1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja


Download 1.66 Mb.
bet7/27
Sana20.12.2022
Hajmi1.66 Mb.
#1037137
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27
Bog'liq
1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t

4.5-rasm
Agar 4.5-rasm, a da ko‘rsatilgan transformatorning ikkilamchi chulg‘amiga yuklama (Z2n ) ulasak, EYuK ta’sirida undan tok (i2 ) o‘ta boshlaydi. Shunday qilib, kuchlanishi u1 tok kuchi i1 bo‘lgan manbaning elektr energiyasi transformator yordamida kuchlanishi u2 va tok kuchi i2 bo‘lgan elektr energiyasiga aylantirib, iste’molchiga uzatiladi.
Birlamchi va ikkilamchi zanjirlardagi faza siljish burchaklarini taxminan bir xil desak, U1 · I1 = U2 · I2 deyish mumkin. Agar kuchlanishlar bir-birlari bilan xuddi EYuK lar kabi nisbatda bo‘ladi
Demak, transformator chulg‘amlaridagi toklar kuchlanishlarga teskari proporsional.
Transformatorlarning asosiy turlari:

  • Bir fazali va uch fazali kuchli transformatorlar - ular elektr energiyani olisga uzatishda, iste’molchilarni elektr energiya bilan ta’minlashda ishlatiladi.

  • Avtotransformatorlar - iste’molchiga beriladigan kuchlanishni biroz o‘zgartirish yoki noldan boshlab oshirish uchun ishlatiladi.

  • O’lchov transformatorlar yuqori kuchlanishni va kata toklarni oddiy o‘lchov asboblari bilan lchashga imkon beradi.

  • Payvandlash transformatorlari. Metall buyumlarni, konstruktsiyalarni va hokazolarni eritib, o’zaro ulash uchun xizmat qiladi.


Uch fazali transformator chulg’amlarining ulanish sxemalari


Uch fazali transformatorlar, asosan, uch fazali tok sistemasini transformatsiyalash uchun ishlatiladi. Uch fazali transformator umumiy po‘lat o‘zakka ega bo‘lib, alohida fazalarning toklari hosil qilgan barcha magnit oqimlari ana shu o‘zak bo‘ylab tutashadi.

4.10-rasm. Uch fazali transformator sxemasi


Uch fazali transformatorning po‘lat o‘zagi ostki va ustki tomonlardan birlashtirilgan uchta sterjendan iborat. Har bir sterjenda har fazaning birlamchi va ikkilamchi chulg‘amlari joylashtirilgan. Chulg‘amlar yulduz yoki uchburchak sxemada ulanishi mumkin. Bu biriktirish sxemalari tegishlicha yulduz va Δ tarzda belgilanadi. Chulg‘amlar qanday sxemada ulanishidan qat’iy nazar birlamchi chulg‘amning bosh (A,B,C) va oxirgi (X, Y, Z) uchlari katta harflar bilan, ikkilamchi chulg‘amning bosh (a, b, c) va oxirgi uchlari (x, y, z) kichik harflar bilan belgilanadi.
Birinchi o‘raladigan chulg‘amning o‘ralish yo‘nalishi ixtiyoriy, ammo qolgan fazalarning chulg‘amlari birinchi o‘ralgan chulg‘amning yo‘nalishida o‘ralishi kerak. Faqat shundagina ayrim fazalardagi toklarning va ularni hosil qilgan magnit oqimlari ( ̅ A, ̅ B, ̅ C) larning shartli musbat yo‘nalishi ta’minlangan bo‘ladi.
Kirxgofning birinchi qonuniga binoan istalgan vaqt lahzasida uchala faza magnit oqimlarining yig‘indisi doimo nolga teng. Masalan, magnit oqimlarining o‘zgarish grafigidan ko‘rinadiki, ̅ A = ̅ m bo‘lgan t1 vaqtda ̅ A o‘zining musbat maksimal
qiymatiga erishgan bo‘lsa, qolgan ikkita magnit oqimi ̅ B va ̅ с larning manfiy yarim maksimal qiymatlarga ega bo‘lishi uchala faza magnit oqimlarining po‘lat o‘zak bo‘ylab qo‘shilishini bildiradi, ya’ni



Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling