1-Mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalar tarbiyasi va rivojlanishi. Reja


Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli


Download 25.22 Kb.
bet3/5
Sana03.11.2023
Hajmi25.22 Kb.
#1743035
1   2   3   4   5
Bog'liq
1. Ma\'ruza

Bola shaxsining rivojlanishida tarbiyaning roli
“Shaxs” deganda kishining ijtimoiy mohiyati tushuniladi. “Shaxs” tushunchasi o‘z ichiga har xil ta’sirlar va ijtimoiy muhit ta’sirida shakllangan xususiyatlar, sifatlar yig’indisini oladi. Pedagogika fani kishi shaxsining shakllanishida kishilar bilan munosabatda bo‘lishning ahamiyati kata ekanligini ko‘rsatadi.
Muhitning ta’siri to‘g’risida gap ketganda, avvalo ijtimoiy muhit e’tiborga olinadi, chunki ijtimoiy muhit tushunchasiga shaxs yashayotgan jamiyatdagi moddiy sharoit, uning iqtisodiyoti, ijtimoiy va davlat tuzumi, ishlab chiqarish munosabatlari sistemasi va kishilarning shular bilan belgilangan turmush tarsi kiradi.
Kishi shaxsining shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy ijtimoiy omillarga: xalq maorifining barcha bo‘g’inlarini o‘z ichiga oluvchi hamma o‘quv-tarbiya muassalari, maktabdan tashqari, madaniy-ma’rifiy muassasalar, ijtimoiy tashkilotlar, axborotni tarqatish ommaviy vositalari va oila kiradi.
Inson ijtimoiy muhitning mahsulidir. Bu muhit o‘zgarishi bilan insonda ham o‘zgarishlar yuz beradi. Inson shaxsida uning o‘zi yashab turgan ijtimoiy muhit, ya’ni uning hayot sharoiti, qaysi sinfga mansubligi va hokazolar aks etadi. Ijtimoiy sharoit tubdan o‘zgarsa, kishining ma’naviy qiyofasi ham butunlay o‘zgaradi.
Insonning ijtimoiylashishi, jamiyatga kirib kelishi oiladan boshlanadi. Kishi shaxsining shakllanishida oilaning roli benihoya kattadir. Oila kishida dastlabki ijtimoiy va axloqiy tasavvurlarning, xarakterning shakllanishi uchun shart-sharoit yaratadi, hissiy sohaning rivojlanishiga ta’sir etadi. Bolaning oilada tutgan o‘rni shu oilada nechta bola tarbiyalanishiga ham bog’liq. Bolani qurshab turgan kattalar uning hayotini saqlash sog’ligini mustahkamlash, uni noxush ta’sirlardan himoya qilish, teverak-atrofdagilari bilan munosabatda bo‘lishi haqida g’amxo‘rlik qiladilar.
Bola maktabga borishi bilan uning ijtimoiy aloqasi ancha tezlashadi. Maktabda bola sinfdagi o‘rtoqlari, bolalar va yoshlar tashkilotlari, o‘qituvchilar jamoasi va tarbiyachilar bilan muomalaga kirishadi. Shu bilan bir vaqtda bolaning maktabdan tashqari munosabatlari doirasi ham kehgayadi. Bu vaqtda endi teatr, muzey, kinoteatr, kutubxonalar kabi madaniyat o‘choqlari bolaning ma’naviy dunyosi shakllanishida ijobiy ta’sir ko‘rsatadi va uning shaxsiy qiziqishlarini uyg’otadi. Bola maktabdoshlari, ota-onalari bilan jumhuriyatimizning turli joylarida yoki boshqa davlatlarda bo‘ladi, bular bolada kata taassurot qoldiradi.
Bola maktabga borgandan keyin ham oilaning ta’siri bola shaxsining shakllanishida muhim o‘rnini egallaydi. Bola dunyoqarashining shakllanishida oiladagi umumiy axloqiy mihit ota-onalarning g’oyaviy e’tiqodi, ijtimoiy faolligi, mehnatga munosabati kata ta’sir ko‘rsatadi. Agar oilada nosog’lom axloqiy muhit hukm sursa, maktabda berilgan ta’lim bilan oilaviy ta’sir o‘rtasida, bolaning dunyoqarashida qarama-qarshilik yuzaga keladi. Bu vaqtda maktab oilaga, bolaning ongiga ta'sir e’ishda yetakchi rol o‘ynashi, uning hayot yo‘lini tanlab olishida unga yordam berishi lozim.
Kishi shaxsi uning butun hayoti davomida shakllanib boradi, ammo mustaqil mehnat faoliyatiga o‘tgan vaqtda uning xarakteridagi asosiy xususiyatlar tarkib topgan bo‘ladi. Mehnat jamoasida bir necha yil ishlagandan keyin u ishlab chiqarishda yosh kadrlarga murabbiylik qilishi, oilaviy turmush qurgandan keyin dunyoqarashida ham o‘zgarishlar yuz beradi. Endi u to‘plagan va idrok etilgan hayotiy tajribani yosh avlodga o‘rgata boshlaydi.
Demak, inson shaxs sifatida tabiat in’om etgan hamda tarbiya va ijtimoiy shakllanish sharoitlariga qarab muayyan tarzda rivojlangan iste’dodlar hamda uning butun hayoti davomida atrofdagi voqe’lik bilan o‘zaro aloqasi vositasida hosil bo‘lgan xususiyat va xislatlarning murakkab majmuidan iboratdir. Natijada har bir kishining shaxsiyatida unga muayyan jamiyatning vakiliga, uning ijtimoiy guruhiga xos ijtimoillashtirilgan xususiyatlar hamda shaxs sifatida unga mansub bo‘lgan o‘ziga xos psixologik xususiyatlar bo‘lishi mumkin. Bu xususiyatlar esa barcha tashqi omillarning shaxsga ta’siri natijasida yuzaga keladi va uning o‘ziga xos xulq-atvoriga namoyon bo‘ladi.

Download 25.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling