1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja


Transformatorlarning parallel ishlashi


Download 1.66 Mb.
bet10/27
Sana20.12.2022
Hajmi1.66 Mb.
#1037137
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
Bog'liq
1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t

Transformatorlarning parallel ishlashi
Sanoat korxonalarining podstan- siyalarida bir nechta transforma- torlar o‘rnatilgan bo‘lib, ular alohida yoki birgalikda (parallel) ishlashi mumkin. Transformatorlar alohida ishlaganda ularning ikkilamchi chulg‘amlari o‘zaro bog‘lanmagan, parallel ishlaganda esa umumiy yuklamaga ulanadi. Transformatorlarni parallel ishlatish ulardan oqilona foydalanishga imkon beradi. Masalan, yuklama kam bo‘lgan soatlarda transformatorlarning bir qismini uzib qo’yish mumkin. Shuningdek, kuchli yuklama ulanganda har bir transformatorga to‘g‘ri keladigan yuklama miqdorining kichikroq bo‘lishi va har bir transformatorning bir tekis yuklanishi ta’minlanadi.
Transformatorlarning parallel ishlashi uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

  • Birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlarning nominal kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak; transformatsiya koeffitsientining farqi 0,5% dan ortib ketmasligi kerak.

  • Qisqa tutashish kuchlanishlari bir xil bo‘lishi kerak (±10% farq qilishiga yo‘l qo‘yiladi).

  • Uch fazali transformatorlar parallel ishlashi uchun ularning ulanish turkumlari

bir xil bo‘lishi kerak.
Transformatorlarning parallel ishlash sxemasi 4.18-rasmda ko‘rsatilgan. Transformator salt ishlaganda ikkilamchi chulg‘am zanjirida tokning yo‘qligi hamda yuklamaning paraltel ishlayotgan transformatorlarning nominal quvvatlariga proporsional ravishda to‘g‘ri taqsimlanishi transformatorlar normal holda parallel ishlashining asosiy belgilari hisoblanadi.

Nazorat savollari:




  1. Bir fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipini tushuntiring.

  2. Transformatorlarning ish rejimlari qanday?

  3. Uch fazali transformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi.

  4. Avtotransformatorning tuzilishi va ishlash prinsipi?

  5. O’lchov transformatorlarining tuzilishi va ishlash prinsipi?

  6. Transformatorlardagi quvvat isrofi va ularning FIK?



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling