1-mavzu: “Matematika o’qitish metodikasi” fanining predmeti. Matematika o’qitishni tashkil etish formalari
Download 10.94 Kb.
|
1-mavzu “Matematika o’qitish metodikasi” fanining predmeti. Mat-fayllar.org
1-mavzu: “Matematika o’qitish metodikasi” fanining predmeti. Matematika o’qitishni tashkil etish formalari 1-MAVZU: “Matematika o’qitish metodikasi” fanining predmeti. Matematika o’qitishni tashkil etish formalari.3. Matematika o’qitishning ilmiy uslublari.Matematika o’qtish uslublari pedagog va metodistlar tomonidan quyidagicha klassifikasiyalangan: 1) Og’zaki so’z uslublari: a) hikoya qilib; b) tushuntirish; d) savol-javob; e) qisman leksiya; 2) Ko’rgazmalilik usullari: a) ellyustrasiya (ko’chirma olish); b) demonstrasiya (namoyish qilish); 3) Ilmiy bilish uslublari: a) abstraktlashtirish; b) konkretlashtirish; d) umumlashtirish; ye) analiz va sintez; f) induksiya va deduksiya; g) analogiya va taqqoslash; h) eksperiment (tajriba).Matematikadagi izlanishning ilmiy metodlari bir vaqtning o’zida matematikani o’qitishdagi ilmiy izlanish metodlari vazifasini ham bajaradi. O’qitishdagi ilmiy izlanish metodlari quyidagilardan iboratdir. 1. Tajriba va kuzatish. 2. Taqqoslash; 3. Analiz va sintez; 4. Umumlashtirish; 5. Abstraksiyalash; 6. Konkretlashtirish; 7. Klassifikasiyalash.N Tajriba va kuzatish metodi Ta’rif. Matematik obyektdagi narsalarning xossalari va ularning o’zaro munosabatlarini belgilovchi metod kuzatish deyiladi.Misol uchun Ta’rif. Matematik obyektdagi narsalarning xossalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni sun’iy ravishda bo’lak (qismlar) larga ajratish yoki ularni birlashtirish tajriba metodi deyiladi. Misol. O’quvchilarga natural sonlarni tub ko’paytuvchilarga ajratishni o’rgatiladi: 1=1, 2=2*1, 3=3*1, 5=5*1……. O’quvchilarda ixtiyoriy natural sonlarni misolda ko’rsatilganidek, tub ko’paytuvchilarga ajratish jarayonida tajriba hosil bo’lib, ular natural sonlar to’plamida tub va murakkab sonlar mavjud ekanligini tushunib yetadilar. Murakkab natural sonlarni ham tub ko’paytuvchilarga ajralishini, ammo ularning ko’paytuvchilari kamida uchta va undan ortiq bo’lishini tajriba orqali tekshirib ko’radilar. Download 10.94 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling