1-mavzu: Ma’naviyat – beqiyos kuch


-mavzu:Fuqarolik jamiyatida inson ma’naviyati


Download 1.33 Mb.
bet49/59
Sana28.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1013453
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59
Bog'liq
1-mavzu Ma’naviyat – beqiyos kuch

6-mavzu:Fuqarolik jamiyatida inson ma’naviyati
Reja:
1.Fuqarolik jamiyati
2.Inson ma’naviyati
Tadbirkor sharbat ishlab chiqaradi. U mas’uliyatni his qilgan holda odamlarning sog‘lig‘iga ziyon yetkazmaydigan, sara mahsulotlardan foydalanadi. Insonlar sog‘lig‘ini o‘ylab barcha sanitariya gigiyena va boshqa tartib-qoidalarga rioya qiladi. Yaroqlilik muddatini ham qo‘yadi. To‘g‘ri, bu vazifalarini nazorat qilib turadigan davlat tashkilotlari ham bor, ammo tadbirkor o‘zining jamiyat oldidagi mas’uliyatini his qilgan holda o‘z ishiga sidqidildan, vijdonan yondashadi.
Fuqaro mas’uliyati — jamiyatning axloqiy talablarini kundalik faoliyatida qo‘llay bilish, ularga rioya etish yoki etmaslik tushuniladi. Bu tushuncha fuqarolar huquq va majburiyatlarining o‘zaro uyg‘unligini ifodalaydi. Inson o‘z burchini anglagani sari uning zimmasida mas’uliyat hissi ortib boradi. Qachonki inson oilasi oldidagi burchni anglab yetsa, u jamiyat oldida mas’ulligini tushunadi. Qachon inson jamiyat oldidagi burchini anglasa, unda shaxsiy daxldorlik hissi paydo bo‘ladi. Fuqaro daxldorligi — biror-bir faoliyatga, jarayonga aloqadorlik, sheriklikdir. Har bir fuqaro Vatan taqdiriga shaxsiy daxldorlik tuyg‘usi bilan yashasa, uning jamiyat oldidagi burchi va mas’uliyati ham kuchayib boradi. Daxldorlik hissi insonlarni birlashtiradi.
Shu nuqtai nazardan qaraganda, O‘zbekistonda 2017-2021-yillarga mo‘ljallangan Mamlakatimizni rivojlantirishning Harakatlar strategiyasida beshta ustuvor yo‘nalish belgilab berildi. Bular:
— Davlat va jamiyat qurilishini takomillashtirish;
— Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini
yanada isloh qilish;
— Iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirish;
— Ijtimoiy sohani rivojlantirish;
Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlash, chuqur o‘ylangan,
o‘zaro manfaatli va amaliy ruhdagi tashqi siyosat yuritish kabi masalalarni qamrab olgan.
Dars sabog‘i. Idrok eting! Dunyo faqat tog‘u-tosh lar, qir-u dalalar, bepoyon cho‘l-u sahrolardan tashkil topib, uning buyuk ijodkori odamzod yaratilmaganida, olam bunchalar go‘zal, hayot bunchalar zavqli bo‘lmas edi. Shunday ekan, biz yashayotgan kurrai zaminning yanada taraqqiy etib, gullab yashnashi faqat o‘zimizga, har birimizning o‘z maqomimizdagi bunyodkorlik ishlarimizga bevosita bog‘liqdir.
«Kimiki befoyda umrin o‘tkazdi, hech narsa olmasdan oltin ketkazdi».
1. Nima deb o‘ylaysiz? Harakatlar strategiyasini o‘z vaqtida va samarali amalga oshirish uchun
mamlakatimiz fuqarolarining shaxsiy daxdorligi qanday bo‘lishi kerak?
2. Mamlakatimizni yanada rivojlantirishda nima uchun fuqarolar mas’uliyatiga tayaniladi?
3. Oila, mahalla va davlat, jamiyat o‘rtasidagi daxldorlik mas’uliyati ro‘yxatini tuzing.

4. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida fuqarolarining burchlarini belgilab qo‘yilishidan qanday maqsadlar nazarda tutilgan, deb o‘ylaysiz?


5. Fuqarolarda daxldorlik tuyg‘usi shakllanmagan taqdirda jamiyatning taraqqiyotida qanday oqibatlar vujudga kelishi mumkin? Ushbu vaziyatni baholang. O‘quvchilar kelajagining o‘qituvchiga qanday daxli bor?
N. ismli o‘quvchi darsga tayyorgarliksiz keldi. O‘qituvchi uni sinf oldida izza qildi. N. esa: «Sizning nima haqingiz bor menga tanbeh bergani, mening ota-onam bor, xohlasam darsga qatnashaman, xohlamasam yo‘q», — deb javob berdi.
6. Qadriyatlar va daxldorlik tushunchalarining qanday bog‘liqligi bor?
O‘zbekiston Respublikasini himoya qilish — O‘zbekiston Respublikasi har bir fuqarosining burchidir. Fuqarolar qonunda belgilangan tartibda harbiy yoki muqobil xizmatni o‘tashga majburdirlar.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling