1-Mavzu: logistika fanining predmeti va vazifasi


Download 68.91 Kb.
bet1/6
Sana16.06.2023
Hajmi68.91 Kb.
#1510135
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu Logistika

1-Mavzu: LOGISTIKA FANINING PREDMETI VA VAZIFASI


Reja
1.Logistika tushunchasi
2.Logistikaning asosiy atamalari
3.Logistikaning rivojlanish bosqichlari

Logistika tushunchasi o’zinining tarixiga ega. Qadimgi greklar logistika deb hisob–kitoblarni amalga oshirish san’atini tushunishardi. Maxsus davlat nazoratchilarini logistlar deb atashardi. Qadimgi Rimda esa logistika deb mahsulotlar taqsimoti tushunilardi. Logistika yunonchadan tarjima qilinganda “hisoblash, taqsimlash” degan ma’nolarni anglatadi. Keyinchalik logistika atamasi harbiy qo’shinlarning joylashishi va harakatlanish amaliyotini tasniflash uchun ishlatila boshladi. Eramizning IX-X asrlarida yashagan Vizantiya imperatori Leon V o’zining harbiy ish bo’yicha kitobida «logistika» atamasini «front orti, qo’shinlarning ta’minoti» ma’nosida ishlatadi.


XIX asr boshida, Napoleon urushlari davrida logistikaga zahiralarni rejalashtirish, tashish va qo’shin ta’minotini boshqarish to’g’risidagi fan sifatida qaralardi.
Sankt-Peterburgda 1850 yilda nashr etilgan «harbiy ensiklopedik leksikon»ga asosan Rossiyada XIX asr o’rtalarida logistika deb qo’shinlarning dushman yaqinida ham, o’zagida ham harakatlanishini boshqarish va ularning front orti ta’minotini tashkil etish san’ati tushunilardi.
Harbiy logistikaning rivojlanishida yangi bosqich ikkinchi jahon urushi davomida vujudga keldi, bunda logistik qarashlar janglarni tayyorlash va rejalashtirishda keng qo’llanila boshladi.
XX asrning 50-yillarida, moddiy oqimlarni boshqarish masalalari harbiy logistikada qo’llaniladigan uslublar yordamida hal etilishi mumkinligi tan olindi.
XX asrning 70-yillari boshida turli mamlakatlar iqtisodiyotida logistik qarashlar keng qo’llanila boshlaydi.
Asta-sekin logistika va logistik boshqaruv tushunchalari turli shakllarga ega bo’ldi va ishlab chiqarish, hamda tovar almashinuvining turli xil tarmoqlariga kirib bordi.

Download 68.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling