4-sinf odobnoma fanidan pisa test (10+5) O`zbekistonda bayramlarning eng ulug`i qaysi javobda aks etgan?


Download 5.18 Mb.
Sana14.08.2023
Hajmi5.18 Mb.
#1666984
Bog'liq
2 5379741271780753842


4-SINF ODOBNOMA FANIDAN PISA TEST (10+5)
1.O`zbekistonda bayramlarning eng ulug`i qaysi javobda aks etgan?
A)Navro`zi olam B)Onajonlar bayrami C)Mustaqillik bayrami D)Yangi yil
2.Qaysi mutafakkirni o`zbek adabiy tilining asoschisi sifatida taniymiz?
A)Bobur B) Alisher Navoiy C)Islom Karimov D)Ustozlar

3.O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 41-moddasi nima haqida?
A) Har kim bilim olish huquqiga egaligi haqida
B) Har kim fermer xo`jaligini tashkil etishi mumkinligi haqida C) Har kim bayram kunlari ishlamaslik huquqiga egaligi haqida
D) Har kim kasb tanlash huquqiga ega ekanligi haqida

4.Qaysi qushni biz tinchlik qushi deb e’tirof etamiz?
A)Qaldirg`och B)Humo C)Bulbul D)Kabutar


5.Buyuk ajdodlarimizdan biri Kamoliddin Behzodning kulbalariga hazrat Alisher Navoiy tashrif buyuradi.Uning yaratgan asarlarini ko`rib lol bo`ladi.Aytingchi, Kamoliddin Behzod kim edi va Navoiy uning uyida ko`rganlari nima edi?
A)Kulol,ko`zalar B)Zargar,taqinchoqlar C)Naqqosh,naqshlar D)Musavvir,tasvirlar

6.O`zbek maqom san’atining rivojlanishiga ulkan hissa qo`shgan buyuk san’atkor kim edi?
A)Muxtor Ashrafiy B)Yunus Rajabiy C)Mutal Burhnov D)Betxoven

7.Odobnoma kitobidagi mavzularda bir narsa haqida ko`p gapirilgan.
Uni asrash kerakligi, uning bebaho ne’mat ekanligi haqida uqtiriladi.U nima?
A)Sog`liq B)Kuch-qudrat C)Tinchlik D)Milliy qadriyatlar

8.Vatanimiz shaharlaridan qaysi biri “non shahri” degan nomga ega bo`lgan?
A)Toshkent B)Samarqand C)Buxoro D) Kesh


9.Oynai jahonda biz farzandlar uchun tarbiya berishga xizmat qilib kelayotgan mashhur ko`rsatuvni toping.
A) Buvijonlar nasihati – jonning rohati
B) Otalar so`zi – aqlning ko`zi
C) Shifokor tavsiyasi – sog`liq garovi
D) Tadbirkor – elga madadkor

10.Miraziz A’zamning kasblar haqidagi she’rida ertalab qushlardan ham oldin uyg`onadi deb ta’riflangan kasb egalari kimlar?
A) Novvoylar B) Chevarlar C) Oshpazlar D)O`t o`chiruvchilar

11.Quyida berilgan hikmatlar qaysi allomaga tegishli:
O`quv qayda bo`lsa, ulug`lik bo`lur, Bilim qayda bo`lsa, buyuklik bo`lur.
12.Mamlakatimizdan bir qancha musulmonlar ulug` haj safariga qaysi shaharlarga borishadi?
13.Yurtimizni rivojlantirish maqsadida ishlab chiqilgan Harakatlar strategiyasi nechta ustivor yo`nalishdan iborat?
14.Prezidentimiz ko`rsatmalariga ko`ra sobiq Kamolot yoshlar ijtimoiy harakati o`rniga qanday tashkilot barpo etildi?
15.Ushbu xalq maqolini davom ettiring:”Yaxshi so’z – jon ozig`I, . . .

JAVOBLAR


savol

1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

javob

C

B

A

D

D

B

C

A

B

A

11. Yusuf Xos Hojib


12. Makka va Madina
13. Beshta ustuvor yo`nalish
14. Yoshlar ittifoqi
15. yomon so`z – bosh qozig`i.
Download 5.18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling