1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1
Download 178.61 Kb.
|
1-Mavzu Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarn-hozir.org
1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1 1-Mavzu: Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining va oilada bolalarni tasviriy san`at turlari bilan tanishtirish. Reja: 1. Maktabgacha tarbiya yoshdagi bolalarning oilada, bog’chada xar tamonlama tarbiyalanishida tasviriy faoliyatning ahamiyati. 2. Tasviriy faoliyat turlari: rasm chizish, loydan buyumlar yasash, applikatsiya, qurish va yasash. 3. Tasviriy faoliyatning boshqa tarbiyaviy faoliyat turlari orasida tutgan o’rni (o’yin, o’quv, mеhnat faoliyatlari). Tayanch so’z va iboralar: o’yin, o’quv, mеhnat faoliyatlari, obraz Rasm chizish, loydan buyumlar yasash va applikatsiya - bu tasviriy faoliyat turlari boiib, ularning asosiy vazifasi tevarak-atrofni obrazli aks ettirish hisoblanadi. Masalan, yozuvchining she’ri va rassoinning asari. Tasviriy faoliyat maktab yoshidagi bolalarni har tomonlama tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Tasviriy faoliyat bolalarni ongli tomondan taibiyalashda katta ahamiyat kasb etadi. Birorta predmetni chizish yoki yasash uchun albatta u bilan oldindan tanishish yoki kuzatib chiqish, uning shakli, katta-ki- chikligini, qismlarning joylashishi, rangini bilish kerak boiadi. Bu jarayonda ko‘rish, sezish, qo‘l harakatlari ishtirok etmay qolmay- di. Bolalar predmet va hodisalarni kuzatish va ko‘rib chiqish ja- rayonida predmetni katta-kichik gurulilarga boiib, uning shaklini o‘zgartirib, rangini turli-tumanligi bilan tasvirlaydilar. Shuningdek, tasviriy faoliyat jarayonida bolalar turli xil material (qog‘oz, bo‘r, bo‘yoqlar) bilan ularning o‘ziga xos xususiyatlari, ular bilan ish- lash texnikasi bilan tanishadilar, bu esa bolalarning aqlan o‘sishiga sabab boiadi. Tasviriy faoliyat jarayonida bolalarda fikr yuri- tish operatsiyalari (tahlil, sintez, taqqoslash umumlashtirish)ning rivojlanishiga imkon beradi, bu, o‘z navbatida, bolalarning oqilo- na o‘sishiga olib keladi. Bu jarayonda bolalarning nutqi rivojlanadi. Sensor tarbiyani amalga oshirishda tasviriy faoliyatning ahamiya- ti katta. Chunki bolalar predmetlar bilan uzviy bogianadilar, ularning o‘ziga xos sifatlari, shakli, rangi bilan, katta-kichikligi bilan tanishadilar, ularning farqini, o‘xshashligini aniqlaydilar, bu esa bolalarni sensor tarbiyalashga, ko‘rgazmali, obrazli fikr yuritishga imkon beradi. Tasviriy faoliyat bolalarni axloqiy jihatdan tarbiya- laydi. Chunki bolalar o‘z ishlarida bizning hayotimizda, jamiyat- da boiayotgan voqea-hodisalarni aks ettiradilar, ulardan mamnun boiadilar, hayajonlanadilar. Download 178.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling