Корзина (Savat) obyekti bilan ishlash
Корзина (Savat) papkasi. Bu papka kompyuterda o’chirilgan ob’yektlarni saqlashga mo’ljallangan. Papka kontekst menyusidan Очистить корзину (Savatni tozalash) buyrug’i berilib undagi axborotlar o’chiriladi.
Bu papkadagi o’chirilgan ob’yektlarni qayta tiklash uchun, ob’yektning kontekst meyusidan Восстановить (Tiklash) buyrug’i beriladi
Windows 10 OT papka yaratish
Windows OT papka yaratish uchun ishchi stolning bo’sh joyiga sichqonchaning o’ng tugmasini bir marta bosamiz va hosil bo’lgan kontekst menyusida создать buyrug’ini tanlaymiz
Ushbu buyruqni tanlagach quyidagi oyna hosil bo’ladi
Ushbu oynadan Папку buyrug’ini ustiga bir marta bosamiz va ishchi stolda quyidagicha papka hosil bo’ladi.
Yaratilgan papka nomi dastlab Новая папка nomi bilan ekranda paydo bo’ladi. Bu nomni papka yaratilgan payda darhol o’zgartirish mumkin. Agarda keyinchalik o’zkartirish kerak bo’lsa papkani belgilab sichqonchaning o’ng tugmasi bosiladi va hosil bo’lgan konteks menyudan Переименовать buyrug’ini tanlash yordamida amalga oshirish mumkin. Yoki yana bir usuli papkani belgilab klaviaturadan F2 tugmasini bosgan holda papka nomini o’zgartirishimiz mumkin
Laboratoriya topshiriqlari
Windows 10 OT va uning imkoniyatlari
Windows 10 OT da Мой компьютер (Mening kompyuterim) bo’limi bilan ishlash va uning imkoniyatlari
Windows 10 OT da Корзина (Savat) bo’limi bilan ishlash va uning imkoniyatlari
Windows 10 OT da papkalar hosil qilish va papkalar ustida bajariladigan amallar
Windows 10 OT da Пуск bo’limida ishlash va uning imkoniyatlari
Windows 10 OT da ishchi stolda hosil bo’ladigan kontekst menyusi va uning tarikibini o’rganish
Hisobot shakli:
1. Laboratoriya ishining nomi.
2. Laboratoriya ishidagi topshiriq raqami.
3. Topshiriqni bajarilishi (nazariy ma’lumot, amaliy qo’llanilish sohalari)
4. Topshiriq taqdimotini tayyorlash
Do'stlaringiz bilan baham: |