1 мавзу. Корхона тадбиркорлик фаолияти субекти сифатида


Bozor hissasi va daromad, baho siyosati


Download 0.58 Mb.
bet20/56
Sana24.12.2022
Hajmi0.58 Mb.
#1051486
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56
Bog'liq
moliyaviy biznes reja

Bozor hissasi va daromad, baho siyosati.

Marketingda bir necha baho strategiyalari mavjud. Yuqori baho yoki «qaymog`ini olish» strategiyasi — avvalo tovar bahosini ishlab chiqarish narxidan ancha yuqori o`rnatib, asta-sekin uni tushirib boradi. Bu usul bilan yangi tovarlar (patentlar bilan himoyalangan) sotiladi va bozorga kirgandan keyin segmentlar guruhini kengaytirish maqsadida arzonlashtirib boriladi. YUqori baho strategiyasi, sotuvchiga tezda sarf-xarajatlarni qaytarib olishga yordam beradi. Ammo faqat yangi, yuqori sifatli, ko`p xususiyatlari bilan boshqalardan farq qiluvchi tovarlar hamda iste'molchilarning ham alohida — novatorlariga mo`ljallangan bo`ladi. Firma bozorda yangi tovarlar taklif qilishda monopol holatda bo`lsa, talab taklifdan yuqori, baland narx xaridorlar tomonidan yuqori sifatli tovar belgisi deb qabul qilingan vaqtlarda bu strategiya o`zini oqlaydi.
Keyinchalik bozorda o`xshash tovarlar — raqiblar paydo bo`lgandan keyin (bozor yetilganda) firma o`z tovari narxini tushira boshlaydi va boshqa segmentlar uchun yangi tovar modifikatsiyasini yarata boshlaydi.
«Past narx» strategiyasi yoki «yorib kirish»
Tovarlar boshlang`ich bahosi past o`rnatilib talab rag`batlantiriladi, raqobatda yutib chiqiladi, raqiblar tovarini bo zordan siqib chiqariladi, unda asosiy ulushini egallaydi va keyin tovari narxini oshira boshlaydi. Ammo «xaridorlar» bozorida bu strategiyani qo`llash juda qiyin, faqat to`yinmagan «sotuvchilar» bozorida biror natijaga erishish mumkin.
«Standart va o`zgaruvchan narxlar o`rnatish»
Agar tovar harakati qatnashchilari o`z tovari bahosini o`zgartirmaslikka intilsa, ko`p vaqt standart narx saqlanibturadi. Bunda qandolat, saqichlar, transport xizmati va hokazolar - bahosini firma sarf-xarajatlar.i ko`paysa ham bir me'yorda ushlab turadi. Ammo tovarlar o`ramasi, qadog`i yoki boshqa sarflarini kamaytiriladi.
Uzgaruvchan narxlar bozorda talab ko`paysa yoki davlat miqyosida biror iqtisodiy tadbir o`tkazilsa, shunga mos ravishda tovarlar va xizmatlarga yangi baholar o`rnatishni bildiradi.
Diskriminatsiya baholari, ayrim sotuvchilarga .ma'qul kelmagan xaridorlar uchun, ayniqsa davlatlar orasidagi munosabatlar, haqiqiy siyosiy muhit buzilgan davrda o`rnatiladi. Bu narxlar o`ta yuqori, tovarni sotib.oluvchiga bir necha marotaba og`ir tushadigan qilib o`rnatiladi.
Yagona narx strategiyasi yoki hamma iste'molchilar uchun bir xil baho o`rnatish. Bunday strategiya tovarlarni na'munalari bo`yicha kataloglar va aloqa bo`limlari orqali sotishda ishlatiladi.
Qayishqoq baholar xaridorlarning imkoniyatlariga qarab va savdolashish qobiliyatlari asosida o`rnatiladi. Bu narxlar yakka tartibda shartnomalar tuzishda ko`proq ishlatiladi.
Butun raqamsiz baho qo`yishda xaridorlar psixologiyasini hisobga oladi. Ba'zi xaridorlar, ayniqsa ayollar savdo qilganlarida qaytimini olishni yaxshi ko`rishadi. Undan tashqari, agarda 49,50 so`m yoki 199 so`m baho yozib qo`yilsa, firma tovari narxi juda sinchiklanib ko`rilgan, xaridorda past va aniq baho qo`yishga harakat qilingan — degan fikr-mulohaza tug`iladi.
Tovar narxi va sifati orasidagi bog`liqlik, bu tamoyil bo`lib, unga asosan iste'molchilar yuqori bahoning manbai yaxshi sifat, aksincha past narxli mahsulot sifatsiz deb qarashini anglatadi. Shunga asosan «alohida yuqori baholar» o`rnatiladi. Chunki xaridorlar juda past narxli tovarlarni olishga xavfsiraydilar. Demak, bozorda tovar narxining shakllanishiga juda ko`p omillar ta'sir ko`rsatadi. Ularning barchasini tovar narxini belgilashda, o`ziga xos holatlarda hisobga olish tavsiya etiladi. Firma, baho strategiyalarini bir nechasini muvofiqlashtirib, bozorning aniq konyuykturasi va umumiy marketing vazifalariga asoslangan ravishda qo`llaydi.




  1. Download 0.58 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling