1-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytirish
Download 41.08 Kb.
|
1-mavzu (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliqlar va majburiy to’lovlarning mohiyati hamda ahamiyati Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini tashkil etish zarurati
- Soliqlar va majburiy to’lovlarning mohiyati hamda ahamiyati
- Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini tashkil etish zarurati
- Soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodikasi
1-mavzu. KORXONALARNI SOLIQQA TORTISH VA SOLIQ YUKINI PASAYTIRISH Mazkur mavzuda soliqlar va majburiy to’lovlarning mohiyati hamda ahamiyati, korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini tashkil etish zarurati, korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob- kitoblarining hisobini tashkil tsilish hamda soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodikasi kabi masalalar yoritilgan. SHuningdek, korxonalardan olinadigan soliq yuki amaliy tahlillar asosidagi misollar keltirib utilgan. Soliqlar va majburiy to’lovlarning mohiyati hamda ahamiyati Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini tashkil etish zarurati Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob- kitoblarining hisobini tashkil tsilish Soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodikasi Soliqlar va majburiy to’lovlarning mohiyati hamda ahamiyati Soliqlar va majburiy to’lovlar davlat xazinasini tuldiruvchi asosiy elementlardan biri bo’lib tsisoblanadi. SHuning uchun soliqdarga davlat byudjetining daromad tsismini shakllantiruvchi, eng mutsim bo’lgan umumdavlat vazifalarini tsal etish uchun zarur miqdordagi mablag’ni jamlantiruvchi dastak sifatida tsarash lozimdir. Soliq tizimi anits matssadga tsaratilgan moliyaviy siyosat bo’lishi bilan birgalikda yalpi milliy matssulotning bir tsismini tsayta tatssimlaydi va shu tarzda iqtisodiyotning va ijtimoiy tsayotning tarkibiy to’zilishini o’zgartirishda, atsolini ijtimoiy tsimoyalash kafolatini ta’minlashda bevosita ishtiroq etadi. Soliq tizimini islots tsilishdan ko’zlangan asosiy maqsad - korxonalar zimmasidagi soliq yukini yengillashtirilittti orqali ishlab chiqarishni jonlashtirish va iqtisodiyotni barqarorlashtirishga erishishdir. Bu mamlakatimizning soliq siyosati bilan amalga oshiriladi va tartibga solinadi. Har qanday mamlakatning soliq siyosati o’ziga xosligi bilan ajralib turadi, chunki har bir davlatning iqtisodiy yuqsalishi, o’sish sur’ati, axolisining faravonligi, investitsiya qilish kudrati unda joriy qilingan soliqlarning umumiy miqdori, yukining kay darajadaligiga bog’liq. Bularni belgilash va amalga oshirish mamlakatda olib borilayotgan soliq siyosatiga bog’liq. SHu jihatdan O’zbekistonning soliq siyosati xam o’ziga xos xususiyatlarga ega. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasining 2007 yil 25 dekabridagi UR^ - 136 sonli ^onuni bilan tasdiqlangan va 2008 yilning 1 yanvaridan kuchga kirgan Soliq kodeksining 23-moddasiga ko’ra, O’zbekiston Respublikasi xududida quyidagi soliqdar va boshqa majburiy to’lovlar amal qiladi. O’zbekiston Respublikasi xududida amaldagi soliq turlari: Soliqlar: yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig’i; jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i; ko’shilgan kiymat solig’i; aktsiz solig’i; er ka’ridan foydalanuvchilar uchun soliqlar va maxsus to’lovlar; suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; mol-mulk solig’i; er solig’i; obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i; jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizelь yokdlgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan soliq. Boshqa majburiy to’lovlar: ijtimoiy jamgarmalarga majburiy to’lovlar: yagona ijtimoiy to’lov; fuqarolarning byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga sugurta badallari; byudjetdan tashqari Pensiya jamgarmasiga majburiy ajratmalar; Respublika yo’l jamgarmasiga majburiy to’lovlar: Respublika yo’l jamgarmasiga majburiy ajratmalar; Respublika yo’l jamgarmasiga yigimlar; davlat boji; bojxona to’lovlari; ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish va ayrim turdagi xizmatlarni ko’rsatish huquqi uchun yigim. Ushbu moddaning ikkinchi va uchinchi qismlarida ko’rsatilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar umumbelgilangan soliqlardir. Ushbu Kodeksda belgilangan xollarda va tartibda soliq solishning soddalashtirilgan tartibida tulanadigan quyidagi soliqlar qo’llanilishi mumkin: yagona soliq to’lovi; yagona yer solig’i; tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo’yicha kat’iy belgi- langan soliq. Ushbu modda ikkinchi qismining 1-6-bandlarida, uchinchi qismining 1-4- bandlarida, beshinchi qismining ikkinchi va turtinchi xatboshlarida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar umumdavlat soliqlari va boshqa majburiy to’lovlardir. Ushbu modda ikkinchi qismining 7-10- 11 bandlarida, uchinchi qismining 5-bandida, beshinchi qismining uchinchi xatboshisida nazarda tutilgan soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlar maxalliy soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar jumlasiga kiradi. Berilayotgan soliq imtiyozlari mahsulot tannarxini kamaytiradi, pirovardida foydani oshiradi. Bu esa ishlab chiqarishning barqaror o’sishi va axolini ijtimoiy himoya qilish uchun juda muxim. Soliq imtiyozlari - soliq to’lovchilarga soliqlar bo’yicha turli xil yangiliklar bo’lib, ular vaqtinchalik va doimiy, tulik yoki qisman va boshqa ko’rinishlarda berilishi mumkin. Soliq imtiyozlarining turlari, amal qilish mexanizmlari, belgilash mezonlari mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi darajasidan kelib chiqkan holda belgilanadi. Soliq yuki - soliq to’lovchining muayyan vaqt oraligidagi faoliyati natajasida tulagan soliqlarini yigindisini ifodalaydi. Bunda soliq to’lovchilarning tulaydigan barcha soliqlar va soliqsiz majburiy to’lovlarining yigindisini ifodalanadi. Soliq yukining darajasi o’z navbatida mamlakatning iqtisodiy kudratiga, inflyatsiya darajasiga, davlatning vakolatli funktsiyalarni kullashiga, kolaversa bozor munosabatlarining rivojlanishi va ijtimoiy harakat doirasiga bevosita bog’liq buladi. Soliq stavkalarini o’zgartirishi orqali xam iqtisodiyotga samarali ta’sir qilishi mumkin. Soliq stavkalari hozirgi paytda tobora murakkablashib va turkumlashib bormoqda. Soliq stavkalarini o’zgartirish orqali moliyaviy okimlar va tovarlar okimlarining ayrim sohalari uchun kushimcha rag’batlar yaratiladi. Soliq imtiyozlari rag’batlantirish va samarali qo’llanilishiga karab quyidagi ko’rinishlarda ifodalash mumkin:
soliqdardan butunlay ozod qilish; yangi tashkil etilgan korxonalarga imtiyozlar berish; soliq to’lashdan vaqtincha ozod etish; soliqka tortiladigan bazani kamaytirish; soliqdan qisman ozod qilish; xorijiy investitsiyalarga imtiyozlar berish; eksportga imtiyozlar berish va boshqalar. Buning natijasida korxonalar ixtiyorida qoladigan mablag’lar ulushining ko’payishi evaziga uning aylanma mablag’lari miqdorni ko’paytirib borish va optimal darajasini saklash, ishlab chiqarishni zamonaviylashtirish, uning samaradorligini oshirish maqsadida ko’prok investitsiya kiritish, xodimlar meknatini yanada rag’batlantirish imkonini beradi. Soliq yuki darajasini quyidagi omillar belgilab beradi: soliqlar, yigimlar va byudjetdan tashqari fondlarga majburiy ajratmalar soni; ularning stavkalar darajasi; har bir soliq bazasining o’ziga xos shakllanish xususiyati (soliq ob’ektiga kiruvchi elementlar miqdori); soliq imtiyozlaridan foydalanish darajasi (imkoniyati). Ushbu omillardan birining kamayishi (o’sishi) boshqa omillar o’zgarmagandagina soliq yuki kamayishiga (o’sishiga) ta’sir etishi mumkin. Aytaylik soliq stavkalari pasaytirilsa-yu, soliqdar soni ko’paysa yoki soliq ob’ekti elementlari kengaytirilsa, soliq stavkasining pasaytiri- lishi kech qanday natija bermaydi va soliq yuki o’zgarmaydi yoki kutariladi. SHuning uchun davlat tomonidan soliq tizimini shakllantirishda bu 4 xil omilni bir-biriga bog’liq kolda qaralishi va soliq yukining makbul darajasini belgilashi va urnatishi lozimdir. Bu darajani belgilashda davlat quyidagi kolatlar ta’sirini kam e’tiborga olish zarur:
mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi; soliq to’lovchilarning to’lov qobiliyati, umumiy moliyaviy imkoniyat- lari; bozor munosabatlarining, xususan, mulkchilik munosabatlarining kolati; inflyatsiyaning o’sish darajasi; ma’lum davr xususiyatlariga ko’ra, davlatning o’z oldiga quygan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy vazifalari nisbati. Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonlar xo’jalik faoliyatida byudjet bilan hisob-kitoblarni to’g’ri yo’lga quyish mukim akamiyat kasb etadi. Bunda buxgalteriya hisobi ma’lumotlaridan tashqi foydalanuvchilardan biri davlat soliq xizmati organlari bo’lib, ular soliqlarning moliyaviy hisobini to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishidan manfaatdor xam hisoblanadi. Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini tashkil etish zarurati Bozor iqtisodiyoti sharoitida xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning asosiy vazifasi ichki va tashqi foydalanuvchilarni axborot bilan ta’minlashdir. O’zbekistan Respublikasi Soliq Kodeksida belgilanganidek,-soliqlar muayyan miqdorlarda undiri- ladigan, muntazam, qaytarib berilmaydigan va begaraz xususiyatga ega bo’lgan, byudjetga yunaltiriladigan majburiy pul to’lovlaridir. Soliq Kodeksida soliq to’lovchilar zimmasiga soliqka oid bir kator majburiyatlar yuklatilgan. Ushbu majburiyatlarni bajarmaslik yoki lozim darajada bajarmaslik soliq to’lovchiga nisbatan moliyaviy va ma’muriy yoki jinoiy jazo choralarini kullashga sabab buladi. Soliq majburiyati - ma’muriy huquqiy munosabati bo’lib, unga asosan soliq to’lovchi soliq qonun xujjatlarida belgilangan tartibda davlat soliq xizmati organlarida hisobda turish, soliq va majburiy to’lovlarni belgilangan tartibda hisoblash, byudjetga to’lash, buxgalteriya hamda soliq hisob-kitoblarini yuritish va vakolatli organlarga topshirishdir. Soliq majburiyatlari: qonun xujjatlariga muvofiq buxgalteriya hisobini yuritishi, moliyaviy va soliq hisobotini to’zishi soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va tulik hajmda bajarishi davlat soliq xizmati organlarining va boshqa vakolatli organlarning hamda ular mansabdor shaxslarining qonuniy talablarini bajarishi, shuningdek mazkur organlarning, ular mansabdor shaxslarining qonuniy faoliyatiga tuskinlik kilmasligi shart. davlat soliq xizmati organlariga va boshqa vakolatli organlarga imtiyozlar olish huquqini tasdiqlovchi xujjatlarni takdim etittti soliq tekshiruvlari o’tkazilayotgan vaqtda davlat soliq xizmati organlariga soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblab chiqarish, to’lash bilan bog’liq xujjatlar hamda ma’lumotlarni takdim etishi soliq to’lovchilarga to’lanadigan mablag’lardan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni to’g’ri va o’z vaqtida hisoblab chiqarishi, ushlab kolishi hamda byudjetga va davlat maqsadli jamgarmalariga o’tkazishi; soliq to’lovchilarga to’langan daromadlarning, ushlab kolingan hamda byudjetga va davlat maqsadli jamgarmalariga o’tkazilgan soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning hisobini yuritishi, shu jumladan har bir soliq to’lovchi bo’yicha aloxida-aloxida hisob yuritishi shart. Soliq to’lovchidan soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va tulik hajmda bajarishi uchun quyidagi vazifalarni bajarishni talab etadi. davlat soliq xizmati organlarida hisobda turish; yuridik manzili o’zgargan takdirda, davlat soliq xizmati organlariga xabar berish; hisoblangan soliq va majburiy to’lovlarni o’z muddatida to’lash. Xo’jalik jarayonlarini o’z vaqtida, to’g’ri va aniq xujjatlashtirish nafaqat buxgalteriya hisobini to’g’ri tashkil etishga balki, soliq ob’ektlari hamda u bilan bog’liq ob’ektlar hisobini tashkil etish va soliq bazasini to’g’ri aniqlashga xizmat qiladi. Moliyaviy hisob ma’lumotlari soliq hisobotlarini to’zish uchun yetarli bulmaydi. SHuning uchun moliyaviy hisob ma’lumotlari asosida korxona buxgalteriya xizmati tomonidan soliq hisobotlarini to’zish uchun zarur kushimcha soliq hisobi registrlari, ma’lumotnomalar to’zilishi kerak. Soliq maslaxatchisi o’z xizmat vazifasini yuqori darajada bajarishi uchun buxgalteriya hisobi, audit va moliyaviy tahlil metodologiyasini chukur bilishi zarur. Bu sohalar bo’yicha bilimga ega bo’lgan soliq maslaxatchisi mijozga soliq harajatlarini optimallashtirish bo’yicha to’g’ri maslaxatlar bera oladi. Soliq maslaxatchilari tashkilotlari: buxgalteriya hisobini yo’lga quyish, tiklash va yuritish; moliyaviy hisobot to’zish; buxgalteriya hisobi, menejment va moliya-xo’jalik faoliyatining boshqa masalalari bo’yicha konsalting xizmatlarini xam ko’rsatishi mumkin. Respublikamizda soliq siyosati yildan yilga takomillashib bormoqda. Yangi taxrirdagi O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksini ishlab chiqish zaruriyati: -soliq tizimining murakkablashuvi; -soliq qonunchiligining bir xil talkin qilinmasligi; -to’g’ridan - to’g’ri amal kiluvchi xujjat bo’lmaganligi; soddalashtirilgan soliq solish tartibi va ayrim soliqlar hamda boshqa majburiy to’lovlarni soliq kodeksi bilan emas, balki me’yoriy xujjatlar bilan tartibga solinishi. Mustaqillik yillarida O’zbekistonda soliq tizimining shakllanishi, soliq siyosatining takomillashishi buxgalteriya hisobini rivojlanishi va uning uslubiyotini takomillashuviga olib keldi. Respublikamizda «Buxgalteriya hisobi to’g’risida»gi ^onunni qabul qilinishi, buxgalteriya hisobi milliy standartlarining (BX,MS) ishlab chiqilishi va amaliyotga tatbiq qilinishi, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining «Mahsulot (ish, xizmat)larni ishlab chiqarish va sotish harajatlarini tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakllantirish tartibi to’g’risida»gi Nizom 1999 yil 5 fevraldagi 54-sonli qarorini qabul qilinishi (keyingi o’zgarishlari bilan) soliq siyosatining yanada takomillashuviga asos buldi. Yuqoridagilardan kelib chiqib, Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga mos bo’lgan buxgalteriya hisobining huquqiy-me’yoriy asosi yaratildi degan xulosaga kelishimiz mumkin. Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob- kitoblarining hisobini tashkil qilish Korxonalarda byudjet bilan bog’liq munosabatlarda soliqlar va majburii to’lovlar buiicha davlat va soliq to’lovchilar urtasidagi moliyavii munosabatlar sifatida makon va zamonda hisobga olinishi lozim. Bular, bir tomondan, soliq to’lovchi shaxs, ikkinchi tomondan, soliqni davlat foIdasiga undirib oluvchi shaxs, ya’ni soliq idoralari. Birinchi shaxs soliqlarni to’lovchi sifatida hisob yuritsa, ikkinchi shaxs esa ularni undirib oluvchi shaxs sifatida hisob yuritadi. Soliqlar va majburiI to’lovlar hisobining ushbu ikki turi bir - biridan maqsadi, vazifalari, yuritilish tartibi, uslubi va usullari, texnikasi, xujjatli rasmiIlashtirilishi hamda boshqa jihatlari bilan bir-biridan tubdan farq qiladi. Bozor munosabatlariga utish, ushbu sharoitda mamlakatimiz uchun butkul yangi soliq qonunchiligi xujjatlarini yaratilishi hamda xayotga jorii etilishi umuman buxgalteriya hisobining, shu jumladan soliqlar hisobining yangi munosabatlarga, yangicha xo’jalik yuritish talablariga mos bo’lgan kontseptual asoslarini yaratish masalasini kundalang qilib quydi. Bundai turdagi qonunbo’zarliklar bosh omili hisob-kitob ishlarini to’g’ri yuritmaslik hisoblanadi. SHu tufayli soliq to’lovchilarda buxgalteriya hisobining to’g’ri yuritilishini nazorat qilish muxim iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy axamiyatga masalalardan biridir. Mamlakatimizda soliqlar va majburiy to’lovlar buxgalteriyada hisobga olish “Buxgalteriya hisobining milliy andozalari”da belgilangan tamoyillar asosida har bir soliq turi bo’yicha aloxida-aloxida olib boriladi. Soliqlarning buxgalteriya hisobini tashkil etish, avvalo soliq to’lovchining hisob siyosatida o’z aksini topmogi lozim. Amaldagi qonunlarda soliq to’lovchi yuridik shaxs mansabdor shaxslari daromadini yoki soliq solishning boshqa ob’ektlari hisobining yukligi, bu hisobni belgilangan qonunchilikni bo’zgan holda yuritilganligi, shuningdek soliq organlariga soliqdarni hisoblash va to’lash uchun zarur bo’lgan hisobotlar, hisob-kitoblar hamda boshqa xujjatlarni o’z vaqtida takdim etmaganligi, foydani yoki boshqa soliq solish ob’ektini yashirganligi (kamaytirib ko’rsatganligi) uchun jazoga tortilishi belgilab qo’yilgan. Lekin qonunchilik soliq to’lovchilarni soliq hamda boshqa majburiy to’lovlar summalari tulanmagan yoxud butunlay tulanmaganlikka olib kelgan xatolarini soliq organining tekshiruvidan oldin aniqlagan, buxgalteriya hisobida hamda soliqlar va to’lovlar bo’yicha hisob-kitoblarga to’zatishlar kiritgan takdirda, ularni jazodan ozod etishni xam nazarda tutadi. Demak, yuridik shaxslar tomonidan hisoblangan soliqlar va ularni byudjetga o’tkazish, amalga oshirilgan harajatlar, soliqlar va buxgalteriya hisobini aniq va to’g’ri tashkil etish, soliq to’lovchilar majburiyati bo’lib kolmasdan, balki bundan ularni manfaatdorligini xam keltirib chiqaradi. SHuningdek, buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar va davlat urtasidagi munosabatlar tahlil qilib borilib, islohotlarni amalga oshirish istiqbollari xam belgilab boriladi. SHu sababli soliqlar hisobini to’g’ri tashkil etish va yuritish korxonani katta miqdorda jarimalar to’lashni oldini olishga, davlatga esa belgilangan tushumlarni o’z vaqtida byudjetga tushishini ta’minlaydi. Bayon etilganlardan ko’rinadiki, hisob tizimida amalga oshirilgan islohotlar xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda sodir etilgan jarayonlar hamda ular harakatini xalqaro andozalar asosida to’g’ri va o’z vaqtida aks ettirib borish imkoniyatini bermoqda. Hozirda buxgalteriya hisobi tarkibiy qismlari "Moliyaviy hisob" va "Boshqaruv hisobi"ning urni va axamiyati keng ochib berildi. Lekin bu hisob va audit tizimida olib borilayotgan islohotlar tugadi deyish uchun asos bula olmaydi. CHunki amaldagi "Moliyaviy hisob" va "Boshqaruv hisobi" tizimida soliqlar hisobiga yetarli e’tibor berilmagan. Yuqorida ta’kidlanganidek olimlar tomonidan “Soliqlar hisobi” qanday bo’lishi va u kaysi tarkibda bo’lishi to’g’risida aniq tuxtamga kelinmagan. Xrlbuki, soliqlar hisobi bozor munosabatlari sharoitida tadbirkorlik sub’ektlari faoliyatida muxim axamiyatga ega. CHunki soliqlarni to’g’ri hisoblash va byudjetga belgilangan muddatlarda to’lash tadbirkorlik sub’ekti moliyaviy holatiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Byudjetga to’lanishi lozim bo’lgan soliqdar va yigimlarni o’z vaqtida to’g’ri hisob-kitob qilish va tulab borish natijasida korxona iqtisodiy zarar kurmaydi. Aksincha esa korxona iqtisodiy zarar kuradi. Yuqorida ta’kidlanganidek soliqlar davlat va soliq to’lovchilar urtasidagi moliyaviy munosabatlar sifatida makon va zamonda hisobga olinishi lozim. Soliqlar hisobining makon va zamondagi makomi, uning hisob tizimidagi urni masalasi bo’yicha mualliflar qarashlari uchta guruxga ajratish mumkin ekanligini ko’rsatdi.
gurux - bu soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini korxonalar ichki hisob tizimining bir turi sifatida e’tirof etish. guruxga soliqlar va majburiy to’lovlar hisobini buxgalteriya hisobining bir turi deb hisoblaydigan olimlarni kiritish mumkin. Xorijiy mamlakat olimlarining aqsariyati soliqlar hisobini buxgalteriya hisobining quyi tizimi, deb e’tirof etadilar. Soliqlar va majburiy to’lovlar hisobi mazmun va moxiyatiga, tashkiliy va boshqa jihatlariga ko’ra korxonalar buxgalteriyasiga yuklatilgan funktsional majburiyatlardan bir hisoblanadi. Soliqlar hisobining to’g’ri va o’z vaqtida yuritilishiga respublikamiz qonunlariga muvofiq korxona rahbari va bosh hisobchi moliyaviy va ma’muriy jihatdan javobgardir. Korxonada urnatilgan hisob siyosatiga ko’ra soliqlar hisobi bosh hisobchining o’zi yoki aloxida bulim, mas’ul shaxs (shaxslar) tomonidan bosh hisobchi javobgarligida olib boriladi. Bulardan xulosa qiladigan bo’lsak, soliqlar hisobini korxonalar tomonidan yuritiladigan buxgalteriya hisobidan ajratib bulmaydi. Demak, soliqlar hisobi umuman olganda so’zsiz buxgalteriya hisobiga tegishlidir. Soliqlar hisobining predmeti bo’lib soliq to’lovchilar tomonidan tulanadigan soliq to’lovlari hisoblanadi. Soliqlar hisobining ob’ekti har bir soliq turi, ular bo’yicha soliqka tortiladigan baza, soliq imtiyozlari, soliqka doir joriy va kechiqtirilgan harajatlar, joriy va o’zoq muddatli majburiyatlar, soliqlar bo’yicha moliyaviy, ma’muriy jarimalar, ularni undirilishi va hisobdan chiqarilishi kamda boshqalar hisoblanadi. Har bir soliq turi bo’yicha hisobning ushbu ob’ektlari o’zining mazmun va moqiyatiga, xususiyatlariga egadir. Ushbu xususiyatlar davlatimizning soliq qonunchilik kujjatlarida tulik o’z aksini topgan, ular to’g’risida ishimizning keyingi bulimlarida yana alokida tuxtalamiz. Soliqlar hisobining sub’ektlari bo’lib, yuqorida ta’kidlab o’tganimizdek, turli mulkchilik shaklidagi va tashkiliy-kukukiy makomdagi korxonalar hisoblanadi. Hisob birligi sifatida ushbu korxonalar turli soliq rejimlarida faoliyat ko’rsatuvchilar bo’lib hisoblanadi. Soliq to’lovlarini hisobga olishda buxgalteriya hisobining metodini tashkil kiluvchi usullarning barchasidan foydalaniladi. Lekin, shuning bilan birga ushbu usullarni soliq hisobida kullash o’ziga xos xususiyatlarga ega buladi. Misol uchun, bakolash usuli negizida yotuvchi kiymat tushunchasi turli maqsadlarda turlicha mazmun kasb etadi. CHunonchi, K^Sni hisob-kitob qilishda bojxona kiymati, sotish kiymati, sof sotish kiymati, kakikiy tannarxdagi kiymati, urtacha kiymat, qoldiq kiymat va shu kabi kiymatning boshqa turlari qo’llaniladi. Boshqacha aytganda soliqlarni hisob-kitob qilishda soliq solish ob’ektini topish uchun yaxlit shakl va mazmundagi kiymatdan foydalanib bulmaydi. Soliqlar hisobini yuritishga asos buluvchi bosh kujjat bo’lib asosan maxsus hisob-kitob shakllari hisoblanadi. CHunonchi, ushbu hisob-kitoblar turli soliqlar bo’yicha turli shakl va mazmunga ega buladi. Soliqlarning tizimli hisobini yuritish schyotlar va ularga ikki yokdama yozuv usulidan keng foydalanishni takozo etadi. SHuning bilan birga byudjet oldidagi qarzlarni hisobi uchun muljallangan umumiy buxgalteriya schyotlari soliqlarning batafsil (keng mazmundagi) hisobi uchun yetarlicha bulmaydi. SHu sababli xam soliqdarning batafsil hisobini yuritish uchun aloxida maxsus schyotlarni yuritish lozim. Ushbu schyotlar tizimini har bir xo’jalik yuritish sub’ekti o’zining hisob siyosatiga karab belgilaydi. Buxgalteriya hisobining umumiy usullari bo’lgan balans va hisobotda soliqlarning hisoblangan, o’tkazib berilgan summalari, shuningdek ular bo’yicha debitorlik va kreditorlik qarzlarning holati to’g’risida yigma ma’lumotlar aks ettiriladi. Soliqlarning batafsil hisobi korxonalar moliyaviy hisobining ushbu shakllari beradigan ma’lumotlarni yanada xam boyitib, ularning ichki va tashqi axborot iste’molchilari uchun foydalalik darajasini oshirish imkonini beradi. Soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodikasi Iqtisodiyotni barqaror o’sishini harakterlovchi asosiy ko’rsatkich- lardan biri - bu soliq yuki ko’rsatkichidir. Bu ko’rsatkichni makro-, mezo- va mikrodarajada hisoblash hamda tahlil qilish muxim iqtisodiy axamiyatga egadir. Soliq yukini mikrodarajada tahlil qilishga qaratish korxonalarga soliq yukini hisoblashni turli tavsiflari mavjud. Mikrdarajada, ya’ni xo’jalik yurituvchi sub’ekt darajasida, soliq yukini hisoblashda xam qarashlar turlicha bo’lib, turli ko’rsatkichlarga nisbatan aniqlash uslublari mavjud. Korxonaning soliq yukini byudjetga soliq va yigim shaklida olinadigan yoki soliq to’lovlarining umumiy summasi sifatida olinadigan daromadning ulushi sifatida kurib chiqadi. Mualliflarning ikkinchi guruxi soliq yukini xo’jalik yurituvchi sub’ektga soliq solish samarasining murakkab tavsifi sifatida belgilaydi. Soliq yukini bir emas, balki bir nechta ko’rsatkichlarga nisbatan aniqlash kerakligini bildirishadi. Uchinchi gurux olimlari soliq yukini korxona moliyaviy yukining bir qismi sifatida qarashadi. SHunday qilib, A.N.TSыgichko soliq yuki ostida korxonalarni kengaytirish va modernizatsiya qilish uchun resurslarni cheklaydigan umumiy moliyaviy yukning bir qismi tushuniladi. U soliq yukini moliyaviy bosimning boshqa tarkibiy qismlari - inflyatsiya, kreditlar stavkasi, tabiiy monopoliyalarning ta’riflari va boshqalar bilan birgalikda kurib chiqish kerak, deb hisoblaydi. Xdkikatan xam, davlatga majburiy to’lovlardan tashqari kompaniya qonuniy ravishda nodavlat tashkilotlarga sugurta mukofotlari va boshqa majburiy to’lovlarni to’lash majburiyatini oladi. Turtinchi gurux esa soliq yukini korxonada soliq ma’muriyatchiligi, tahlil qilish yoki soliq rejalashtirish vositasi sifatida kurib chiqadigan mualliflarni o’z ichiga oladi. Xo’jalik sub’ektlarida soliq yukini hisoblashning zamonaviy holati mamlakatimizda bugungi kunda O’zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligi va Davlat soliq kumitasi tomonidan takdim etilgan uslubiyot asosida hisoblanadi. Unga ko’ra soliqdar va to’lovlarning xo’jalik yurituvchi sub’ektning mahsulot sotish hajmiga nisbatan hisoblanadi. U quyidagicha: Download 41.08 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling