1-Mavzu: Kompyuter haqida tushuncha Reja: Kompyuter haqida tushuncha. Kompyuterning asosiy vazifasi
Download 1.34 Mb.
|
konspekt
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA KO‘PPARTIYAVIYLIK TIZIMINI SHAKLLANISHI Siyosiy partiyalar tuzish va ularning ishida ishtirok etish fuqarolarning muhim siyosiy huquqlaridan biri sanaladi. Xo‘sh, siyosiy partiya nima, o‘zi? Yodda tuting! Siyosiy partiya – bu qarashlar, manfaatlar va maqsadlar mushtarakligi asosida tashkil topgan va o‘z oldida hokimiyatning davlat organlarini shaklantirish hamda ular faoliyatida ishtirok etishni maqsad qilib qo‘ygan fuqarolarning ixtiyoriy birlashmalaridir. Tarix yakka partiyaviylik tizimi davlatda diktatura o‘rnatilishiga olib kelishini tasdiqladi. Ko‘ppartiyaviylik tizimi esa fuqarolarga turli partiyalardan nomzodlarni tanlab olishga va jamiyatni rivojlantirish borasidagi u yoki bu dasturga afzallik berishga imkon yaratadi. Qonun belgilaydi Siyosiy partiyalar turli tabaqa va guruhlarning siyosiy irodasini ifodalaydilar va o‘zlarining demokratik yo‘l bilan saylab qo‘yilgan vakillari orqali davlat hokimiyatini tuzishda ishtirok etadilar. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 60-moddasidan. Har bir fuqaroda o‘zining fikricha uning manfaatlarini ifodalaydigan, mamlakat taraqqiyotiga imkon yaratib beradigan partiyani tanlab olishi uchun demokratik huquqiy davlatda kamida ikki partiya bo‘lishi kerak. Hozirgi kunda ko‘ppartiyaviylik tizimi shakllanishi jarayoni davlatimizda ham rivoj topmoqda. FARZANDLARNING HUQUQLARI Farzandlarning huquqlari «Bola huquqlari to‘g‘risida»gi Konvensiya (1989-yil) kabi nufuzli xalqaro hujjatda mustahkamlab qo‘yilgan. Unga muvofiq inson tug‘ilganidan to 18 yoshga qadar bola hisoblanadi va quyidagilarga haqlidir: yashashga, aqlan va jismonan rivojlanishga; ismi va fuqaroligi bo‘lishiga; oilada tarbiyalanishga; fikr, vijdon va diniy e’tiqod erkinligiga; ta’lim olishga; zo‘ravonliksiz hayotga; shaxsiy qadr-qimmati hurmat qilinishiga va boshqalar. Qonun belgilaydi Davlat va jamiyat yetim bolalar va ota-onalarining vasiyligidan mahrum bo‘lgan bolalarni boqish, tarbiyalash va o‘qitishni ta’minlaydi, bolalarga bag‘ishlangan xayriya faoliyatlarni rag‘batlantiradi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 64-moddasidan. Agar ota-onalar farzandlari tarbiyasi borasidagi majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlasalar, ularga shafqatsiz muomala qilsalar, surunkali ichuvchi yoki giyohvand bo‘lsalar, ular ota-onalik huquqlaridan mahrum etilishi mumkin. Er-xotindan har ikkalasi ham ota-onalik huquqlaridan mahrum etilgan taqdirda voyaga yetmagan farzand mehribonlik uyiga parvarishlash va tarbiyalashga topshiriladi. Topshiriq Sizningcha, davlat oilaviy munosabatlarni tartibga solib turishi kerakmi? Balki, bu narsa har kimning shaxsiy ishidir? Ota-onalar ajrashayotganida, Sizning nazaringizda, voyaga yetmgan farzand kim bilan: onasi yoki otasi bilan qolishi kerak? Oilada ota-onalar va farzandlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda qanday tipik muammolar vujudga keladi? Nega bu hol ro‘y beradi? Faqat to‘laqonli oila bag‘rida va uning madadi bilan unson ijtimoiy munosabatlarning murakkab omiliga kirib borishi, har tomonlama kamol topgan va balog‘at yoshidagi hayotga shay turgan shaxsga aylanishi mumkin. Download 1.34 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling