1-Mavzu: logistika fanining predmeti va vazifasi


Logistika tushunchasini tasniflash


Download 68.91 Kb.
bet2/6
Sana16.06.2023
Hajmi68.91 Kb.
#1510135
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-Mavzu Logistika

Logistika tushunchasini tasniflashda bir nechta qarashlar mavjud. Ularning ko’pchiligi bu tushunchani moddiy oqim va axborot oqimi bilan bog’lashadi.Logistikaning barcha tasniflarini ikki guruhga ajratish mumkin.
Ulardan biri logistikani xo’jalik faoliyatining bir yo’nalishi sifatida tushuntiradi, u ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini boshqarishdan iborat.
Ikkinchisi – logistikani ilmiy yo’nalish sifatida o’rganadi, u moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarining samaradorligini oshirishning yangi imkoniyatlarini qidirish bilan to’g’ridan-to’g’ri bog’liq.
Adabiyotlarda logistikaga xo’jalik yuritishning ilmiy-amaliy yo’nalishi sifatida yondashish keng tarqalmoqda. Bu yondashish ishlab chiqarish va tovar almashinuvi sohalarida moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini samarali boshqarishdan iborat.
Rossiyada 1995 yilda nashr etilgan logistika bo’yicha ilmiy lug’atda, logistikaga quyidagicha tasnif beriladi:
«Logistika – ishlab chiqarish korxonasigacha xom ashyo va materiallarni yetkazib berish, xom ashyo, materiallarni, yarim tayyor mahsulotlarni qayta ishlash, tayyor mahsulotni iste’molchigacha yetkazib berish, hamda zarur ma’lumotni qayta ishlash, saqlash va jo’natish jarayonida bajariladigan tashish, saqlash hamda boshqa moddiy va nomoddiy operasiyalarni boshqarish va nazorat qilish to’g’risidagi fandir».
Yuqoridagilarni umumlashtirib logistikaga qisqaroq tasnif berish mumkin.
Logistika – moddiy, moliyaviy va axborot oqimlarini, ularning birinchi manbaidan to oxirgi iste’molchigacha bo’lgan harakatini boshqarish, nazorat qilish, rejalashtirish va tashkil etish to’g’risidagi fandir.




1-chizma. Logistikaning «inson-korxona (firma)-jamiyat-tabiat» tarzidagi murakkab tizimdagi aloqadorlik sxemasi.
Logistika jarayonining tarkibi. Korxonalarda logistik faoliyatning ikki jihati ajralib turadi.
Birinchisi sanoat injeniringi tushunchasi bilan bog’liq bo’lib, transport vositalari va omborlarni ishlatish, yuklash moslamalarini ishlatish va tanlash, qadoqlash usuli, axborot boshqaruv tizimlarining ishlash muammolarini yechadi.
Ikkinchi jihat moddiy oqimlarni makro va mikro darajalarda boshqarish va tashkil etishning o’ziga tegishli bo’lib, logistik tizimning amal qilish jarayonida har xil omillarning o’zaro ta’siri tahliliga asoslanadi.
Umuman, bozor iqtisodiyotida logistikaga korxona boshqaruvining bozorga yo’naltirilganligini ta’minlab beruvchi tizim sifatida qaraladi va shu orqali korxonaning iste’molchi bilan aloqalarni o’rnatish faoliyatining tarkibi aniqlanadi.
Shu sohada amalga oshiriladigan ishlarning asosiy yo’nalishlari quyidagilardir:

  • bozorni o’rganish va aniq turdagi mahsulotlarga bo’ladigan talabni bashorat qilish;

  • mahsulot ishlab chiqarilishi uchun zarur bo’lgan moddiy resurslarni xarid qilish, zahiralarning hajmi haqida qarorlar qabul qilish va zahiralarni boshqarish;

  • ishlab chiqarishda moddiy oqimlarni tashkil etish;

  • tovar taqsimotini tashkil etish: tayyor mahsulotni qadoqlash va tanlash, uni aniq manzilga tashish, iste’molchiga mahsulotni yetkazib berish, zarur bo’lgan xujjatlarni chizmaiylashtirish.




Download 68.91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling