1-mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotining maqsadlari va vazifalari (2 soat)


Maktabgacha ta’lim tashkilotining huquq va majburiyatlari


Download 31.66 Kb.
bet6/7
Sana10.11.2021
Hajmi31.66 Kb.
#173045
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Matn

1.3Maktabgacha ta’lim tashkilotining huquq va majburiyatlari

Maktabgacha ta’lim tashkiloti:

maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturi asosida o‘z ta’lim dasturini ishlab chiqishga;

bolaning qonuniy vakillari bilan tuzilgan shartnoma asosida maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturida nazarda tutilganidan tashqari qo‘shimcha pulli ta’lim xizmatlari ko‘rsatishga;

bolaning qonuniy vakillari bilan ta’lim va tarbiya borasida hamkorlikni amalga oshirishga haqli.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.

Maktabgacha ta’lim tashkiloti:

davlat maktabgacha ta’lim va tarbiya standarti talablariga mos keladigan maktabgacha ta’lim darajasini ta’minlashi;

bolalarning rivojlanishi, ta’lim va tarbiya olishi uchun xavfsiz shart-sharoitlar yaratishi;

bolaga ta’lim va tarbiya berish masalalari yuzasidan uning qonuniy vakillariga maslahat yordamini berishi;

bolaning hayotiga yoki sog‘lig‘iga tahdidlar, uning huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlari buzilganligi faktlari to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor qilishi shart.

Maktabgacha ta’lim tashkilotining zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin.




Download 31.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling