1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari (2 soat)


Korxonani tashkil qilish tamoyillari


Download 71.3 Kb.
bet4/13
Sana13.11.2023
Hajmi71.3 Kb.
#1771485
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-mavzu. Korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllari (2 soat)-fayllar.org

Korxonani tashkil qilish tamoyillari
YAngi korxonani tashkil kilish kuyidagi tashkiliy tamoyillar asosida amalga oshiriladi:
  • korxonani tashkil kilish fikrining paydo bo‘lishi;


  • korxona ta’sischilarini tanlash;


  • taklif kilinayotgan maxsulotga bozordagi talabni o‘rganish;


  • korxona nizom jamg‘armasini tuzish uchun moliya manbalarini aniklash;


  • korxonaning ta’sis xujjatlari va biznes-rejasini tayyorlash;


  • davlat ro‘yxatidan o‘tish;


  • muxr, shtamp va boshka rekvizitlarni tayyorlash;


  • solik idoralarida ro‘yxatdan o‘tish.


O‘zbekiston Respublikasining "Korxonalar to‘g‘risida"gi konuniga asosan, korxonalar mulk egasi yoki u tayinlagan vakillik idorasi, mexnat jamoasi yoki ta’sischilarguruxining qarori bo‘yicha belgilangan konun-koidalarga asosan tashkil kilinishi mumkin.


Korxona joriy va xisob-kitob rakamlari ochish va ular to‘g‘risidagi xolatlarni tasdiklash xukukiga ega bo‘lgan, mustakil xukukiy shaxs makomidagi sho‘ba korxonalari, filiallar, vakolatxonalar, bo‘lim va boshka tashkiliy bo‘linmalarni tashkil kilishi mumkin.
Korxona konun xujjatlarida belgilab ko‘yilgan tartibda maxsus davlat idoralaridan ro‘yxatga olingan kundan boshlab tashkil kilingan xisoblanadi va xukukiy makomga ega bo‘ladi.
YAngi korxona tashkil kilishdan asosan kuyidagi maqsadlar ko‘zlanadi:
  • iste’molchilar talab kilayotgan maxsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish va uni sotishdan foyda olish;


  • ishlab chiqarishga ish bilan band bo‘lmagan axolini jalb kilish va shu orkali ish bilan ta’minlashdagi ijtimoiy muammolarni xal kilish;


  • ishlab chiqarishga mavjud ko‘shimcha resurslarni jalb kilish;


  • fan-texnika yutuklaridan foydalangan xolda yangi sanoat maxsulotlarini ishlab chiqarish;


  • yakka tarzda yoki xamkorlikda faoliyat yuritish uchun kichik korxona tashkil kiluvchi aloxida fukarolar yoki shaxslar guruxi a’zolarining shaxsiy extiyojlarini kondirish


  • ishlab chiqarishni mustaxkamlash va rivojlantirish xamda bozor muxitini kengaytirish.


Ta’sis xujjatlarini tayyorlash korxonani tashkil etish va keyingi faoliyat yuritish jarayonidagi muxim boskichlardan biri xisoblanadi. Ta’sis xujjatlari faoliyat yurituvchi korxonalarning xukuk va majburiyatlarini xamda sharoitlarini ifodalaydi.


Korxonalar faoliyatini tartibga soluvchi konun xujjatlarida ikki xil ta’sis xujjatlari belgilab berilgan:
1.Korxona Nizomi;
2.Ta’sis shartnomasi.



Download 71.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling