REJA: - 1.Morfologiyaga kirish
- 2.So`z yasovchi qo`shimchalar ustida ishlash
- 3. Shakl yasovchi qo`shimchalar ustida ishlash
Morfologiyaga kirish - Morfologiya- yunoncha «shakl», «so‘z» va «ta’limot» degan ma’noni anglatuvchi termin bo‘lib, u grammatikaning (grammatika- yunoncha «yozuv san’ti» demakdir) muhim tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Morfologiya so‘z turkumlari, ularning grammatik ma’no-lari, kategoriyalari hamda so‘z shakllari tizimsi haqidagi ta’limotdir. Demak, morfologiyada so‘z grammatik birlik sifatida o‘rganiladi. Tildagi har qanday grammatik birlik esa grammatik ma’no va shakl kasb etadi.
- So‘z gapda biron grammatik formada ham, o‘zgarmagan holda ham qo‘llanadi. So‘z o‘zining bironta sintetik formasi holatida qo‘llanganida yoki o‘zgarmagan holda qo‘llansa, morfologik jihatdan yasama bo‘lsa, kamida ikkita morfologik elementga – ma’noli qismga bo‘linadi va shunday qismlardan tuzilgan bo‘ladi.
So‘z tuzilishida ishtirok etgan morfologik elementlarning ba’zilari so‘zning eng kichik ma’noli qismi bo‘lishi bilan birga, uning shakllanishida biron morfologik vazifa ham bajaradi, ba’zilari esa so‘zning eng kichik ma’noli qismi bo‘lgani holda, o‘zicha hech qanday morfologik vazifa bajarmaydi. Biron morfologik vazifani bajarish uchun, u boshqa eng kichik element bilan qo‘shilishi lozim. Shuning uchun, so‘z (yoki so‘z shakli) ikki xil morfologik elementga bo‘linadi: - So‘z tuzilishida ishtirok etgan morfologik elementlarning ba’zilari so‘zning eng kichik ma’noli qismi bo‘lishi bilan birga, uning shakllanishida biron morfologik vazifa ham bajaradi, ba’zilari esa so‘zning eng kichik ma’noli qismi bo‘lgani holda, o‘zicha hech qanday morfologik vazifa bajarmaydi. Biron morfologik vazifani bajarish uchun, u boshqa eng kichik element bilan qo‘shilishi lozim. Shuning uchun, so‘z (yoki so‘z shakli) ikki xil morfologik elementga bo‘linadi:
- 1) Morfema;
- 2) Funksional qism.
Do'stlaringiz bilan baham: |