1-Mavzu: logistika fanining predmeti va vazifasi
Bozor munosabatlarining rivojlanishiga logistikaning ta’siri
Download 68.91 Kb.
|
1-Mavzu Logistika
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari
Bozor munosabatlarining rivojlanishiga logistikaning ta’siri shunday baholanadiki, u mahsulot ishlab chiqarilishidan to uning iste’moligacha bo’ladigan moddiy oqimlarni tashkil etish va boshqarishga qo’yiladigan logistika talablari mahsulot yetkazuvchi bilan iste’molchi o’rtasidagi aloqalarning rivojlanishiga yordam beradi. O’zining iqtisodiy ko’rsatkichlarini yaxshilash maqsadida yetkazib beruvchi, ham hamkor – iste’molchi talablarini bajarishga, ham mahsulotni yetkazish bo’yicha shartnoma munosabatlari rivojlanishi uchun sharoitlarni yaxshilashga intiladi.
Logistik qarashlarga amal qilish va gorizontal aloqalarni rivojlantirib, korxonalar bir-biri bilan ta’sischilarga xizmat ko’rsatish jarayonida yetkazish sifatini oshirishda va mahsulotni eng kam xarajatlar bilan yetkazib borishda raqobatlashadi. Mahsulot bozorida raqobatbardoshlikni oshirishning mustahkam usuli bo’lib logistika hisoblanadi. Logistika talablarini bajarishning muhim sharti bo’lib mahsulotni tayyorlash, omborga joylashtirish, tushirish, yuklash va jo’natishga ketadigan xarajatlarni kamaytirish yo’llarini qidirish hisoblanadi. Transport-ombor amallariga ketadigan xarajatlarni kamaytirish ko’p hollarda raqobatda va bozor munosabatlari tizimida birinchilikni ta’minlaydi. Logistik boshqaruv mexanizmining rivojlanishi va tatbiq etilishi, doimo, moliyaviy zahiralarni va boshqa turdagi resurslarni jalb etish bilan bog’liq. Logistik tizimning hamma bo’g’inlarini ishlash samaradorligiga va bunda erishiladigan resurslar iqtisodiga umuman iqtisodiy islohotlarning samaradorligi, bozor munosabatlarining rivojlanishi bog’liqdir. Logistik amallar va xizmatlar xilma-xilligi xizmat ko’rsatish bo’yicha tashkilotlarning imkoniyatlarini sezilarli darajada kengaytirish imkonini beradi. Oldinlari faoliyat ko’rsatgan ulgurji savdo bazalari va tashkilotlari majmuiy xizmat ko’rsatuvchi vositachi tashkilotlarga aylanishmoqda, ular korxonalarga turli xil logistik xizmatlar ko’rsatishadi. Nazorat savollari: Logistika tushunchasining tarixi va rivojlanish bosqichlari. Logistika tushunchasining tasnifi. Logistika jihatlari. O’zbekiston iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o’tish sharoitida logistikaning tutgan o’rnini aniqlovchi omillar. Download 68.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling