Uyga vazifa: Mavzuni o'qish va o'rganish
MMIBDO’____________________
31-Mavzu : FUQAROLIK JAMIYATI
Reja:
Darsning maqsadi:
1.Ta`limiy maqsad: O`quvchilar mavzu bilan tanishtirish va tushuntirish.
2.Tarbiyaviy maqsad:O`quvchilarni qonunlarga hurmat qilish ruhida tarbiyalashda ahloqiy fazilatlarni shakllantirish.
3.Rivojlantiruvchi maqsad: O`quvchilarni mustaqil fikrlashga o`rgatish
FUQAROLIK JAMIYATINING ASOSIY TAMOYILLARI
Iqtisodiy erkinlik, bozor munosabatlari rivojlangan mulkchilik munosabatlari;
Fuqaro huquqlarining ta’minlanishi;
Hokimiyat demokratik tamoyillar asosida tuziladi va faoliyat ko’rsatadi;
Qonun ustuvor, sud adolatli va mustaqil;
Huquqiy davlatning mavjudligi;
Siyosiy erkinliklar mavjudligi va fikrlilikning xilma-xilligi;
So’z va matbuot erkinligi;
Fuqarolarningo’zmajburiyatlariuchunyuqoridarajadagimas’uliyatsezishi;
Ijtimoiy barqarorlik, tinchlik, hamkorlik va milliy totuvlik;
Davlatning samarali ijtimoiy siyosati.
FUQAROLIK JAMIYATI
Fuqarolik jamiyati - komil fuqarolardan, ya’ni uzviy bog’liqlikda bo’lgan hamda axloqiy, huquqiy va siyosiy madaniyatga ega odamlardan iborat jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati – jamiyat taraqqiyotining oliy ko’rinishi, oliy shaklidir.
Fuqarolik jamiyati – nafaqat davlatning kuchi bilan, balki uning a’zolari bo’lmish fuqarolarning o’zlari orqali saqlab turiladigan va qat’iy qaror topgan jamiyatdir.
Fuqarolik jamiyati – yuksak darajadagi ijtimoiy rivojlanish belgisidir.
Fuqarolik jamiyati – davlat bilan bevosita bog’liq holda shakllanadi, taraqqiy etdi, mavjud bo’ladi.
Fuqarolik jamiyatiga ta’sir etuvchi asosiy omillar – oila, mulk, shaxs, erkinlik, huquq, ma’naviyat, axloq va davlatchilik.
Do'stlaringiz bilan baham: |