1 мавзу. Корхона тадбиркорлик фаолияти субекти сифатида
«Parterning umumiy strategik modeli»
Download 0.58 Mb.
|
moliyaviy biznes reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matrisasi))».
- «Boston konsalting guruhi qolipi».
«Parterning umumiy strategik modeli». Bunda korxona barcha imkoniyatlarini bozordagi bir segmentga qaratadi, tovar ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirish evaziga, mahsulotga past baho belgilab iste'molchilarni ko`proq jalb etadi va sotish hajmini oshiradi. Boshqa holatda esa, raqobatchilar yo`q bozorni yangi tovar assortimenti bilan egallab oladi.
«Tovarlar (bozorlar imkoniyatlari qolipi (matrisasi))». Bu yondashishda foydani ko`paytirish birinchidan — tovar harakatini o`zgartirmagan holatda bozorni kengaytirish; ikkinchidan — hali talab qondirilmagan bozorlarga kirib borish; uchinchidan — korxona bozorda yaxshi tanilgandan so`ng yangi tovar ishlab chiqarish yoki modifikatsiyasini o`zgartirish; to`rtinchidan — yangi bozorlar uchun yangi tovarlar ishlab chiqarish orqali erishiladi. «Boston konsalting guruhi qolipi». Ushbu yondashish orqali bozorda foyda olish, korxona faoliyat ko`rsatadigan hududlardan eng samarali strategik xo`jalik bo`limlarini tanlash bilan amalga oshiriladi. Birinchi hudud — «yulduzlar» (katta talab va bozorda yuqori ulushga erishilgan). Bu hududni e'zozlab, yanada mustahkamlash choralari ko`riladi. Bozordagi ulushni saqlash uchun narxlarni pasaytirish, reklama xarajatlarini ko`paytirish, mahsulot turlarini o`zgartirish va boshqalar amalga oshiriladi. Ikkinchi hudud — «Sog`in sigirlar» (past talab, ammo bozorda firmani ulushi yuqori). Bu hududga qattiq nazorat o`rnatiladi. Uchinchi hudud — «qiyin tarbiyali bolalar» (talab yuqori, ammo bozorda ulush kam). Bu hudud imkoniyatlarini o`rganisg va «YUlduzlar» hududi darajasiga ko`tarilishi ehtimoli bormi yoki yo`qmi? qerak b>'lsa, harakatni ko`paytirish zarur. To`rtinchi hudud — «Itlar» (past talab va bozorda oz ulush). Agar bunday hududni egallab turishga keskin sabab bo`lmasa, undan qutulish kerak. Marketing rejasi asosiy hujjat bo`lib, kim? nima? qachon? va qayerda? hamda qaysi yo`l bilan aniq vazifani bajarishi shart degan savollarga javoblarni ifodalaydi. Taktik rejalashtirish yaqin muddatga assortiment, savdo, baho, reklama, moliya, kadrlar va boshqalar bo`yicha korxona siyosatini belgklaydi. - mahsulot assortimentini rejalashtirish — bo`lajak iste'molchilar guruhini va ular talabini aniqlash, mahsulotni texnik ko`rsatkichlarini va iste'mol qiymatlarini muvofiqlashtirish, uning raqobatbardoshligini baholash, upakovkani (o`ram) rivojlantirish, tovar turlarini yangilash va boshqalarni o`z ichiga oladi; — tovar harakati yo`nalishlarini va sotishni rejalashtirish—tovarlar oqimi yo`llarini, qancha zahiraga ehtiyoj borligini, transport orqali tashish, qayta upakovka (o`ram) qilish, tovar oborot va sotishdan keyingi xizmat qilish kabilarni aniqlashdan iborat; — reklama va sotishni rag`batlantirishni rejalashtirish — reklama vositalarini tanlash, sotuvchilarni va xaridorlarni rag`batlantirish usullarini aniqlash, raqiblarga ta'sir ko`rsatish yo`llarini baholash demakdir; — moliyaviy ko`rsatkichlar.ni rejalashtirish — shu jumladan; marketing xarajatlarini aniqlash, bahoni belgilash (talab xarajatlar, raqobatchilar, marketing tadbirlaridan olinadigan daromadga asoslanib)ni tashkil etadi; — kadrlar bilan ta'minlashning rejasi—rahbariyat va mutaxassislarni joy-joyiga qo`yish, kadrlarni tayyorlash va malakasini oshirish, maslahatchilarni yollash, boshqa korxonalar tajribasini o`rganishni o`z ichiga oladi. Marketing nazorati uch xil shaklda olib boriladi: strategik, yillik va rentabellikni tekshirib borishdan iborat. Strategik nazorat — ma'lum davr mobaynida korxona marketing faoliyatini har tomonlama taftish qilib, uning bozordagi haqiqiy holatiga mos kelish-kelmasligini aniqlashdir. Yillik rejali nazoratda sotish hajmi, bozordagi ulushi, iste'molchilarning tovarlarga bo`lgan munosabati va boshqalar tahlil qylinadi. Korxonaning foyda va zararlari balansi orqali va foydaning xarajatlariga solishtirish yo`li bilan uning rentabelligini nazorat qilinadi. Demak, marketing dasturi tadbirkorlar uchun yo`lchi yulduz hisoblanadi. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling