Masofadan nazorat qilishda quyidagilar tekshiriladi:
Bank aktivlari va passivlari holatini, bank kapitali likvidliligi, foyda va zararlar hisoboti, bank tushumlari to’liq tahlil qilib chiqiladi;
Tahlil jarayonida aniqlangan xato va kamchiliklar to’g’risida banklar faoliyatini tahlil qilish Boshqarmasi xodimlari tomonidan rahbariyatga ma’lumotnoma jo’natiladi;
Takrorlangan kamchilik yuzasidan bankka nisbatan jarima chorlaari ko’riladi.
Masofadan nazorat qilish quyidagi vazifalarni bajaradi:
banklar faoliyati ustidan monitoring o’rnatish;
monitoring natijasida bank faoliyatidagi keskin o’zgarishlarni aniqlash;
bank faoliyatidagi keskin o’zgarishlar shubha uyg’otgan taqdirda inspeksiya va tematik tekshirishlar tayinlash;
«tartibbuzar» banklarga nisbatan O’zbekiston Respublikasining «O’zbekiston Respublikasi Markaziy bank to’g’risida»gi qonunida beligilangan choralarni qo’llash.
Bank nazoratida masofadan nazorat qilishning qulayligi va samaraliligi
Tijorat banklari faoliyatini domiy, har chorakda, har oyda yoki ayrim hollarda har hafta va har kunda o’rnatilgan monitoring asosida bank holati va likvidligini nazorat qiladi
Qabul qilingan doimiy axborotlar asosida bankning holatini boshqa banklar bilan solishtiradi
Masofadan nazorat o’rnatish tizimida mehnat sarfining ozligi bilan tezkor va ish ko’lami samaradorligini oshiradi
Masofadan nazorat qilish natijalari haqiqiy xolatni to’g’ri aks ettiradi
Joyga chiqib nazorat qilish uchun masofadan nazorat qilish tizimi bank faoliyatida aniqlangan kamchiliklar va ish ko’lamini qaysi yo’nalishda olib borish to’g’risida ko’rsatma beradi
Joyga chiqib tekshirishlarni tashkil qilishdan quyidagi maqsadlar ko’zlanadi:
masofadan nazorat qilish jarayonida aniqlangan holatlarni bevosita joyida o’rganish;
masofadan nazorat uchun taqdim etilgan hisobotlarni birlamchi hujjatlar bilan taqqoslash orqali ularni haqqoniyligini aniqlash;
bank aktivlari sifatini tasniflash va shu yo’l bilan tavakkalchilik darajasini aniqlash va baholash;
tavakkalchilik darajasidan kelib chiqib kapitalning etarliligini aniqlash va baholash;
bankning joriy likvidlilik darajsini aniqlash va baholash;
bankning korporativ boshqarish qobiliiyatini aniqlash va baholash.
Do'stlaringiz bilan baham: |