1-mavzu: Ma’naviyat – beqiyos kuch


-Mavzu:Ma’naviy xavfsizlik


Download 1.33 Mb.
bet52/59
Sana28.12.2022
Hajmi1.33 Mb.
#1013453
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59
Bog'liq
1-mavzu Ma’naviyat – beqiyos kuch

9-Mavzu:Ma’naviy xavfsizlik
Reja
1. Ma’naviy xavfsizlik. 2. Ma’naviyatga mafkuraviy tahdit


MA’NAVIY XAVFSIZLIKNI TA’MINLASH – HAYOTIY ZARURIYAT
Mamlakatimizda shakllantirilayotgan sog‘lom muhit milliy taraqqiyot imkoniyatlarini ta’minlashga xizmat qiladi. Davlatlar va xalqlarning achchiq tanazzul tajribasi shundan dalolat beradiki, millatning ma’naviy-ruhiy quvvati qanchalik mustahkam bo‘lsa, uning istiqboli ham shunchalik yuksak bo‘ladi. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev ta’kidlaganlaridek: "Dunyo shiddat bilan o‘zgarib, barqarorlik va xalqlarning mustahkam rivojlanishiga rahna soladigan turli yangi tahdid va xavflar paydo bo‘layotgan bugungi kunda ma’naviyat va ma’rifatga, axloqiy tarbiya, yoshlarning bilim olish, kamolga yetishiga intilishiga e’tibor qaratish har qachongidan muhim".
Jamiyat taraqqiyotini ta’minlashda ma’naviy omillarga e'tibor berishimiz lozimligi oldimizda turgan muhim masalalardan biridir. Shu sababli, bugungi insoniyat taraqqiyoti davrida hamda "Harakatlar strategiyasi" dasturiy vazifalari doirasida jamiyatda ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash hayotiy zaruriyat sifatida e’tiborlidir.
- Mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion kurashlar kuchayib borayotgan hozirgi murakkab va tahlikali davrda ma’naviy-ma’rifiy ishlarni yangi bosqichga ko‘tarish, yoshlarimizni turli mafkuraviy xurujlardan himoya qilish, yurtdoshlarimizning hayotga ongli munosabatini shakllantirish, yon-atrofda yuz berayotgan voqealarga daxldorlik hissini oshirish, mamlakatimiz mustaqilligi, tinch-osoyishta hayotimizga xavf tug‘dirishi mumkin bo‘lgan tajovuzlarga qarshi izchil manzilli kurash olib borish orqali ma’naviy xavfsizlikni ta’minlash vazifasi tobora dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.

Bugungi kunimizni modernizatsiya jarayoni va ommaviy axbоrot vositalarisiz tassavvur qilish qiyin.Ayniqsa, internet orqali qabul qilinadigan axbоrot bir muncha havf solayotgani hammamizga sir emas.Interenet kun sayin har bir tashkilot, ijtimoiy muassasa, o’quv yurtlari, xonadonimizga kirib kelmoqda.Respublikamizda internetdan foydalnuvchilar soni haddan tashqari yoshlar hisobida ortib bormoqda.


Umumjahon miqyosida olganda ham bu miqdorni sezish mumkin. Ko’pchilik yoshlar hayotiy tasavvurga etarlicha ega bo’lmasa-da, ammo axborot vositasiga aylanib qolmoqda. Bu taajjubsiz holatki, chunki yoshlar o’zlariga referat yoki kurs ishi izlab, musiqa eshitish, o’ziga yoqqan kitobni yuklab olish yoki forum mavzularini jonli mushohadalarida ishtirok etish orqali internetga kirib bomoqdalar.
Internet ta’lim olish, dam olish yoki do’stlar bilan muloqot qilishning ajoyib va foydali vositasi bo’lishi mumkin. Ammo hayotga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, tarmoq o’z o’rnida xavfdan ham xoli emas: uning ham o’ziga xos bezoriligi, jinoiy olami, zarari va nomaqbullik tomonlari mavjud. Virtual muloqot insonlarga, ayniqsa bolalarga zarar keltiruvchi manba bo’lib qolishi ham hech gap emas. Oxirgi paytlarda
Internetda ko’pgina tajovuzkor va ijtimoiy xavfli materiallar ko’payib bormoqda. Katta yoshdagilar bolalarni ushbu xavflardan asrash uchun internetdan foydalanishlariga e’tibor qaratishlari muhimdir.
Bugungi kunda axborot texnologiyalari shiddat bilan yoyilmoqda. Kompyuerdan faqat ishchi o’rinlarida emas, balki maishiy turmush masalalari, xonadonda va dam olishda ham keng foydalanilmoqda. Bular orasida shaxsiy kompyuterdan tashkilotlardan ko’ra xonadonda foydalanishi ko’p hajmni tashkil etmoqda.
Bu xalqaro an’anaga aylangan holat bo’lib, bizning mamlakatimizni ham chetlab o’tmaydi. Internet ma’lumotlari va unda tarqalayotgan ma’lumotlarning barchasi ham sifatli emas yoki o’z muallifligiga ega emas. Bunday holatlarda tog’ri xulosa chiqarish va internetdan to’g’ri foydalanish barchamizdan talab qilinadi.

Download 1.33 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   59




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling