Mavzu: dasturiy ta’minot va uning rivojlanish tendensiyalari 1- laboratoriya ishi: dasturiy mahsulotlarni rivojlanish tendensiyalari (2 soat) Ishning maqsadi: Windows 7


Download 1.49 Mb.
bet1/6
Sana09.04.2023
Hajmi1.49 Mb.
#1347618
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-laboratoriya ishlanmasi-2


MAVZU: DASTURIY TA’MINOT VA UNING RIVOJLANISH TENDENSIYALARI
1- LABORATORIYA ISHI: DASTURIY MAHSULOTLARNI RIVOJLANISH TENDENSIYALARI (2 soat)


Ishning maqsadi:
Windows 7 va Windows10 operatsion tizimlarining farqi. (Papkalar yaratish, mening kompyuterim bo’limi bilan ishlash, savatcha bilan ishlash, disklar bilan ishlash...)


Qo‘llaniladigan jihozlar va materiallar: Kompyuterlari, videoproyektor, ekran.


Ish haqida nazariy ma’lumot

Operatsion tizim - bu maxsus dastur bo’lib, bu dastur asosiy vazifasi - kompyuter ishini boshqarish, kompyuter va foydalanuvchi o’rtasida muloqotni o’rnatish, tashqi qurilmalar ishlash holatlarini sozlash va ular bilan muloqotni o’rnatish, har xil dasturlarni ishga tushirish va ular ishlash holatlarini ta‘minlash. Windows (Windows ,,oynalar’’ degan ma'noni anglatadi) Microsoft (MS) firmasining dastur mahsuli bo`lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo`lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo`ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi-kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o`rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir.

Windows 10 — shaxsiy kompyuterlar va ish stantsiyalari uchun Microsoft tomonidan Windows NT oilasi tomonidan ishlab chiqilgan operatsion tizim

Dunyoning 70% kompyuterlari Microsoft korporatsiyasi tomonidan yaratilgan operatsion tizimlar bilan jihozlangan. Bulardan 1981-yilda yaratilgan - MS-DOS dasturi, 1991-yilda yaratilgan - Windows 3,1 dasturi, 1995-yilda yaratilgan - Windows 95 dasturi, 1998-yilda yaratilgan – Windows 98 dasturi, 2000-yilda yaratilgan - Windows 2000 dasturi, 2001-yilda yaratilgan - Windows Millennium Edition va Windows XP dasturlari.


Window” va “Windows” so’zi “Oyna” va “Oynalar” degan ma’no beradi.
Operatsion tizim asosan oynalar bilan ishlashga asoslangan. Operatsion tizim yuklanganda dastlabki ochiladigan oyna ish stoli deyiladi. Bizda Windowsning ruslashtirilgan versiyalari qo’llanilishi sababli amaliyotda operatsion tizimning ob’yektlari va oynalari bilan ishlashda Рабочий стол atamasi qo’llaniladi. Bu oyna o’lchamlarini o’zgartirib yoki masalalar paneliga yig’ib bo’lmaydi, u kompyuter o’chirilishi jarayonida yopiladi.

Download 1.49 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling