1-Mavzu. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari. R e j a
Download 31.71 Kb.
|
1-мавзу маъруза
- Bu sahifa navigatsiya:
- Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Fanning predmeti maqsadi va vazifalari.
1-Mavzu. Korxona iqtisodiyoti va menejmenti fanining mohiyati va vazifalari. R E J A: Fanning predmeti maqsadi va vazifalari. Fanning obekti va o’rganish subekti. Fanning o’rganish usullari. Fanning boshqa fanlar bilan aloqadorligi. Fanning predmeti maqsadi va vazifalari. “Borliq ongni belgilaydi” iborasi ma’lum bir jihatlari bilan har bir inson hamda jamiyat hayoti va iqtisodiyotning tuzilishini anglatadi. Shu sababli iqtisodiyotning oila ‘оchog‘i miqyosida, shuningdek, korxona, tarmoq va butun xalq xо‘jaligi miqyosida kо‘rib chiqilishi bejiz emas. Sо‘nggi holatda gap makroiqtisodiyot haqida, uning tendensiyalari, qonuniyatlari haqida borib, unda kо‘rib chiqiladigan muammolar ba’zi hollarda korxona iqtisodiyotidan sezilarli ravishda farqlanadi. “Iqtisodiyot” atamasi birinchi bor Aristotel tomonidan kiritilgan hamda odamlarning tovar ishlab chiqarish va ayirboshlashdagi xо‘jalik faoliyatini anglatgan. Tovarishlabchiqarish, ayirboshlash va realizatsiya qilish tizimi qanchalik yaxshi tashkil qilingan bо‘lsa, iqtisodiyot kо‘rsatkichlari va aholining turmush tarzi, resurslardan oqilona foydalanish, bahoni shakllantirish, soliqqa tortish, samarali qо‘llanuvchi boshqaruv tizimi kabi omillarni hisobga olgan holda, shunchalik yuqori bо‘ladi. Iqtisodiyotning inson va jamiyat hayotidagi о‘rni va ahamiyatiga о‘z vaqtida A.Smit yuqori baho berib, uinsonni “homo economicus” - “iqtisodiy odam” deb atagan. Haqiqatdan ham, har bir odam iqtisodiyotning mohiyatini, hayot ne’matlari nimalar evaziga berilishini anglamaguncha, mablag‘larni ishlab topish va ulardan samarali foydalanishni о‘rganmaguncha, oila miqyosi va undan yuqori darajadagi iqtisodiyot uchun ma’qul keluvchi sifat va miqdor parametrlariga ega bо‘ladi, deb о‘ylash notо‘g‘ri bо‘lar edi. Demak, iqtisodiyot parametrlari (ham salbiy, ham ijobiy) avvalo insonlar harakati va faoliyatining, oqilona hо‘jalik yuritish, moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash va taqsimlashni samarali olib borish qobiliyati natijasida yuzaga keladi. Iqtisodiyot inson hayotining moddiy, ma’naviy, fiziologik va boshqa ehtiyojlari bilan bog‘liq bо‘lgan har bir jabhasini qamrab oladi. Oila qurish, kelajak avlodni tarbiyalash, zaruriy turmush tarzini ta’minlash uchun odamlarga oziq-ovqat, kiyim-bosh, turarjoy va boshqa vositalar kerak bо‘ladi. Bu predmetlar, qoidaga kо‘ra, iqtisodiyotning turli tarmoqlaridagi korxonalarda ishlab chiqariladi. Shu sabablii qtisodiyotning, ayniqsa, avvalgi ma’muriy-buyruqbozlik tizimidagi rejali iqtisodiyotdan farq qiluvchi bozor iqtisodiyotining rivojlanish tendensiyalari va qonunlarini bilish, rо‘y berayotgan ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlarni tushunish va istalgan xо‘jalik muammolarini hal qilishda muhim shart hisoblanadi. Download 31.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling