1-mavzu. Korxonalarni soliqqa tortish va soliq yukini pasaytirish


Download 41.08 Kb.
bet2/2
Sana09.01.2022
Hajmi41.08 Kb.
#261503
1   2
Bog'liq
1-mavzu (2)

SYu = soliqlar va to’lovlar/mahsulot sotish uajmi x 100 %

Bu yerda:

SYu-xo’jalik yurituvchi sub’ektlarda soliq yuki.

Bu usulda soliq yukini hisoblash xo’jalik sub’ektlarida soliq yukini ancha foizli punktga kamaytirib ko’rsatadi va natijada ushbu sub’ektlar faoliyati noto’g’ri baholanib, bir qancha iqtisodiy kiyinchiliklar keltirib chiqaradi. Ya’ni davlatning ushbu soha bilan shugullanuvchi tashkilotlarining ma’lumotlariga tayanib davlat byudjet dasto’rini to’zadi va unga asoslanib ish kuradi. Natijada soliq yuki yanada ogirlashishi mumkin.

SHuningdek, soliqlarning absolyut va nisbiy soliq yuklarini farqlash mumkin. Absolyut soliq yuki - korxonalardagi soliq va ijtimoiy sugurta badallari yukini ifodalab, ular byudjet va byudjetdan tashqari fondlarga o’tkaziladi, xo’jalik sub’ektlari soliq majburiyatlarining absolyut miqdoridir. Nisbiy soliq yuki absolyut miqdorning yangidan yaratilgan

kiymatiga nisbati deb ifodalanadi va quyidagi formula orqali

aniqdanadi:

DN=ST+IA/YaYaK x 100 %

Bu yerda:

Dn - xo’jalik yurituvchi sub’ektlardagi nisbiy soliq yuki;

ST - soliq to’lovlari

IA - ijtimoiy extiyojlarga ajratma

YaYa^ - yangidan yaratilgan kiymat.

SHuningdek, boshqa uslubiyotga ko’ra korxonalarda soliq yukini hisoblash uchun quyidagicha, ya’ni:

SYuk = BS+MT / IX+SF+BS+MT x 100 %

Bunda, SYuk-soliq yukining miqdori;

Bs-jami tulanuvchi soliq summasi;

Mt-jami tulanuvchi majburiy to’lovlar summasi;

IX-ish xaki harajatlari;

SF-sof foyda usulidan foydalanish maqsadga muvofiqdir.

Mazkur formula asosida soliq yukini hisoblashning yutuq tomoni shundaki, soliq yukini hisoblash jarayoni sodda bo’lib, oddiy tadbirkor uchun xam tushunarli hisoblanadi. Bu esa, soliq to’lovlarini doimiy tahlil qilib borishi, soliq to’lovlarini boshqarish, boshqa faoliyat turlarida mavjud bo’lgan soliq yuklari darajasi bilan takkoslash jarayonlarini yengillashtiradi. Eng muximi korxona tomonidan tulanuvchi barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarni ogirlik darajasini tulik kamrab oladi.

Yuqorida e’tirof etilgan soliq yuki ko’rsatkichini hisoblash metodlarining modellari 1-jadvalda umumlashtirildi.

Amaliyotda soliq yukini aniqlashda barcha soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar summasining yigindisini olishib, soliq yuki ogir buldi

deyishadi. Aslida esa, yuqorida kayd etilgandek, harajatlar sifatida tan olingan summalar olinishi zarur.



2018 yilda soliq yuki ko’rsatkichlarining tahlili

(shartli ratsamlar)




Ko’rsatkichlar

“A” korxonasi

“B” firmasi

1.

Mahsulot sotishdan sof tushum

105600136

44966892

2.

Foyda solig’i

110460

223640

3.

Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i

539711

197965

4.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig’i




158435

5.

^ushilgan kiymat solig’i

1083440

4461040

6.

Suv resurslardan foydalanilgan- ligi uchun soliq

41438

6292

7.

Mol-mulk solig’i

-

228123

8.

Er solig’i

437082

176776

9.

Boshqa soliqlar

3222

22068

10.

Soliqlar bo’yicha uarajatlar

2215353

5474339

11.

Sof soliq yuki

2.1

12.2

12.

Yo’l jamgarmasiga majburiy ajratma

1478402

629536

13.

Pensiya jamgarmasiga majburiy ajratma

1689602

719470

14.

Ta’lim jamgarmasiga majburiy ajratma

528001

224834

15.

Yagona ijtimoiy to’lov

2080627

597986

16.

Import bo’yicha bojxona boji

-

-

17.

Maualliy yigimlar

-

180333

18.

Majburiy to’lovlar bo’yicha jami:

5776632

2352159

19.

Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlarning jami

7991985

7826498

20.

Yalpi soliq yuki

7,6

17,4





SHartli jadvalda xo’jalik yurituvchi sub’ektlar, ya’ni mikrodarajada

soliq yuki ko’rsatkichini tahlil qilish maqsadida “A”, “B” korxonalarining 2016 yilgi ma’lumotlaridan foydalanildi. Jadval ma’lumotlarining tahlili shuni ko’rsatmoqda 2016 yilda “A” korxonasining mahsulotni sotishdan sof tushumi 105600136 ming sum, “B” firmasining sof tushumi 44966892 ming sumni tashkil qilgan. SHu davrda bu korxonalarning soliq to’lovlari bo’yicha harajatlari mos ravishda 2215353 ming sum, 5474339 ming sum bo’lgan. Boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha ajratmalar “A” korxonasi 5776632 ming sum, “B” korxonasi 2352159 ming sum bo’lib, soliq va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha harajatlar mos ravishda 7991985 ming sum, 7826498 ming sum bo’lgan. Respublikamizda xam korxona darajasida soliq yukini hisoblashda har xil ko’rsatkichlar qo’llaniladi.

Soliq yukini hisoblashda mahsulotni sotishdan sof tushum ko’rsatkichiga nisbatan aniqdash maqsadga muvofiq deb hisoblaymiz. CHunki bu ko’rsatkichga nisbatan soliq yuki darajasini aniqlash, xo’jalik yurituvchi sub’ekt sof tushumining qancha foizi soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar sifatida harajatlarga olib borishni harakterlaydi.

Korxonalarda “soliq yuki” ko’rsatkichini quyidagi ikki ko’rsatkich bilan ifodalash maqsadga muvofiq: sof soliq yuki va yalpi soliq yuki.

Sof soliq yuki - bu soliq harajatlarini mahsulot(ishlar, xizmatlarni)larni sotishdan sof tushumga nisbatidir.

Yalpi soliq yuki - bu soliq va boshqa majburiy to’lovlarga ajratmalar summasini mahsulot(ishlar, xizmatlarni)larni sotishdan sof tushumga nisbatidir.


  1. Sof soliq yuki quyidagi formula bilan hisoblanadi:

SSYu=SX x 100 / ST

Bu yerda:

SSYu- sof soliq yuki;

SX-soliq harajatlari (hisoblangan soliq summasi);

ST- mahsulot(ishlar, xizmatlarni)larni sotishdan sof tushum.

Ushbu formulalar asosida soliq yuki ko’rsatkichining tahlilini kurib chiqamiz. Bizning hisob kitoblarimizda “A” korxonasida:

=2215353 x 100 / 105600136 = 2,1 foiz

«B» firmasida

5474339 x 100 / 44966892 = 12,2 foiz

Yuqoridagi hisob kitoblardan quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin, sof soliq yuki ko’rsatkichi “A” korxonasida - 2,1 foiz, “B” firmasida 12,2 foizni tashkil etgan.



  1. Yalpi soliq yuki quyidagi formula bilan hisoblanadi:

YaSYu=(SX+MT) x 100 / ST

Bu yerda:

SSYu - yalpi soliq yuki;

MT - majburiy to’lovlar ajratmalar summasi;

SX - soliq harajatlari (hisoblangan soliq summasi);

ST - mahsulot (ishlar, xizmat)larni sotishdan sof tushumi;

Bizning ma’lumotlarimiz asosida “A” korxonasida:

7991985 x 100 / 105600136 = 7,6;

“B” firmasida:

7826498 x 100 / 44921106 = 17,4 foiz.

Hisob-kitoblar shuni ko’rsatmoqdaki, yalpi soliq yuki “A” korxonasida sof tushumiga nisbatan - 7,6 foiz, “B” firmasida 17,4 foizni tashkil qilgan.

Yuqoridagi jadvaldagi ma’lumotlarda amaliyotchi buxgalterlar tomonidan qilingan hisob - kitoblarni kurib chiqdik. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni soliq yukini hisoblashda korxonaga yuk bulmaydigan soliq turlari bo’yicha hisoblangan summalar chiqariladi. Jumladan, jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig’i, aktsiz solig’i, ko’shilgan kiymat soliqdar bo’yicha summalar. Yuqoridagilarni hisobga olgan holda quyidagi



  1. jadval to’zildi va tahlil amallar bajarildi.

2018 yilda “A” korxonasi va “B” firmasida sof va yalpi soliq yuki ko’rsatkichlarining tax,lili




Ko’rsatkichlar

“A” korxonasi

“B” korxonasi

1.

Max,sulot sotishdan sof tushum

105600136

44966892

2.

Foyda solig’i

110460

223640

3.

Obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani

-

158435

4.

Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq

41438

6292

5.

Mol-mulk solig’i

-

228123

6.

Er solig’i

437082

176776

7.

Boshqa soliqlar

3222

22068

8.

Soliqlar bo’yicha harajatlar

592202

815334

9.

Sof soliq yuki

0,6

1,8

10.

Yo’l jamgarmasiga majburiy ajratma

147802

629536

11.

Pensiya jamgarmasiga majburiy ajratma

1689602

719470

12.

Ta’lim jamgarmasiga majburiy ajratma

528001

224834

13.

Yagona ijtimoiy to’lov

2080627

597986

14.

Import bo’yicha bojxona boji

-

-

15.

Max,alliy yigimlar

-

-

16.

Majburiy to’lovlar

5776632

2352159





Taxdil natijalari shuni ko’rsatmoqdaki, “A” korxonasida sof soliq yuki 0,6 foizni tashkil qilib, 2-jadvaldagi ko’rsatkichdan 1,5 (2,1-0,6) punktga kam, xuddi shunday uolat “B” firmasida 1,8 foiz yoki 10,4 (12,2-1,8) punktga pasaygan va mos ravishda 6,03 foiz, 7,04 foizni tashkil qilgan.

Yuqoridagilarga asosan xo’jalik yurituvchi sub’ekt darajasida soliq yuki ko’rsatkichini hisoblashni osonlashtiradi va uning korxona moliyaviy uolatiga ta’sirini ob’ektiv baholash imkonini beradi degan xulosa qilish mumkin.

Asosiy tanch tushunchalar

Soliq tizimi, soliq siyosati, ko’shilgan kiymat solig’i, aktsiz solig’i, yer solig’i, soliq imtiyozi, soliq yuki, yalpi soliq yuki, sof soliq yuki, soliq stavkasi, soliq bazasi, soliq majburiyati, foyda solig’i.

Takrorlash uchun savol va topshiriklar



  1. Soliqlar va majburiy to’lovlarning iqtisodiy axamiyati.

  2. Soliq tizimini islox qilishdan ko’zlangan asosiy maqsadlar?

  3. O’zbekistan Respublikasida soliq siyosati va uning o’ziga xos xususiyatlari.

  4. Soliq imtiyozlari rag’batlantirish va samarali qo’llanilinili- shining ko’rsatkichlari?

  5. Korxonalarda soliqlar va majburiy to’lovlar hisob-kitoblarini tashkil qilish masalalari.

  6. Korxonalardan soliq majburiyatlarini o’z vaqtida va tulik hajmda bajarishi uchun qanday vazifalarni bajarish talab etiladi?

  7. Korxonada soliq yuki darajasini belgilab beruvchi omillar.

Soliq yuki ko’rsatkichi va uni hisoblash usullari.
Download 41.08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling