1-Mavzu: Ko‘rishning mutlaq chegaralarini aniqlash, Makonni ko‘rishninng differensial chegaralarini aniqlash. Reja


-MAVZU: MASALA YECHISH USULIGA TAJRIBANING TA’SIRINI


Download 2.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet20/37
Sana19.11.2023
Hajmi2.54 Mb.
#1787087
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
kopiya

11-MAVZU: MASALA YECHISH USULIGA TAJRIBANING TA’SIRINI 
O‘RGANISH (LACHINS METODIKASI). 
 
Maqsad: Tafakkur rigidligini aniqlash.
Jihoz: Arifmetikaga oid topshiriqlar to’plami.
A.S. Lachins tomonidan ishlab chiqilgan metodika yordamida bir xil tipdagi 
vazifani yechish jarayonidagi ikki guruh tekshiriluvchilar natijalarini solishtirish 
orqali fikrlash jarayonidagi rigidlikni aniqlash mumkin. Vazifa shunday tanlanishi 
kerakki, ularning bir qismi bir usul bilan, qolganlari ikki usul bilan yechiladi.
Tajriba boshlangunga qadar har biri 10 tadan arifmetik vazifadan iborat 2 ta 
varaqa tayyorlanadi. 1-guruh tajriba, ikkinchisi nazorat guruhi deb qaralib, ularga 
alohida-alohida vazifalar beriladi. Har ikki guruhdagi tekshiriluvchilar bir-birlariga 
bog’liq bo’lmagan holda vazifalarni yechishlari kerak bo’ladi. 1-5 vazifalar 
bittadan yechimga ega, 6-10 vazifalarning esa minimal bitta yechimi bor yoki 
ratsional yechimga ega emas.
Natijalarni tahlil qilish uchun nechta tekshiriluvchi 6-10 vazifalarni ratsional 
usul bilan yechganligini hisoblab, foizga aylantirish kerak.
Ko’p hollarda tekshiriluvchi 1-5 vazifalarni bir xil usul bilan yechgandan 
so’ng 6-10 vazifalarni ham shunday usul bilan yechishga harakat qiladilar, sharoit 
o’zgarganligini sezmaydilar. Bunda fikrlash jarayonida bilish rigidligi vujudga 
kelganligini aniqlash mumkin.
Ishning borishi:  
Tajribani o’qituvchi olib boradi. Talabalar ikki guruhga bo’linadilar. 
Birinchi tajriba guruhiga birinchi to’plamdagi vazifalar, ikkinchi – nazorat 
guruhiga ikkinchi to’plamdagi vazifalar beriladi. Barcha ishtirokchilar vazifalarni 
navbatma-navbat yechishlari kerak bo’ladi.
Tekshiriluvchiga ko’rsatma: «Qo’lingizdagi varaqda 10 ta arifmetik 
topshiriq bo’lib, ularni tartib bilan yeching. Qo’lingizdagi varaqqa barcha arifmetik 
usullarni yozishingiz mumkin. Vazifani yechish vaqti cheklanmagan. Uni mustaqil 
ravishda boshqalardan ko’chirmay bajarishga harakat qiling».

Download 2.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling