1-mavzu. Kreditlarning iqtisodiy tahlildagi oʻrni
Download 440.71 Kb.
|
1-mavzu.Kreditlarning iqtisodiy tahlildagi oʻrni
1-mavzu.Kreditlarning iqtisodiy tahlildagi oʻrni Iqtisodiy tahlilning fan sifatida shakllanishi va rivojlanishi Rеspublikаmizdа iqtisоdiyotni yanаdа rivоjlаntiriish vа libеrаllаshtirish shаrоitidа iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ekt o‘z tasarrufidagi barcha resurslar – moliyaviy, moddiy va mehnat resurslari harakati hamda ulardan foydalanish samaradorligini to‘g‘ri boshqarishni ta’minlashi zarur bo‘ladi. Zero, iqtisodiyot oldiga qo‘yilgan vazifalardan biri – bu uni samaradorligini ko‘tarishdan iborat. Iqtisodiy tahlilning maqsadi hozirgi sharoitda faoliyat ko‘rsatayotgan barcha firma va korxonalar xo‘jalik faoliyatini ularni boshqaruvchilarga yoqqol ko‘rsatib berishdan, kamchiliklarni ochib tashlashdan, ichki imkoniyatlarni (rezervlarni) ishga soladigan chora-tadbirlarni ishlab chiqarishdan iboratdir. Bu jarayonda tahlil qilinayotgan ob’ektning moliyaviy barqarorligiga, uning raqobatbardoshligiga, moliyaviy va iqtisodiy potensialidan qanday foydalanayotganligiga ham ob’ektiv baho beriladi. Bularning hammasi oxir oqibatda tahlil faniga, uning nazariy asosiga, xususan bozorli iqtisodiyot sharoitida to’tgan o‘rni va roliga alohida tuxtalishni taqozo qildi. Xo‘jalik faoliyatini iqtisodiy tahlil qilish fani ko‘p asrlik tarixga ega bo‘lgan buxgalteriya hisobi va statistika kabi fanlar asosida vujudga kelgan, bu uchun esa ob’ektiv shart-sharoitlar yaratilgan. Korxonalarni to‘g‘ri, oqilona boshqarish, uning moliyaviy holatini yaxshilash, raqobatbardoshlik quvvatini oshirish xo‘jalik faoliyatini chuqurroq o‘rganishni talab qildi. Bu esa buxgalteriya balansi va boshqa hisobotlarda ifodalangan ba’zi ko‘rsatkichlarga izoh berishni talab qildi. Bular esa o‘z navbatida hozirgi tahlil fanining vujudga kelishi uchun ob’ektiv asos bo‘lgan. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani mustaqil fan sifatida shakllangunga qadar o‘ziga xos tarixga va bir qancha nomlarga ega bo‘ldi. Iqtisodiy tahlilning vujudga kelish tarixi, bu bo‘yicha nashr qilingan adabiyotlar, uning fan sifatida shakllanishi va nomining ham takomillashib borganligidan dalolat beradi. Shunday qilib tahlil fani vujudga kelguncha bir qancha evolyusion yo‘lni bosib o‘tdi. Nihoyat u fan sifatida shakllandi. Endigi vazifa bu fanga to‘g‘ri nom tanlashdan iborat edi. Bu borada ancha ijodiy tortishuvlar ham bo‘ldi. Bir guruh olimlar bu fanning nomini «Iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya qildilar1. Bunda ushbu fan korxonaning butun iqtisodini o‘rgatadi, deb asosladilar. Ikkinchi gurux olimlar esa ushbu fanning nomini «Sosial-iqtisodiy tahlil» deb atashni tavsiya qildilar. Shu tufayli ushbu fan iqtisodiy jarayonlarni ijtimoiy (sosial) jarayondan ajratib bo‘lmaydi, deb o‘rganadi. Xo‘jalik faoliyatini tahlil qilish fani boshqa fanlar singari O‘zbekistonda ham o‘z tarixiga ega. Bu fan sobiq ittifoq tarkibidagi boshqa Respublikalar singari O‘zbekistonda ham uning tarkibida shakllandi O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgach, o‘ziga xos va mos bozor iqtisodiyotiga asoslangan taraqqiyot yo‘lini tanlab oldi. Bu esa olimlardan bozor iqtisodiyotiga oid adabiyotlarni yaratish vazifasini talab qiladi. 1991 yilda I. T. Abdukarimov, M. K. Pardaev va SH. U. Haydarovlar hamkorlikda «Yangi xo‘jalik yuritish sharoitida kooperativ savdoda daromadlar tahlili» risolasini chop etdi. Bundan tashqari A.X.Shoalimovning 1992 yilda «Sanoat korxonalari xo‘jalik faoloyatining tahlili» o‘quv qo‘llanmasi, 1993 yilda Z. N. Qurbonovning «Bozor iqtisodiyoti sharoitida savdoda buxgalteriya uchyoti va iqtisodiy tahlil» monografiyasi ham chop etildi. 1995—1999 yillarda O‘zbekistonda «Iqtisodiy tahlil» fanining asosiy sohasi bo‘lgan moliyaviy tahlilga bag‘ishlangan bir qancha adabiyotlar chop etildi. Bular jumlasiga M. Q. Pardaevning «Moliyaviy tahlil metodologiyasi» (Samarqand, 1997), A. Ibrohimovning «Moliyaviy tahlil» (T.: Mehnat, 1995) I. T. Abdukarimovning «Moliyaviy hisobotni o‘qish va tahlil qilish yo‘llari» (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998, ikkinchi nashri 1999 yilda), I.-O. Voljin va V. V. Ergashboevlarning «Moliyaviy tahlil» (T.: Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1998), M. Q. Pardaev va B. I. Isroilovlarning «Moliyaviy tahlil» (T.: «Iqtisodiyot va huquq dunyosi» nashr uyi, 1999) kabi kitoblarni kiritish mumkin. Hozirgi paytda juda ko‘p olimlar bu fanning nomini «Iqtisodiy tahlil» deb atamoqda. Xulosa qilib aytish mumkinki, respublikamizda iqtisodiy tahlil fanining ravnaqi o‘ziga xos tarixga ega. Bu fan borasida tegishli maktab shakllangan. Biroq, bu fanning ravnaqi, uning kelajagi oldinda. Download 440.71 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling