26
Mantiqiy xotiraning hajmi.
Birinchi qatordagi
so’zlarning soni (№)
Esda qoldirilgan so’zlar
soni (m)
Mantiqiy xotira
koeffitsiyenti (K)
Natijalarni tahlil qilish.
Tavsiya qilingan so’zlar bilan tekshiriluvchining esda qoldirib yozgan so’zlarini
solishtiriladi va mantiqiy xotiraning koeffitsiyenti quyidagi formula bo’yicha
hisoblanadi:
m
K=_____*100%
N
Bunda K –
xotira koeffitsiyenti, m – to’g’ri esda qoldirilgan so’zlar soni, N –
tavsiya etilgan so’zlar soni.
Ikkinchi bosqich.
Bunda ham xuddi birinchi bosqichdagidek ish ko’riladi.
Faqat tekshiruvchi
ikkinchi qatordagi 15 juft so’zlarni (har bir juft oralig’ida 10
sekundlik tanaffus
bilan) o’qiydi. Oxirida yana 10 sekund tanaffusdan so’ng tekshiriluvchi esda olib
qolgan so’zlarini yozadi va tavsiya qilingan so’zlar bilan esda qoldirilgan so’zlar
taqqoslanib xotira koeffitsiyenti birinchi bosqichdagi
kabi hisoblab chiqiladi,
hamda jadvalda aks ettiriladi.
Mexanik xotiraning hajmi
Ikkinchi qatordagi
so’zlarning soni (№)
Esda qoldirilgan so’zlar
soni (m)
Mexanik xotira
koeffitsiyenti (K)
Har ikki bosqich natijalari asosida mantiqiy va mexanik
xotiraning samaradorligi
haqida xulosa chiqariladi.