1-mavzu: matematik usullarva modellashtirish faniga kirish. Model va modellashtirish tushunchasi
Yer tuzishda matematik usullar va modellarni qo‘llashning
Download 173.24 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
3. Yer tuzishda matematik usullar va modellarni qo‘llashning
zarurligi va imkoniyatlari Yer tuzish loyihasi yerdan foydalanuvchi har qanday korxona yoki tashkilot uchun katta ahamiyatga ega. Misol uchun, xo'jaliklararo yer tuzish loyihalarida xo'jaliklar va aholiga ajmtiladigan yer maydoni, yerga egalik qiluvchi va undan foydalanuvchilarga uning chegarasi, yer boylikiarining tarkibi, maqsadi, yerdan foydalanishni chegaralashni aniqlashdan iboratdir. Bu loyihalar asosida yeiga egalik qiluvchilar va yerdan foydalanuvchilarga yer ajratish, hujjatlar berish, yemi xususiylashtirish huquqini o'matish, arendaga berish, ko‘p va oz muddatda yerdan foydalanish, ularsiz xo'jalikni yuritish mumkin bo’lmagan operatsiyalar( oldi-sotdi, meros qoldirish, sovg‘a qilish va hokazo)lami amalga oshirish mumkin. Xo'jalik ichi yer tuzish loyihalarida qishloq xo'jalik korxonasining hududi uning iqtisodi, ishlab chiqarishi, mehnat va boshqarishni tashkillashtirish talablari bilan biigalikda tashkillashtiriladi. Bularda yerdan foydalanish, yer boyliklarining tarkibi (haydaladigan yer, ko‘p yillik ekinlar, ozuqa ekinlari, ihotazorlar va boshqalar maydoni) almashlab ekish dalalarining turi, ko'rinishi, o'lchami, soni va joylanishi, pichanzorlar, alohida olingan xo'jalik tarmoqlari o'lchami, mahsulot ishlab chiqarish hajmi va xo'jalikni rivojlantirish istiqbollari belgilanadi. Ishchi loyihalar yer tuzish tadbirlari ( ozuqa maydonlarini yaxshilash, yemi o'zlashtirish, bog'lar va ekinzorlami hosil qilish (zakladku) yo'llar qurish va hokazo) ni amalga oshirishda aniq yer uchastkalaridan foydalanishni va bu
tadbirlarga investitsiya vositalarini samarali foydalanishga yo'naltirishni aniqlab beradi.Shunday qilib, yer tuzish loyihalari har qanday korxonaning xo'jalik faoliyati va yerdan foydalanishini ir yil oldin aniqlaydi. Yerda xo'jalik yuritishning iqtisodiy, ekologik, ijtimoiy samaradorligi mana shiilarning qay darajada to’g’ri va sifatli tayyorlanishiga bog'liqdir. Yer tuzish loyihasining tarkibiga grafik va matnli hujjatlashtirish ham kiradi. Grafik hujjatlashtirish loyihali reja, obyektni bor holicha ko'chirish bo'yicha ishchi chizmalar(cherteji), kartalar (tuproqqa xos bo'lgan, geobotanik, yemi baholash, agroekologik va boshqalar), loyihalashda ishlatiladigan va obyektning haqiqiy holatini hisobga oluvchi sxemalar, grafiklar, rasmlar, diagrammalami o'z ichiga oladi. Matnli hujjatlashtirish loyihalashtirishga topshiriq, hisob- tushuntirish xati, loyihani asoslash uchun texnik-iqtisodiy materiallar yer boyliklari maydonining varaqalari, moliyaviy-smeta hisoblari va boshqalarni o'z ichiga oladi. Loyihalarni grafik va matnli hujjatlashtirish sonli ma’lumotlarga tayanadi. Misol uchun xo'jalik chegarasi bu chiziqlardan iborat bo'lib, ular mn’lum bir koordinatali nuqtalami birlashtiradi. Loyihali eksplikatsiyalarni tayyorlash turli xildagi yer maydonlarini hisoblash, ekin maydonlari va almashlab ekish dalalarining strukturasini hisoblash, aholi punktlari, aholisi soni va miqdorini aniqlash, ishlab chiqarish markazlari, chorvachilik fermalarining joylashitirilishi va boshqalarni aniqlaydi. Bularning barchasi sonli xarakterga egadir. Yer tuzish loyihalari o'zining maqsadini to'liq ifodalab, yerdan foydalanishning eng samarali yo'llarini aniqlaydigan bo'lishi uchun uni tuzishda bir qancha faktorlarni hisobga olish kerak bo'ladiki bular ayrim hollarda teskari yo'nalishda ta’sir ko'rsatadi. Misol uchun qishloq xo'jalik texnikalaridan samarali foydalanish nuqtai nazaridan almashlab ekish dalalari va haydash uzunligi katta bo'lishi kerak. Aksincha, tuproqning yaroqli bo'lishi nuqtai nazaridan esa, aniq turdagi qishloq xo'jalik ekinini ekish uchun bu dalalar uncha katta bo'lmasligi kerak.
Bunday turdagi kam sonli cheklanishlarga ega bo'lgan ratsional loyihali yechimlarni topish qiyin emas, chunki loyihachiga ko'p bo'lmagan variantlarni qarashga to’g’ri keladi. Masalaga yangi shartlarining qo’shqilishi bilan eng samarali yechimni topish murakkablashadi, barcha zarur bog'lanishlarni hisobga olish esa qiyinlashadi. Bundan tashqari, asosiy qiyinchilik qandaydir umkin bo'lgan loyiha ycchimini topishdangina iborat emas. Bunga qaramasdan har qanday qo'shimcha shart yoki cheklanishlar deyarlik hamma vaqt masalaning aniqlanish sohasini qisqartiradi, mumkin bo'lgan yechimlar soni yoki loyiha variantlari oldingidek, cheksiz ko'pligicha qoladi. Loyihachining maqsadi, mumkin bo'lganlar ichidan eng ratsional yechimini tanlab olishdan iborat bo'lib, bunga faqatgina matematik usullardan foydalanish orqaligina erishish mumkin. Download 173.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling