1-mavzu: maxsus fanlarni o’qitish metodikasi fanining maqsadi va vazifalari


Talabalar oldida turgan bosh vazifa


Download 81.29 Kb.
bet5/9
Sana08.03.2023
Hajmi81.29 Kb.
#1250346
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1-mavzu taqdimotga

Talabalar oldida turgan bosh vazifa – o’z bilimlarini mustaqil kengaytirishning samarali yo’llarini egallab olishdir. Mutaxassis zarur axborotlarni mustaqil topib olishi, muammoni hal qilishning maqsadga muvofiq yo’llarini izlashi, olayotgan bilimlarini chuqur tahlil qilishi, ularni amalda qo’llashi kerak.
Tayyor bilimlarni shundaygina o’zlashtirib olish va umumlashtirish darajasida ta’lim beriladigan bo’lsa, yuqoridagi vazifalarni hal qilishda to’ri kelmasligi mumkin. hozirgi sharoitda ta’lim berishda ta’lim shu zailda ko’rilsa insoniyatning tayyor bilimlarini o’zlashtirib olishi, ya’ni bir shaxsdan ikkinchisiga o’tkazish bilan shuullanish talabalar tafakkurini rivojlantirishga olib kelmaydi va bu amalda isbotlangan. Oliy ta’lim talab darajasida tashkil qilinsagina ko’zlangan maqsadlarga erishish mumkin. Shunday ekan o’qitishning interfaol usullaridan foydalanishimiz zarur.


Maxsus fanlarni o’qitishning kontseptual asoslari.
Zamonaviy pedagogikada ta’lim paradigma (modeli)lari. Pedagogik paradigma (yunoncha “paradeigma” – misol, namuna) – pedagogika fani rivojining ma’lum bosqichida ta’limiy va tarbiyaviy muammolarni hal etish namunasi (modeli, standarti) sifatida e’tirof etilgan nazariy va metodologik ko’rsatmalar to’plami bo’lib, u ta’limning kontseptual modeli sifatida qo’llaniladi. Ayni vaqtda ta’limning quyidagi paradigmalari keng tarqalgan:


Ta’lim paradigmalari
An’anaviy-konservativ paradigma (bilim paradigmasi)ga ko’ra ta’limning asosiy maqsadi “qanchalik qiyin bo’lmasin bilim olish”. Ya’ni yosh avlodga individual rivojlanishi hamda ijtimoiy tartibni saqlab qolishga yordam beruvchi madaniy meroslarning muhim elementlari – bilim, ko’nikma va malakalar, ilg’or g’oyalar va qadriyatlarni saqlab qolish, ularni yoshlarga yetkazish zarur degan g’oya ilgari suriladi.
Ratsionalistik (bixevioristik) paradigma negizida ta’lim mazmuni emas, balki o’quvchilar tomonidan turli bilimlarni o’zlashtirilishini ta’minlovchi samarali usullari yotadi. Ta’lim muassasalarining vazifasi o’quvchilarda ma’naviy-axloqiy me’yorlar, ijtimoiy talablar va ko’zlagan maqsadlariga mos keladigan xulq-atvor ko’nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Download 81.29 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling