1-Mavzu. Marksheyderlik ishi fani haqida umumiy ma'lumotlar. Reja
Download 38.02 Kb.
|
1 2
Bog'liq1 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
1-Mavzu. MARKSHEYDERLIK ISHI FANI HAQIDA UMUMIY MA'LUMOTLAR. Reja: 1. Fanga kirish. 2. Konlarni qazib olish bosqichlaridagi marksheyderlik ishlari. 3. Marksheyderlik ishlari faninig qisqacha tarixi. Tayanch iboralar: marksheyderlik ishi, chegara, farqlamoq, o`rnatmoq, o`lchashlar, plan, qirqim, profil, grafiklar, konni razvedka qilish, geologlar, laxmalarni o`tish. Marksheyderlik xizmati konlarni qidirish, qurilish, qazish olish va ularni ekspluatatsiya qilish jarayonlarida asosiy zanjir bo’lib hisoblanadi. Shuningdek marksheyderlik xizmatisiz neft va gaz konlarini qidirish va qazish, metro va tonnel qurilishlarini bajarishning iloji yo’q. “Marksheyderiya” so`zi nemischa “Mark-sheiden-kunst” so’zidan olingan bo’lib, “mark”-chegara, oraliq, belgi, “scheiden” – aniqlash, belgilash, farqlash, va “kunst”- san’at degan ma’nolarni bildiradi. Bu tushuncha XVI asrda Gyermaniyada kon korxonalari konchilik mutaxassislariga muxtoj bo'lgan bir davrda yuzaga keladi. Bu mutaxassislar yer ostida chegara o'rnatishni va foydali qazilmalarni qazib olishni, ulardan oqilona foydalanishni bilish kerak edi. Konchilik sohasini o'sishi natijasida marksheyderlik ishi rivojlanib va murakkablashib bordi. Zamonaviylashgan marksheyderlik ishi asosiy geometrik o'lchamlar, hisoblashlarga va o'z maqsadlariga egadir. Ular quyidagilardan iborat: konni razvedka qilish va qazib olish, har bir qilingan ishni planda, qirqimlarda va grafiklarda tasvirlab berish, foydali qazilmani yotish shaklini aniqlash, razvedka qilishda geometrik masalalarni yechish, kon korxonalarini loyixalashtirish va qurish, f.q.k.ni qazib olishdir. Foydali qazilma konlarini qazib olishdagi barcha etaplarida (konlarni qidiruv, qurilish va qazib olish), ya'ni qidiruv ishlaridan tortib toki konni yopish ishlarigacha marksheyderlik xizmatlaridan foydalaniladi.Hozirgi kunda hamma konlarda marksheyderlik bo’limlari mavjud. Geologiya qidiruv va kon ishlarining marksheyderlik ta’minoti deb, korxonani marksheyderlik geometrik asos va hujjatlar bilan ta’minlashni va ulardan tog’ kon sanoatida injenyerlik masalalarini va operativ tashkiliy ishlarni hal qilish uchun ishlatish tushuniladi. Marksheyderlik ta’minoti zarur bo’lgan asosiy injinyerlik masalalariga quyidagilar kiradi: Injenyerlik loyihalarini barpo qilish va ulardan ishlab chiqarishda foydalanish; Loyiha va kon – geologik shartlariga asosan kon lahimlarini o’tkazish va kon ishlarini havfsizligini ta’minlash; Kon ishlarini kundalik va kelajakka rejalashtirish; Yer qaridan foydali qazilma zahiralarini to’liq qazib olishni ta’minlash va kerakli sifat ko’rsatkichlarga ega bo’lgan ma’danni qazishni ta’minlash uchun Foydali qazilma konlari zahiralarini opyerativ hisobga olish ishlari; Foydali qazilma konlari qatlamlari qazib olinayotgan kon lahimlarini va yer usti obektlarini himoyalash; Foydali qazilma konlarini qazishda quyidagi bosqichlarni ajratish mumkin: Foydali qazilma konlarini qidiruvi va uning alohida uchastkalarini baholash; Konchilik korxonasini loyihalash va qurish; Foydali qazilma konlarini qazish; Kon korxonalarini konsyervatsiyalash va yerlarni rekultivatsiya qilish; Marksheyderlik xizmati foydali qazilma konlarini qidirishda qidiruv ishlari olib borilayotgan uchastkani asos va syomka tarmoqlari bilan ta’minlaydi, yer yuzasini kerakli masshtabda syomkalarini bajaradi, bular geometrik kartograflash va geologiya qidiruv ishlari loyihasini tuzishda asos bo’lib xizmat qiladi. Shuningdek geologiya – qidiruv loyihasida tasdiqlangan qidiruv lahimlari va skvajinalarini loyihadan joyga ko’chirish ishlarini bajaradi, ya’ni ularga yo’nalish ko’rsatib, uzunligini, chuqurligini hisoblab byeradi, ya’ni geologlar bilan hamkorlikda foydali qazilma konlarini haraktyerlovchi grafik matireallarni tuzishda ishtirok etadi va konlarni geometrizatsiyalash ishlarini bajaradi. Download 38.02 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling