1 мавзу. Корхона тадбиркорлик фаолияти субекти сифатида


MAVZU. Bozorni sifat ko’rsatkichlar bilan egallash strategiyasi


Download 0.58 Mb.
bet16/56
Sana24.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1051486
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56
Bog'liq
moliyaviy biznes reja

4 MAVZU. Bozorni sifat ko’rsatkichlar bilan egallash strategiyasi



  1. Bozorga kirib borish strategiyasi.

  2. Narxlashtirish jarayonining sistema ekanligi haqida tushuncha.

  3. Kichik biznes reja qismini shakllantirish bo’yicha tavsiyalar.

  4. Bozor hissasi va daromad, baho siyosati.

  5. Mahsulot sotuvini rag’batlantirish.

  6. Tovar tarqalishining sxemasi.




  1. Bozorga kirib borish strategiyasi.

Tor ma'noda marketing dasturi (biznes reja) hujjat bo`lib, korxonaning bozorda aniq faoliyat ko`rsatish tamoyilini ifodalaydi. Marketing dasturi kengroq ma'noda esa, korxona imkoniyatlarini bozor talablariga moslashtirishga yo`naltirilgan tahlil, rejalashtirish va nazorat qilish jarayoni deb qaraladi. Marketing dasturlari qisqa muddatli (bir yilgacha), o`rta muddatli (5 yilgacha) va uzoq muddatli (o`n yilgacha va ko`proq) bo`ladi. Ular umumiy shaklda yoki korxonaning maxsus faoliyatlariga mo`ljallangan bo`lishi mumkin. Marketing dasturlarini ishlab chiqishda maqsadli yondashish uslubiga asosan, korxonaning mo`ljallangan maqsadga erishish va uni bajarilishini nazorat qilish resurslari va tadbirlari tizimi shakllantiriladi.

1-jadval
KORXONA (FIRMA)NING MARKETING DASTURI


(biznes rejasi) tarkibi



I.

Korxonaning imkoniyatlari tahlili (holatli tahlil)

Faoliyati, shart-sharoitlari resurslari, sam:arali natijaga erishish yo`nalishlari. Korxonaning ichki va tashqi muhitlarini solishtirish.

II.

Rivojlanish maqsadlarini aniqlash. (Marketing sintezi)

Ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanishning ustuvor maqsadlari va bozorda foydaga erishish yo`llarini aniqlash.

III.

Strategiyani ishlab chiqish

Korxonaning moddiy, mehnat va moliya resurslaridan samarali foydalanishni ko`zlagan uzoq muddatli maqsadni aniqlash (bozor segmentlarini, marketing vositasini,bozorga kirish vaqtini va boshqalarni tanlash).

IV.

Rejani ishlab chiqish

Ishlab chiqarish, moliya, baho kadrlar, reklama, sotish va boshqalarni amalga oshirish xarajatlari va natijalarini rejalashtirish tizimi.

V.

Nazorat qilish

Strategik nazorat (tanlangan gamoyslni aniq bozor holatiga to`g`ri kelishi). Yillik nazorat (rejadagi tadbirlar va xarajatlarning bajarilishi), foyda olish darajasi nazorati.

Korxonaning imkoniyatlari tahlil qilinganda uning bozordagi shart-sharoitlari (tashqi muhiti) va o`zining ichki salohiyati to`g`risida batafsil axborotlar to`plab, aniq xulosa chiqariladi. Buning uchun «Bozorni kompleks tadqiq qilish» va «Holatli tahlil» usullaridan foydalaniladi.


Bozorni kompleks tadqiq qilish boshlang`ich davri bo`lib, korxona marketing dasturini va rejasini tuzishi uchun manba hisoblanadi. Holatli tahlil, firma faoliyatini o`ziga xos taftish qilish va atroflicha baholashni o`z ichiga oladi. Unda suyidagi savollarga javob topib biror qarorga kelish maqsad qilinadi:
— korxona o`z mahsuloti bilan bozorning qaysi segmenti. (tabaqasi)ni egallaydi va ularning kelajagi qanday?
— korxona mahsulotiga bozorda qanday talab mavjud?
— kim va qanday qilib korxonaga va uning mahsulotiga raqobatchi?
— korxona faoliyatiga qaysi iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ilmiy-texnik holatlar ta'sir ko`rsatishi mumkin?
— firmaning uzoq va yaqin muddatli maqsadlari o`zaro bog`langanlik darajasi?
— ko`zda tutilgan maqsadlarning resurs bilan ta'minlanganligi?
— korxonada marketing faoliyatining tashkil etilishi?
— tovarni raqobatbardoshliligi?
— korxonaning baho siyosati qanday?
— tovarlar harakati va savdosining ahvoli?
— reklama va boshqa sotishni rag`batlantirish usullariga qanday ahamiyat berilmoqda?
Yuqoridagi savollarga javob topish va tahlil qilish uchun korxonaning ichki va tashqi ko`rsatkichlarini o`rganish hamda maxsus tanlov (so`rov, test) dasturi orqali axborotlar yig`iladi.
Korxonaning rivojlanish maqsadlarini aniqlashda, eng avvalo uning ichki imkoniyatlarini hisobga olib, qaysi sohada—sotishning o`sishi orqalimi yoki bozorda o`z ulushini ko`paytirish, obro`sini ko`tarish yo`li bilan erishiladimi kabi savollarga javob izlanadi. Korxonaning rivojlanish maqsadlari marketing tajribasiga ko`ra bir necha yo`nalishlar orqali amalga oshirilishi mumkin:
Birinsidan, ektensiv rivojlanish, ya'ni egallangan bozorda (bozor segmentida) ishlab chiqarilayotgan tovarni sotish hajmi. ki ko`paytirish orqali daromadni oshirish; ikkinchidan, intensiv rivojlanish, bu yo`l bilan ekstensiv imkoniyatlar tugagach, yangi bozorlarga chiqish yoki segmentlarni kengaytirish yoki bozorga yangi modifikatsiyali tovar taklif etiladi. Uchinchidan, integratsiyalashgan rivojlanish orqali, boshqa korxonalar bilan hamkorlikda, ular tajribasi va resurslaridan foydalanib, daromadni ko`paytirish. To`rtinchidan, diversifikatsiya yo`li bilan, ya'ni korxona o`z marketing faoliyati doirasida qo`shimcha xom ashyoni, tovarni, texnologiyani, iste'molchilarni o`zlashtirish orqali raqobatbardoshligini oshirishga va foydani ko`proq olishga erishadi.
Marketing strategiyasi — maqsadga erishish uchun qanday xarakat qilish kerak?—degan savolga javob izlaydi. Strategik rejalashtirish korxonaning mahsulot ishlab chiqarish, iste'molchilar, baho, reklama, sotish va boshqa faoliyatiga asosiy yo`nalish aniqlaydi, har bir bo`limi maqsadini belgilaydi va ular ishini muvofiqlashtiradi.
Marketing strategiyasi zaminida quyidagi besh talab (prinsip) mavjud, ular korxonalar faoliyatida hisobga olinishi mumkin:
1. Bozor bir xil emas, u o`ziga xos tabaqalar (segmentlar)dan iborat, Taklif qilinayotgan tovar yoki xizmat hamma iste'molchilar talabiga mos, kelavermaydi.
2. Korxona bozorda bir yoki bir necha segment talablarini nazarda tutishi mumkin. Ammo har doim tanlangan bozor tabaqalari (segmentlari)ni o`ziga jalb etishda, ko`proq muvaffaqiyat qozonishni o`ylash lozim.
3. Firma bozorda mustaqil yoki boshqa korxonalar bilan hamkorlikda faoliyat ko`rsatishi mumkin.
4. Marketing vositasini tanlashda, ko`proq bir-biriga mos va o`zaro vazifalari bilan bir-birini to`lg`izib turuvchilarni ishga solishni ko`zda tutish kerak. Masalan, tovar upakovka (o`rami)si bilan narx, tovar harakati bilan sotish joyini, iste'molchilar bilan aloqalarni reklamaga qo`shib ishlatilishi tavsiya etiladi.
5. Korxonaning bozorga chiqishida iqtisodiy holatni har tomonlama hisobga olishni talab etadi. Masalan, umumiy va savdo kon'yunkturasining holatini, raqobatchilar bilan tutgan o`rni va boshqalar.
Marketing strategiyasini ishlab chiqishda eng muhim muammo, korxonani foyda olishga yo`naltirish hisoblanadi. Uning yechimini topishda jahon tajribasida quyidagi yondashishlar mavjud.

Download 0.58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling