1 мавзу. Корхона тадбиркорлик фаолияти субекти сифатида
MAVZU. Tovar va xizmatlar
Download 0.58 Mb.
|
moliyaviy biznes reja
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1. Iste’molchilarning muammolari va tovar ishlab chiqaruvchilarning vazifalari.
2 MAVZU. Tovar va xizmatlar
Iste’molchilarning muammolari va tovar ishlab chiqaruvchilarning vazifalari. Tovar sifati. Tovarlardan foydalanish bo’yicha iste’molchi manfaatdorligi. Mahsulotning raqobatbardoshligi. Mahsulot parametrlari va uning bahosi. Tovar raqobatbardoshligini taqqoslash orqali baholash. Raqobatbardoshlik faktorlari (tovar, baho, sotish kanallari, tovarlarni bozor yo’lidagi harakati). Biznes rejani tuzish bo’yicha tavsiyalar. 1. Iste’molchilarning muammolari va tovar ishlab chiqaruvchilarning vazifalari. O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy tub o‘zgarishlar jarayonida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha milliy siyosatga alohida e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimiz Islom Karimov rahnamoligida hayotga tatbiq etilayotgan iqtisodiy va huquqiy islohotlarning umumiy yo‘nalishi, raqobatning rivojlanishiga muvofiq ravishda amalga oshirilayotgan ushbu siyosat mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy dasturida ko‘zda tutilgan maqsadga erishish, ya’ni aholi hayot sifatini yaxshilashga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qat’iy belgilangan. Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Fuqarolarning murojaatlari to‘g‘risida”gi, “Fuqarolar sog‘lig‘ini saqlash to‘g‘risida”gi, “Oziq-ovqat mahsulotining sifati va xavfsizligi to‘g‘risida”gi, “Tovar belgilari, xizmat ko‘rsatish belgilari va tovar kelib chiqqan joy nomlari to‘g‘risida”gi, “Mahsulotlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida”gi, “Standartlashtirish to‘g‘risida”gi, “Metrologiya to‘g‘risida”gi va boshqa qonunlar bilan tartibga solinmoqda. Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlangan tovarlarni sotish va xizmatlar ko‘rsatish qoidalari ham iste’molchilar huquqlarini himoya qilishga qaratilgan. Bu qoidalar iste’molchilarning mahsulot ishlab chiqaruvchilar, sotuvchilar va turli xizmatlar ko‘rsatadigan ijrochilar bilan keng ko‘lamli o‘zaro munosabatlarini o‘z ichiga olgan. Mamlakatimiz fuqarolari “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunga binoan tovar (ish, xizmat), ishlab chiqaruvchi (sotuvchi) haqida to‘g‘ri va to‘liq ma’lumot olish, tovar, ish yoki xizmatni erkin tanlash hamda uning tegishli darajada sifatli bo‘lishi, hayoti, sog‘lig‘i va mol-mulki uchun xavfli nuqsoni bo‘lgan tovar (ish, xizmat), shuningdek, ishlab chiqaruvchi (ijrochi, sotuvchi)ning g‘ayriqonuniy harakati (harakatsizligi) tufayli yetkazilgan moddiy ziyon, ma’naviy zararning to‘liq hajmda qoplanishi, buzilgan huquqlari yoki qonun bilan muhofaza etiladigan manfaatlari himoya qilinishini so‘rab sudga, boshqa vakolatli davlat organlariga murojaat etish, iste’molchilarning jamoat birlashmalarini tuzish huquqiga egadir. Iste’mol munosabatlarida iste’molchi huquqiy jihatdan eng zaif tomon hisoblanadi. Iste’molchi o‘z huquqlarini himoya qila olmaganda, ayrim muammolar yuzaga keladi. Bularning barchasi muayyan vakolatlarga ega davlat organlari, shuningdek, jamoat tuzilmalarining ishtirokisiz iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, ayniqsa, bu boradagi huquqbuzarliklarning oldini olish kutilgan natijalarni bermasligidan dalolatdir. Amaliyot shuni ko‘rsatmoqdaki, so‘nggi yillarda fuqarolarning savdo, umumiy ovqatlanish, maishiy xizmatlar, transport va aloqa sohalari bo‘yicha murojaatlari soni kamayib borayotgani kuzatilmoqda. Bu mazkur sohalarda xizmatlar sifatining yaxshilanayotgani, raqobatning kuchayayotgani, biznes-muhit yaxshilanib borayotgani, shuningdek, fuqarolarimizning huquqiy madaniyati oshayotgani bilan bog‘liqdir. Mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yaratilayotgan qulay shart-sharoitlar raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va servis sohasini rivojlantirish imkonini bermoqda. O‘zbekistonda aholining iste’mol sohasidagi huquqlarini himoya qilishning samarali uslublari qo‘llanilmoqda. Davlatimizning o‘z fuqarolarini himoya qilishga tayyorligi, inson, uning manfaatlari va farovonligi uchun salmoqli ishlar amalga oshirilayotgani jamiyatimizni har tomonlama rivojlantirishning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Bularning barchasi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida qat’iy belgilangan huquqlarimizning hayotiy ifodasidir. Download 0.58 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling