga 60 kg me’yorida berish samarali hisoblanadi.

  • Shox-shabbalari va barglari orqali ildiz sistemasi yaxshi rivojlanmagan davrda o‘simliklar qo‘shimcha oziqlantiriladi. O‘simliklar 10 - 15 kun oraliq bilan ikki-uch marotaba qo‘shimcha oziqlantiriladi. Barcha asosiy ozuqa elementlar (azot, fosfor, kaliy) eritma tarkibiga kiritiladi. Eritmalar quyidagi kopsentratsiyalarda tayyorlanadi: azot 0,5 - 1%, fosfor 2 - 3%, kaliy 0,5 - 1%. Eritmaning barglarga yopishqoqligini oshirish uchun unga yuqori-faol moddalar OP-7, OP-10 ning 3% li eritmasi qo‘shiladi.


  • Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling