1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja


-Mavzu: Obrazli, so‘z-mantiqli tafakkur turini baholash uchun


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet19/37
Sana19.11.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1787087
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37
Bog'liq
kopiya

10-Mavzu: Obrazli, so‘z-mantiqli tafakkur turini baholash uchun 
metodikalar. 
«Mantiqsiz tasvirlar» metodikasi 
Ushbu metodika yordamida bolani atrofdagi borliq hamda ushbu moddiy 
dunyodagi bir qancha obʼektlarning orasida oʼzaro bogʼlanishlar va munosabatlar 
haqida elementar obrazli tasavvurlari baholanadi: hayvonlar bilan, ularning hayotiy 
koʼrinishlari bilan, tabiat bilan. 
Ushbu metodika yordamida bolaning mantiqiy mulohazasi va oʼz fikrini 
grammatik jihatdan toʼgʼri ifodalay olishi aniqlanadi. Metodikani tashkil qilish 
jarayoni quyidagicha olib boriladi: 


32 
Rasmda tasvirlangan koʼrinishlar bolaga tavsiya qilinadi, unda hayvonlar 
bilan bogʼliq bir qancha «mantiqsiz» hodisalar mavjud. 
Bolaga rasmni koʼrsatish jarayonida, unga quyidagi maʼnoda koʼrsatma 
beriladi: «Diqqat bilan ushbu rasmdagi tasvirlarni koʼrib chiqib, rassom tomonidan 
qanday xatoliklarga yoʼl qoʼyilganligini aytib ber? Аgar sen qaysidir obʼektni oʼz 
joyida tasvirlangan emas deb hisoblasang, nima uchun shunday boʼlish kerakligini 
tushuntirib ber va aslida qanday boʼlishi kerakligini ayt?». 
Koʼrsatmaning ikkala qismi ham ketma-ketlik bilan bajariladi. Birinchi 
navbatda bola mantiqsizliklarni aytib beradi va rasmlarda koʼrsatib beradi, soʼngra 
haqiqatda qanday boʼlishligini izohlab beradi. 
Rasmlarni koʼrish va topshiriqni bajarishga uch daqiqa vaqt beriladi. Bu vaqt 
mobaynida bola iloji boricha mantiqsiz voqealikni koʼproq topishi va haqiqatdan 
qanday boʼlish kerakligini sharhlab berishi kerak. 
Natijalarni baholash. 
10 ball -agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida rasmdagi hamma mantiqsiz 
tasvirlarni (jami 7 ta) aniqlab, qoniqarli tushuntirib bera olishga ulgursa va 
haqiqatdan qanday boʼlishini sharhlab bera olsa.
8-9 ball- bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo 
birdan uchtagacha tasvirni haqiqatdan qanday boʼlishini sharhlab bera olmasa; 
6-7- ball bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqlab va belgilab chiqsa, ammo 3 dan 
4 gacha tasvirni haqiqatdan qanday boʼlishini sharhlab bera olmasa; 
4-5- ball bola hamma mantiqsiz tasvirlarni aniqladi, ammo 5 — 7 tagacha tasvirni 
chegaralangan vaqt mobaynida sharhlab berishga ulgura olmasa
2-3- ball bola chegaralangan vaqt mobaynida 1 — 4tagacha tasvirni aniqlab bera 
olmadi va sharhlashga vaqti yetmasa
0-1 ball-chegaralangan vaqt mobaynida bola rasmdagi 7 ta mantiqsiz tasvirlardan 4 
tasini topsa. 
Izoh: 4 va undan yuqori ball, agar bola berilgan 3 daqiqa mobaynida topshiriqni 
birinchi qismini toʼliq bajara olsa, ammo ularni tushuntirib va sharhlashga ulgura 
olmasa qoʼyish mumkin. 


33 
Taraqqiyot darajasi haqida xulosa chiqarish:
10 ball — juda yuqori
8 — 9 ball — yuqori
4 — 7 ball — oʼrtacha
2 — 3 ball — past 0—1 ball — juda past 


34 

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling