Iqtisodiyotda informatsion kommunikatsion texnalogiyalar


Download 87.53 Kb.
bet1/3
Sana21.04.2023
Hajmi87.53 Kb.
#1369387
  1   2   3
Bog'liq
Irisbayev Aziz mustaqil ish


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
BANK ISHI FAKULTETI

ELEKTRON TIJORAT VA RAQAMLI IQTISODIYOT’
KAFEDRASI
IQTISODIYOTDA INFORMATSION – KOMMUNIKATSION
TEXNALOGIYALAR ” FANIDAN
MUSTAQIL ISH
MAVZU: INTERNET MADANIYATI HAQIDA TUSHUNCHA


Topshirdi : Irisbayev Azizbek
Tekshirdi : Davlatova Zamira
Toshkent -2023

Reja :


1 .Kirish
2. Asosiy qism:
2.1 Internetda ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish madaniyati
2.2 Internet orqali tarqatilayotgan ommaviy madaniyat.
3. Internetdagi xavf va undan xavfsiz foydalanish qoidalari
6.Xulosa.
Kirish
Interenet kun sayin har bir tashkilot, ijtimoiy muassasa, o’quv yurtlari, xonadonimizga kirib kelmoqda. Respublikamizda internetdan foydalnuvchilar soni hatdan tashqari yoshlar hisobida ortib bormoqda. Umumjahon miqyosida olganda ham bu miqdorni sezish mumkin. Ko’pchilik yoshlar hayotiy tasavvurga etarlicha ega bo’lmasa-da, ammo axborot vositasiga aylanib qolmoqda. Bu taajjubsiz holatki, chunki yoshlar o’zlariga referat yoki kurs ishi izlab, musiqa eshitish, o’ziga yoqqan kitobni sotib olish yoki forum mavzularini jonli mushohadalarida ishtirok etish orqali internetga kirib bomoqdalar.
Internet ta’lim olish, dam olish yoki do’stlar bilan muloqot qildishning ajoyib va foydalasi vositasi bo’lishi mumkin. Ammo hayotga real ko’z bilan qaraydigan bo’lsak, tarmoq o’z o’rnida xavfdan ham xoli emas: uning ham o’ziga xso bezoriligi, jinoiy olami, zarari va nomaqbullik tomonlari mavjud. Virtual muloqot insonlarga bolalarga zarar keltiruvchi manba bo’lib qolishi ham hech gap emas. Oxirgi paytlarda Internetda ko’pgina tajovuzkor va ijtimoiy xavfli materiallar paydo bo’lib qolmoqda.Katta yoshdagilar bolalarni ushbu xavflardan asrash uchun internetdan foydalanishlariga e’tibor qaratishlari muhimdir.Bugun dunyoning bir nuqtasida sodir bo`lgan voqea, yangilik xususida yetarli axborot olishimiz uchun atigi bir necha soniya kifoya. Monitor qarshisida sichqonchasimon moslamani boshqarib, istalgan mavzuda istalgan axborotni olish mumkin. Internet bir necha o`n yil ichida global tarmoqqa aylanib, nainki axborotlashgan jamiyatni yuzaga keltirdi, balki jahonda globallashuv jarayonining tezlashishida ham muhim omil bo`ldi.
Internet – insoniyat tafakkuri mahsuli. Ish stolimizda turgan kompyuterga shunchaki elektron qurilma sifatida qaray olmaymiz. Internet axborot olish, almashish va uzatishning eng samarali, qulay vositasidir. Uning multimediya (tasvir, ovoz, matn) xizmati va boshqa qator qulayliklari insoniyatni virtual olamga ohanrabodek tortmoqda.
Lekin masalaning ikkinchi, g`oyat e`tibortalab jihati ham bor. Ba`zi mamlakatlarda virtual olamga g`arq bo`lish oqibatida o`zining yoxud o`zgalarning joniga qasd qilish odatiy holga aylanayotgani ham sir emas. Yoki qator davlatlarda real hayotni virtual hayotga almashtirgan, ruhiy nosog`lom bemorlarni davolashga ixtisoslashgan shifoxonalar tashkil etilayotganini ham hech kim inkor etolmaydi.
Kompyuter xizmatlaridan foydalanish uchun vaqtini ham, pulini ham, alaloqibat salomatligini ham ayamaydiganlar safi tobora kengayib bormoqda. Bolg`a bilan uy qurish ham, boshni yorish ham mumkin. Bugun yoshlarimizning, ayniqsa, bolalar va o`smirlarning internetdan foydalanishini shu ikki holatning qay biriga qiyoslash to`g`ri bo`ladi?
Taassufki, so`nggi paytlarda ko`ngilni g`ash qiladigan bunday holatlar ko`p kuzatilmoqda
– Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda yoki ilmiy tadqiqotlari uchun zarur ma`lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat qilayotganlar bo`lsa, ikkinchi toifadagilar shunchaki qiziqishiga ko`ra, deylik, pornografik, tanishuv saytlariga kirib yoki onlayn o`yinlari bilan kun o`tkazish kayfiyatida bo`lganlardir.Virtual olam insonni manipulatsiya qilmoqda. Manipulatsiya – bu fikriy qaramlik orqali o`ziga bo`ysundirish demakdir. Hozir bolalar yoki o`smirlarning internet-kafeni “ikkinchi uyi”ga aylantirib olayotgani sir emas. Kuzatishlar shuni ko`rsatadiki, onlayn o`yinlarini o`ynovchilar ham asosan o`smirlardir. O`smirlik shaxsning fiziologik va ijtimoiy rivojlanishidagi o`ziga xos davr hisoblanadi. Agar shu davrda o`g`il yoki qiz agressiv ruhdagi onlayn o`yinlariga berilsa, bu noxush oqibatlarga olib kelishi ehtimoldan xoli emas.
Virtual olamda insonning vaqtni idrok qilish tizimi buziladi, ijtimoiy faolligi kamayadi. Kompyuter qarshisida vaqt o`tganini sezmay qolishning boisi ham shunda. Virtual vositalarning salbiy ta`siri ma`naviy-axloqiy tanazzul bilan chegaralanib qolmay, insonning immun tizimini susaytirmoqda, umurtqa pog`onasi va ko`z kasalliklarini keltirib chiqarmoqda.
– Bundan besh-o`n yil oldin uylar atrofidagi o`yin maydonchalari bolalar bilan gavjum bo`lar edi. Hozir esa bolalarni ko`proq har qadamda uchraydigan internet-kafelarda uchratasiz. Bolalar harakatli o`yinlardan ko`ra kompyuter o`yinlariga qiziqmoqda. Albatta, farzandlarimizning zamonaviy axborot texnologiyalariga doir bilim va ko`nikmalari erta shakllanib borayotgani quvonarli. Ammo bu ma`lum bir yo`qotishlarga sabab bo`layotganidan ham ko`z yumib bo`lmaydi.Biz talabalik chog`imizda kutubxonalarda kitob izlash bilan vaqtimiz o`tar edi. Bugungi talaba esa istagan adabiyotining elektron nusxasini internetdan topa oladi, ortiqcha vaqt va mehnat sarflamaydi. Bu tahsinga loyiq.Internetdan foydalanuvchilarni kuzatib, shunday xulosaga kelish mumkinki, internet shaxsda fikriy rivojlanishni, mushohada, tahlil qilish qobiliyatini, izlanuvchanlikni va xotirani susaytiradi. Biz va bizdan oldingi avlod vakillari Navoiyning, Fuzuliyning yuzlab satrlarini yod bilgan. Hozir esa to`rt qator satrni xotirasida saqlab qololmaydigan va shaxsiy kompyuterining xotirasiga suyanib qolgan, usiz umuman fikrlay olmaydigan yoshlar oz emas. Kompyuter, xususan, internet farzandlarimizni o`ylamay, fikrlamay yashashga o`rgatmayaptimikan, deya xavotirga tushasan kishi.Aksariyat yoshlarimizning internetga axborot manbai sifatida emas, ko`proq dam olish vositasi sifatida qarayotganidan dalolatdir. Yulduzlar hayoti, kino olami, tanishuv, pornografiyaga oid saytlar, mohiyati zo`ravonlikka, tajovuzkorlikka asoslangan o`yinlar hali shaxs sifatida shakllanib ulgurmagan bolalarimizni, yoshlarimizni virtual olam domiga tortib ketayotganiga qo`l qovushtirib qarab turmasligimiz lozim.
Shu o`rinda internet jodusidan qanday himoyalanmoq kerak, degan savol tug`iladi.
– Ilmiy saytga kirib, kerakli manbani o`qib turgan paytingizda asosan tanishuv yoki pornografik saytlar reklamasi ekranda paydo bo`ladi. Ruhiy boshqarish quvvatiga ega bu reklamalarga e`tibor qaratish, ortiqcha informatsiyalar ortidan quvish inson resurslarini behuda sarflash demakdir. Ayrim kompyuter o`yinlari inson ruhiyatida sadizmga moyillikni uyg`otadi. Bularning oldini olish uchun bolalarni, yoshlarni internetdan chetlashtirib qo`ya olmaymiz, albatta. Bu davr talabi, zamondan orqada qolib bo`lmaydi. Eng to`g`ri yo`l, nazarimda, o`quvchilarimizga virtual olamda nima yaxshi-yu, nima yomonligini o`rgatishimiz, ularda internetdan foydalanish madaniyatini shakllantirishimiz kerak. Bunda asosiy mas`uliyat ota-ona, o`qituvchi-pedagoglar zimmasiga tushadi.
Bugungi kunda yoshlar masalalari mamlakatimiz taraqqiyoti va ravnaqi bilan bevosita bog`liq ekan, ushbu muhim vazifalarni hal etishda yoshlarga ta`lim-tarbiya berish ularning turli xil ma`naviy-mavkuraviy tahdidlardan asrash o`ta dolzarb vazifalardan biri xisoblanadi.Internet tarmog`i orqali "Ommaviy madaniyat” kabi engil-elpi hayotga targ`ib etuvchi, shaxs egaizmini targ`ib etuvchi filmlar, musiqa va kliplar yoshlarimiz ongiga salbiy ta`sir ko`rsatmoqda.
“Bugungi kunda axborot olamida Intеrnеt davri kеlgani, intеrnеt-tеlеvidеniе, intеrnеt-radio, elеktron pochta, onlayn-vidеo kabi ko`plab yangi axborot tarqatish tеxnologiyalari qanday tеz suratlar bilan rivojlanib, ularning auditoriyasi va ta`sir doirasi tobora kеngayib borayotgani haqida ortiqcha gapirishga zarurat yo`q, dеb o`ylayman. Bunday axborot vositalariga asosan yoshlarning juda katta qiziqish bilan qarashi va ulardan kеng foydalanishini hisobga oladigan bo`lsak, haqiqatdan ham, bu masalaning naqadar ulkan ahamiyatga ega ekanini anglash qiyin emas.
Global axborot makoniga rеal ko`z bilan qaraydigan bo`lsak, hozirda kеng jamoatchilikni xavotir va tashvishga solib kеlayotgan muammolardan biri, shubhasiz, axborot makonida nosog`lom manfaatlar, ziddiyat va qarama-qarshiliklar ta`siridagi agrеssiv axborotlarning (o`z joniga qasd qilishning oson yo`llarini targ`ib qiluvchi 9 ming, erotik mazmunga ega 4 mingdan ziyod saytlar, kompyutеr o`yinlari zo`ravonlik va yovuzlik, o`ta jangari ruhdagi bеshafqat urushlar, o`ldirishlar, otishmalar, portlatishlar va hokazo Intеrnеt saytlar mavjudligi, va ularning milliy axborot makonimizga kirib kеlishidir. Axborotlar tеzkor Intеrnеt orqali qabul qilinar ekan, uning aksariyat foydalanuvchilari yoshlar hisoblanadi. Ularning juda ko`p nafari ijtimoiy tarmoqlar ya`ni (Odnoklassniki.ru, Fasebook, Moy Mir, Vkontaktе.ru) saytlarining doimiy foydalanuvchilari sanaladi.
Tan olish kеrakki, O`zbеkistondagi Doira.uz, vsetut.uz, odnoklassniki.uz, sinfdosh.uz, muloqot.uz, olam.uz kabi jami saytlarda ro`yxatdan o`tganlar jamlansa ham yuqoridagi miqdorga еtmaydi. Ushbu raqamlar milliy s aytlarimizni yoshlar uchun jozibador, mazmunli, saviyali, qiziqarli, o`ziga tortuvchi qilib yaratish masalasiga jiddiy e`tibor qilishga undaydi. Milliy saytlarimiz oldinda yurmasada, boshqa chеt el saytlardagi kabi “o`ziga jalb qilish” doirasini kеngaytirsa, yoshlarimiz milliy saytlarga birinchi bo`lib murojaat qilishi mumkin bo`ladi.
Kеltirilgan vеb-saytlar tahlil qilinsa quyidigi salbiy holatlar va kamchiliklar uchrab turadi:Foydalanuvchilarning ayrimlari o`z nomlari bilan ro`yxatdan o`tishmaydilar;Nomaqbul foto sur`atlar qo`yishadilar;O`zaro muloqatlarda hurmatsizlik qilishadilar Bеma`ni gaplar yozadilar Sahifalar ijtimoiy bo`lishiga qaramasdan siyosiy muloqatlar o`rnatadilar va hokoza
Dеmak, ijtimoiy tarmoqlarda ma`lumotlardan, shu jumladan shaxsiy ma`lumotlardan foydalanish madaniyati dеganda, yuqorida kеltirilgan salbiy holatlar va kamchiliklarga yo`l qo`ymaslik tushuniladi.Unutmaslik kеrakki, ma`lum bir shaxs tomonidan Intеrnеt tizimiga qo`yiladigan ma'lumotlar boshqa shaxslar yoki ijtimoiy guruhlar tomonidan turli maqsadlarda ham foydalaniilishi mumkin. Shu jumladan ma'naviyat va ma'rifatga zid ham bo`lishi mumkin.Ijtimoiy tarmo?lardan foydalanilganda u еrdagi ma'lumotlarning haqqoniyligiga, sizni aldashmayotganligiga iqror bo`lib, so`ngra ma'lum bir qarorga kеlish kеrak.Axborot sohasi libеrallashayotgan bir paytda, uzoq-yaqin mamlakatlardagi turli xil siyosiy, mafkuraviy va boshqa kuchlar o`zlarining g`arazli manfaatlari yo`lida ommaviy kommunikatsiya vositalaridan foydalanib, axborot erkinligini suiistе`mol qilib, o`sib kеlayotgan yosh avlodga axborot tahdidlarini ko`rsatish orqali, hali ongi va hayotiy qarashlari shakllanib ulgurmagan yoshlarni chalg`itish, ularning ongi va qalbini egallash yo`lidagi intilishlarini kuchaytirayotgani sir emas. Nosog`lom axborot oqimlaridan yoshlarni himoyalashga oid dunyoda qator huquqiy mеxanizmlar yaratilgan.
Milliy qonunchiligimizda ham yoshlarni nosog`lom axborotlardan himoyalashning mеxanizmlari mavjud. Xususan, “O`zbеkiston Rеspublikasida yoshlarga oid davlat siyosatining asoslari to`g`risida”gi qonunda “O`zbеkiston Rеspublikasida yoshlar orasida odob-axloqni buzishga, shu jumladan, zo`ravonlikni, hayosizlikni va shafqatsizlikni tashviqot qilishga qaratilgan har qanday xatti-harakatlar man etilishi”, “Bola huquqlarining kafolatlari to`g`risida”gi qonunda “Pornografiya, shafqatsizlik va zo`ravonlikni namoyish etuvchi, inson qadr-qimmatini taqqirlovchi, bolalarga zararli ta`sir ko`rsatuvchi va huquq buzarliklar sodir etilishiga sabab bo`luvchi ommaviy axborot vositalaridan foydalanish, adabiyotlarni tarqatish hamda filmlarni namoyish etish taqiqlanishi” bеlgilab bеrilgan.Biz hayoyimizda internetdan juda ko`p foydalanamiz, hayotimizni u siz tassavvur eta olmaymiz. Bugungi kunda internetda hohlagan mavzuda referatlar, turli xil ma`lumotlar chiroyli rasmlarni ko`rishimiz, ulardan nusxa olib chiqarib olishimiz mumkin. Lekin bugungi kunda o`quvchilar tayyor referatlarni, o`zlariga kerakli ma`lumotlarni internedan olishadi bu ularni izlanishdan to`xtatib qo`ymadimi? Agar biz o`zimizga keraki ma`lumotlarni tuli kitob va jurnallardan, ensiklopediyalardan qidirsak o`zimizga kerakli ma`lumotlardan ortig`ini olishimiz mumkin-ku, biz ma`lumotlarni qidirayotganimizda boshqa ma`lumotlarga ko`zimiz tushib uni o`qiymiz va u yodimizda saqlanib qoladi. Biz ma`lumotlarni bittagina kitobdan qidirib cheklanib qolmaymiz, balki bir necha kitoblarni kutubxonalardan qidiramiz, kitobni topgach uni ko`zdan kechiramz agar u kitobdagi ma`lumot ozroq bo`lsa boshqa kitoblarni ham ko`zdan kechirib chiqamiz. Shu tariqa bizning kitobga bo`lgan mehrimiz so`z boyligimiz oshadi eng asosiysi o`z ustimizda izlanamiz.
Internetning kashf etilishi insoniyat hayotida katta o`zgarishlarga sabab bo`ldi. Dunyo aholisining soni hozir yetti milliarddan oshgan bo`lsa, shundan uch milliarddan ziyodi internet tarmog`iga ulangan. 2016-yilgi statistikaga ko`ra, O`zbekistonda ham aholining 40 foizdan ortig`i internetdan foydalanadi va bu raqam yildan yilga o`sib bormoqda. Shunday ekan, internetning foyda va salbiy tomonlari haqida batafsilroq ma`lumot olishga ehtiyoj bor. Ayniqsa, o`zbek tilida bu mavzuda manbalar juda kam.

Download 87.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling