1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja
-Mavzu: Leontev bo‘yicha bilvosita xotirani o‘rganish metodikasi
Download 2.54 Mb. Pdf ko'rish
|
kopiya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 8 -12 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida ishlatiladigan qo‘z g‘ovchi material
9-Mavzu: Leontev bo‘yicha bilvosita xotirani o‘rganish metodikasi.
Bavosita eslab qolish metodikasi Bavosita esda olib qolish metodikasi yordamida (A.N.Leontev, 1928) faqatgina assotsiativ, mantiqiy xotirani emas, tafakkur xususiyatlarini ham aniqlash mumkin. Tadqiqotchi sinaluvchi eslab qolishi uchun beriladigan 10 -15 ta so‘zni (9, 10 - jadval) hamda 20 - 30 ta rasmli kartochkalar to’plamini tanlaydi. Rasmlar so‘zlami bevosita aks ettirmaydigan qilib, mustaqil tanlanishi mumkin. 5 -7 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida ishlatiladigan qo‘zg‘ovchi material Katta bog'cha yoshidagi va kichik maktab yoshidagi bolalami tekshirish uchun turli seriyalarda har xil so'zlar va rasmlar tanlanishi zarur: birinchi seriyada ular ancha aniq bo‘lishi kerak, ikkinchi seriyada mavhumroq boMishi ham mumkin. Rasmlaming hajmi bir xil va bo’yalgan bo‘lishi kerak. Maktabga chiqishidan oldin bolalarning xotirasini tezda aniqlash maqsadida bu metodikaning L.N.Poperechnaya (1979) tomonidan o‘zgartirilgan variantidan foydalanish mumkin. Uning mazmuni: qo’zg’atuvchi materialni o'zgartirish, hajmini qisqartirishdan iborat. Bunda 15 ta so‘z va 25 -30 rasm o‘rniga 5 ta so‘z va 16 ta rasm beriladi. Tajribani boshlashdan oldin tadqiqotchi bola bilan birgalikda hamma rasmlarni qarab chiqadi, bolaga tushunarsiz rasmlarni izohlab beradi. Keyin bolaga quyidagi ko‘rsatma beriladi: 28 8 -12 yoshli bolalar uchun bavosita esda olib qolish metodikasida ishlatiladigan qo‘z g‘ovchi material ll-jadval Bavosita eslab qolish metodikasining o'zgartirilgan varianti uchun qo'zg’atuvchi material ≪Hozir sizlarga so'zlarni o’qib beraman, siz esa ularni yaxshiroq eslab qolish uchun ularga mos rasmlarni tanlaysiz. Bu rasmlar keyinchalik so'zlarni qayta esga tushirishga yordam berishi zarur ≫. Birinchi ≪yong‘in≫ so'zi beriladi. Agar bola 15 soniya davomida ishga kirishmasa, u ko‘rsatmani yaxshi tushunganligini aniqlash kerak. Ko‘rsatma yana takrorlanadi. Agar 20-30 soniyadan keyin bola topshiriqni bajarishga kirishmasa, tadqiqotchi tushuntira boshlaydi: ≪Siz ≪yong‘in≫ so‘zini esga tushirishga yordam beradigan rasmli kartochkani tanlashingiz zarur. Qanday rasm yong‘inni, tutun chiqayotganini eslatishini qarab chiqamiz. Mana masalan, bu erda zavod trubalari, tutun yuqoriga chiqayotgani tasvirlangan. Bu rasm sizga ≪ yong‘in≫ so'zini eslab qolishga yordam beradimi? ≫. Bola tasdiqlab boshini silkiydi va qanday eslab qolish kerakligini tushunganligini aytadi. Keyin tadqiqotchi keyingi so‘zni aytadi, sinaluvchi bo‘lsa zarur kartochkani tanlaydi. Kartochkani tanlash uchun 30 soniyagacha vaqt beriladi. Ko’pincha bolalar tezroq tanlashadi. Har bir tanlashdan so‘ng, tadqiqotchi bolani nima uchun xuddi shu rasmni tanlaganini, u aytilgan so‘z bilan qanday bog‘langanligini so‘raydi. Hamma so‘zlar aytilib, ularga mos rasmlar tanlanganidan keyin, eksperimentator ularni bir chetga olib qo‘yib, bolaga xotirani o’rganish bo‘yicha boshqa topshiriq beradi, masalan kubiklardan figura yasash. 15 yoki 30 daqiqadan 29 so‘ng, unga so'zlarni eslab qolish uchun tanlangan rasmlar ko'rsatiladi. Bola eslab qolgan so‘zni aytishi kerak. Bunda u yoki bu rasm xotirada qanday bog’lanishlami hosil qilishini aniqlash zarur. Tadqiqot jarayonida tajriba qarori to’ldirib boriladi (12-jadval). Download 2.54 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling