1-mavzu: Maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter savodxonligi Reja: «Bolalar bog‘chasida boshlang‘ich kompyuter savodxonligi»


Kompyuterda ishlash sanitariya-gigiena talablari


Download 11.36 Kb.
bet4/5
Sana03.12.2023
Hajmi11.36 Kb.
#1800211
1   2   3   4   5
Bog'liq
1-mavzu Maktabgacha yoshdagi bolalarning kompyuter savodxonligi-fayllar.org

Kompyuterda ishlash sanitariya-gigiena talablari
Kompyuterda ishlayotganda ish o‘rnini noto‘g‘ri tashkil etish ham insonning salomatligiga: ko‘zi, qon aylanish tizimi va bosh miya faoliyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Bunday noxush holatlarning oldini olish uchun quyidagi talablarga rioya qilishingiz shart:



  • Quyosh nuri ish stoliga chap tomondan tushishi, monitorga esa tik tushmasligi lozim;


  • Ko‘zingiz va monitor orasidagi masofa 40–75 santimetr oralig‘ida bo‘lishi lozim;


  • Toza va quruq qo‘llar bilan klaviatura va sichqonchani ishlating;


  • Kompyuter stolida ovqatlanmang va unga boshqa begona narsalarni qo‘ymang;


  • Kompyuterda har 20–30 minut ishlagandan so‘ng 2-3 minut davomida ko‘zga dam berish (monitordan ko‘zni olib, uzoqda turgan narsalarga qarash) yoki engil jismoniy mashlarini o‘tirib bajarish tavsiya etiladi;


  • Bir kunda kompyuterda 180 minutdan ko‘p ishlamaslik lozim;


  • Kompyuterda ishlash paytida gavdani tik tutib, ish stolidan 15-16 santimetr uzoqlikda, ko‘z nigohingiz monitorning markaziga tushadigan qilib stulga o‘tirish lozim;


  • Kompyuter turgan xonani doimo toza va ozoda saqlash va tez–tez shamollatib turishi kerak;


  • Xonadagi havo harorati o‘rtacha 20–24 gradus bo‘lishi lozim.

1.2-rasm 1.3-rasm.


3.Hisoblash texnikasining yaratilishi va rivojlanish tarixi
Qadim zamonlardan boshlab insonlar hisoblash ishlarini yengillashtirishga harakat qilishgan. Ular dastlab hisoblash quroli sifatida qo‘l barmoqlaridan foydalanishgan. Keyinchalik hisoblashlarni yog‘och tayoqchalari orqali bajarishgan. Sharq mamlakatlarida hisoblash ishlarini bajarish uchun abak uskunasidan foydalanishgan.

1642-yilda fransuz olimi Blez Paskal tomonidan mexanik hisoblash mashinasi yaratildi.


XIX asrda Charlz Bebbidj tomonidan murakkab masalalarni yechadigan mashinalarning paydo bo‘lishiga asos soldi. Bu mashinalarning xotirasi sanoq g‘ildiraklari to‘plami tarzida tuzilgan, dasturni esa perfokartalarga kiritish ko‘zda tutilgan. O‘sha davrda yetarli darajada texnika rivojlanmaganligi bois, Bebbidj bu ajoyib mashina yaratilishini oxirigacha yetkaza olmagan, lekin uning g‘oyasi XX asrda elektron hisoblash mashinalarida o‘zining amaliy yechimini topdi.
1940-yilda amerikalik muhandis Aytken yaratgan hisoblash mashi­nasi arifmometr bilan ishlaydigan 20 ta operator o‘rnini bosa oladigan bo‘lib, katta zalga joylashgan va ko‘p miqdorda elektr energiyasi iste’mol qilar edi. Bu mashina bilan elektromagnit bazasida mashinalar yaratish imkoniyati uzil-kesil hal bo‘lgan edi.
Elektron lampali hisoblash mashinasini yaratishga birinchi marta amerikalik muhandis J. Atanasov urinib ko‘rgan. Pensilvaniya universiteti olimlari J.Mouchli va J.Presner Ekkert loyihasi asosida 1946-yilda «ENIAK» nomli Elektron hisoblash mashinasi yaratishdi. Bu tarixda eng katta elektron hisoblash mashinasi bo‘lib, og‘irligi 30 tonnani tashkil qilgan, 36 kv.metr maydonni egallagan va 18000 ming vakuum idishlarini o‘zida saqlagan.
EHM laming rivojlanish taraqqiyoti avlodlarga bo‘linib, har bir avlod mashinalari jihozlarining parametrlari, elementlarining tayyorlanish texnologiyasi va hal etiladigan masalalar dasturi bilan ajralib turadi.
Birinchi avlod mashinalari 50-yillarda ishlab chiqarilgan bo‘lib, asosan elektr lampalardan tashkil topgan. Bu EHMlar katta miqdorda elektr energiyani talab qilgan va ko‘p joyni egallagan. Bu mashinalarning amallarni bajarish tezligi past, xotira sig‘imi kichik bo‘lib, tez-tez ishdan chiqib turgan (1-rasm).


Download 11.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling