1-Mavzu Mavzu: Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba turlari Reja


-Mavzu Zaryad va Razyad vaqtidagi grafiklar


Download 1.66 Mb.
bet19/27
Sana20.12.2022
Hajmi1.66 Mb.
#1037137
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27
Bog'liq
1-Mavzu Mavzu Kirish. Fanning tarkibi mazmuni va elektr manba t

10-Mavzu
Zaryad va Razyad vaqtidagi grafiklar
Reja:
1. Zaryad haqida
2. Zaryad taqsimoti
3. Zaryadlarning sirtiy va chiziqli zichligi


Zaryad— elektromagnit maydon manbai; zaryadlangan zarralarning uzaro elektromagnit taʼsirlashuvi intensivligini ifodalaydigan fizik kattalik. Bir xil ishorali Z.lar bir biridan itariladi, har xil ishorali Z.lar esa birbiriga tortiladi (qarang Kulon qonuni). Elektronlar, pozitronlar, protonlar, zaryadli mezonlar va b. elementar zarralar hamda atom yadrosi eng kichik musbat yoki manfiy elektr Z.ga ega. Elektr 3., odatda, elektrostatik birliklar (SGSE) yoki kulonlar bilan ulchanadi. Eng kichik elementar elektr 3. ye = (4,80298 ± 0,000201) • 10 |0 SGSE birlikka teng . Elementar elektr Z.ni birinchi marta 1911 y.da R. E. Milliken aniq ulchagan;
2) portlovchi modda Z.i — maxsus kamera (shurp, quduq va b.) ga joylashtirilgan, vazni va oʻrnatiladigan joyi oldindan hisoblangan hamda portlatishga tayyorlangan portlovchi modda;
3) uloqtiriladigan porox Z.i — oʻq otar qurol stvoli kanalida snaryad (mina, oʻq)ni harakatga keltirish va kerakli tezlikda otish uchun zarur boʻlgan, gilza yoki alohida qopchiklar (kartuzlar)ga joylashtirilgan maʼlum miqdordagi porox;
4) qattiq raketa yoqilgʻisi Z.i — dvigatel kamerasiga joylashtirilgan va yonganda raketani harakatlantiruvchi reaktiv kuch hosil qiladigan bir yoki bir necha qattiq yoqilgʻi bloki (shashkasi).
Zaryad taqsimoti
Atomlar haqidagi ilmiy taʼlimot hozirgi zamon fanining mustahkam poydevoridir. Benihoya xilma-xilligidan qatʼi nazar, moddiy jismlar atomlardan tashkil topib, har qanday atomda musbat elektr va manfiy elektr maʼlum miqdorda taqsimlangan. Elektr miqdori zaryad deb ataladi. Biror zaryadga ega boʻlgan zarrani zaryadlangan zarra yoki qisqacha zarra deb ham yuritiladi.
Harakatsiz zaryad oʻz atrofida faqat elektr maydon hosil qiladi. Harakatdagi zaryad esa elektr maydon bilan birga magnit maydon ham hosil qiladi. Elektromagnit maydon oʻzaro bogʻlangan elektr va magnit maydonlardan iborat. Zaryadlarning oʻzaro taʼsiri faqat ularning elektromagnit maydonlari tufayligina yuzaga keladi.Shunday qilib, har qanday moddiy jism yoki moddiy jismlar sistemasi, aslida boʻshliqdagi elektromagnit maydonlar vositasida oʻzaro taʼsir qiluvchi zaryadlardan tashkil topgan.
Eksperimentlardan maʼlumki, biror sohadagi umumiy zaryad shu sohaning ayrim qismlaridagi zaryadlarning yigʻindisiga teng. Bu xususiyat zaryadning additivlik xususiyati deyiladi.
Agar biror sistema {\displaystyle e_{1},e_{2},\ldots ,e_{n}} zaryadlardan tashkil topsa, bu sistemaning yigʻindi zaryadi, yaʼni umumiy zaryadi
{\displaystyle e=\sum e_{i}}Mavjud zaryad qandaydir oʻlchamlarga ega boʻlgan biror hajmda joylashgan boʻladi. Zaryaddan juda uzoq nuqtaning masofasi zaryad oʻlchamlariga nisbatan juda katta boʻlishi mumkin. Tekshirilayotgan masofaga nisbatan oʻlchamlari cheksiz kichik boʻlgan zaryad nuqtaviy zaryad deyiladi.

Download 1.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling