1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja


-Mavzu: Leontev bo‘yicha bilvosita xotirani o‘rganish metodikasi


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/37
Sana19.11.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1787087
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37
Bog'liq
kopiya

9-Mavzu: Leontev bo‘yicha bilvosita xotirani o‘rganish metodikasi. 
 
Bavosita eslab qolish metodikasi 
 
 
Bavosita esda olib qolish metodikasi yordamida (A.N.Leontev, 1928) 
faqatgina assotsiativ, mantiqiy xotirani emas, tafakkur xususiyatlarini ham aniqlash 
mumkin. Tadqiqotchi sinaluvchi eslab qolishi uchun beriladigan 10 -15 ta so‘zni 
(9, 10 - jadval) hamda 20 - 30 ta rasmli kartochkalar to’plamini tanlaydi. Rasmlar 
so‘zlami bevosita aks ettirmaydigan qilib, mustaqil tanlanishi mumkin.
5 -7 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida 
ishlatiladigan qo‘zg‘ovchi material 
Katta bog'cha yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalami tekshirish 
uchun turli seriyalarda har xil so'zlar va rasmlar tanlanishi zarur: birinchi seriyada 
ular ancha aniq bo‘lishi kerak, ikkinchi seriyada mavhumroq boMishi ham 
mumkin. Rasmlaming hajmi bir xil va bo’yalgan bo‘lishi kerak. 
Maktabga chiqishidan oldin bolalarning xotirasini tezda aniqlash maqsadida 
bu metodikaning L.N.Poperechnaya (1979) tomonidan o‘zgartirilgan variantidan 
foydalanish mumkin. Uning mazmuni: qo’zg’atuvchi materialni o'zgartirish, 
hajmini qisqartirishdan iborat. Bunda 15 ta so‘z va 25 -30 rasm o‘rniga 5 ta so‘z va 
16 ta rasm beriladi. Tajribani boshlashdan oldin tadqiqotchi bola bilan birgalikda 
hamma rasmlarni qarab chiqadi, bolaga tushunarsiz rasmlarni izohlab beradi. 
Keyin bolaga quyidagi ko‘rsatma beriladi:


28 
8 -12 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida 
ishlatiladigan qo‘z g‘ovchi material 
 
 
ll-jadval 
Bavosita eslab qolish metodikasining o'zgartirilgan varianti uchun 
qo'zg’atuvchi material 
≪Hozir sizlarga so'zlarni o’qib beraman, siz esa ularni yaxshiroq eslab 
qolish uchun ularga mos rasmlarni tanlaysiz. Bu rasmlar keyinchalik so'zlarni 
qayta esga tushirishga yordam berishi zarur
≫. Birinchi ≪yong‘in≫ so'zi beriladi. 
Agar bola 15 soniya davomida ishga kirishmasa, u ko‘rsatmani yaxshi 
tushunganligini aniqlash kerak. Ko‘rsatma yana takrorlanadi. Agar 20-30 
soniyadan keyin bola topshiriqni bajarishga kirishmasa, tadqiqotchi tushuntira 
boshlaydi: 
≪Siz ≪yong‘in≫ so‘zini esga tushirishga yordam beradigan rasmli 
kartochkani tanlashingiz zarur. Qanday rasm yong‘inni, tutun chiqayotganini 
eslatishini qarab chiqamiz. Mana masalan, bu erda zavod trubalari, tutun yuqoriga 
chiqayotgani tasvirlangan. Bu rasm sizga 
≪ yong‘in≫ so'zini eslab qolishga 
yordam beradimi?
≫. Bola tasdiqlab boshini silkiydi va qanday eslab qolish 
kerakligini tushunganligini aytadi. Keyin tadqiqotchi keyingi so‘zni aytadi, 
sinaluvchi bo‘lsa zarur kartochkani tanlaydi. Kartochkani tanlash uchun 30 
soniyagacha vaqt beriladi. Ko’pincha bolalar tezroq tanlashadi. Har bir tanlashdan 
so‘ng, tadqiqotchi bolani nima uchun xuddi shu rasmni tanlaganini, u aytilgan so‘z 
bilan qanday bog‘langanligini so‘raydi. 
Hamma so‘zlar aytilib, ularga mos rasmlar tanlanganidan keyin, 
eksperimentator ularni bir chetga olib qo‘yib, bolaga xotirani o’rganish bo‘yicha 
boshqa topshiriq beradi, masalan kubiklardan figura yasash. 15 yoki 30 daqiqadan 


29 
so‘ng, unga so'zlarni eslab qolish uchun tanlangan rasmlar ko'rsatiladi. Bola eslab 
qolgan so‘zni aytishi kerak.
Bunda u yoki bu rasm xotirada qanday bog’lanishlami hosil qilishini 
aniqlash zarur. Tadqiqot jarayonida tajriba qarori to’ldirib boriladi (12-jadval). 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling